Mavzu: Muloqot ijtimoiy va shaxslararo munosabatlarning ifodasi sifatida Mashg‘ulotning maqsadi



Yüklə 492,77 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/7
tarix21.10.2022
ölçüsü492,77 Kb.
#65788
  1   2   3   4   5   6   7
4-mavzu



Mavzu: Muloqot ijtimoiy va shaxslararo munosabatlarning ifodasi 
sifatida
Mashg‘ulotning maqsadi: Talabalarga shaxsning kommunikativ funksiyalari haqida umumiy 
tushuncha berish. 
Tushunchalar va tayanch iboralar: Shaxs, guruh, kommunikativ funksiya,
psoxologik trening, trener, perseptiv trening, “umumiy fon”, “sessiyalar” perseptiv trening 
boskichlari, senzitivlik.
Reja: 
1.Ijtimoiy psoxologik treningni tashkil etuvchilarni tayyorlash muammosi. Trener shaxsiga 
qо‘yiladigan talablar. Boshlovchi trenerning asosiy vazifalari.
2.IPT da samarali mulokotga erishish omillari.
3.Ijtimoiy psixologik faol uslublarni maxalliy sharoitlarda kо‘llash va mutaxassislar 
tayyorlashda ulardan foydalanish.
4.Ijtimoiy psixologik treningni tashkil etishning xududiy va milliy jixatlari.Ta’lim-tarbiya 
tizimida faol ijtimoiy psixologik tayyorlov usullaridan foydalanishning axamiyati. 
5.Ijtimoiy psixologik bilimdonlik shaxs takdiri va saloxiyatini belgilovchi muxim omil 
ekanligi. 
Perseptiv trening xam ijtimoiy psixologik treningning bir shakli bulib, u xam eng avvalo 
shaxsni uz-uzini tugri anglash va tushunish orkali boshkalarni tugrirok bilishga va ular bilan 
mos munosabatlar urnatishga karatadi. Ushbu trening turining asl moxiyati shundaki, unda 
ishtirok etuvchi shaxs avvalo uzidagi ayrim xissiyotlarni uygotish orkali uz kilmishlarini 
xolisona baxolash va shu orkali uzgalar ichki olamida ruy beradigan xissiy kechinmalarni 
anglash imkoniyatiga ega buladi, natijada uz-uzini mukammallashtirish dasturini ishlab chikadi. 
Persiptiv trening jarayonida ishtirok etuvchilar uzlari uzgalar kuz ungida kanday 
baxolanishlarini, uzgalar mavkeida turib, uzlariga tugri baxo berish va uz xulkiga uzgalardan 
beriladigan munosabatni xis kilishga muvaffak buladilar. 
Ilmiy adabiyotlarda perseptiv trening ba’zan senzitiv trening xam deb ataladi. Zero, 
«senzitiv» trening ma’nosi – sezgirlikdir. YA’ni senzitiv trening mashgulotlarida odamning 
shaxslararo munosabatlarda namoyon buladigan xissiyotlarga sezgirligi oshadi. 
Bu usul asrimizning 50–yillarida yuzaga kelgan bulib. U asosan pedagoglar, rejissyorlar, 
psixoterapevtlar, psixologlar tomonidan turli mexnat jamoalari raxbarlarini ukitish va ulardagi 
kommunikativ kobiliyatlarni ustirishda kullanilgan mashgulotlarda ishtirokchilar «uzgalar oyok 
kiyimida yurish» vaziyatiga solinib, shu orkali ularda birovlar bilan mulokatga kirishganda 
extiyot bulish xissi va empatiya tarbiyalangan. Usulning muxim xususiyati shundaki, T-guruxni 
tashkil etishda shaxsiy faoliyatni yunaltirishda katnashchilarga maksimal darajada erkinlik 
beriladi. Bunda ishlatiladigan eng uziga xoslik shuki, uyin ishtirokchilariga oldindan nima 
bulishi xakida deyarli xech kanday ma’lumot berilmaydi. Uyin katnashchilari guyoki 
kommunikativ vakuum xolatiga tushiriladi. Shuning uchun xam bu jarayonning samarasiga 
«sinashlar» va «xatoliklar» vositasida erishiladi. 
Shunday kilib, perseptiv treningda ishtirokchilar faoliyatida akliy (intellektual) 
jarayonlardan kura xissiyotlar, emotsiyalar muxim rol uynaydi.
Perseptiv treningni tashkil etish shartlari. 
Mashgulotlar boshlanishidan avval ishtirokchilarga liderlik, motivatsiya, shaxslararo 
mulokot, guruxiy jarayonlar, shaxs tiplari xakida ma’ruzalar ukitiladi, amaliy mashgulotlar 
oldidan xar bir ishtirokchiga yozma matnlar berib chikiladi, ularda xam ma’ruzalarda kutarilgan 


muammolarga oid amaliy xulosalar va tavsiyalar mavjud buladi. Bularnig barchasi aslida 
umumiy «fon» rolini uynaydi va katnashchilarni uyinga ruxiy jixatdan tayyorlaydi. 
Trening mashgulotlarida urtacha 6-15 kishi katnashadi va ular 2 sutkadan tortib to 4 
xaftagacha davom etishi mumkin. Guruxda turli yosh va kasb vakillari bulishi mumkin, ular bir-
birlarini tanimasliklari kerak. Odatda persiptiv trening biroz gayritabiiy sharoitlarda, M: maxsus 
trenirovka markazlarida, mexmonxonalarda, shaxar tashkarisida, saylgoxlarda utkaziladi. Lekin 
oxirgi yillarda kup joylarda tashkil kilinayotgan ana shunday treninglarda kasbi bir yoki bir 
biriga yakin kishilar guruxida xam utkazilmokda va u ijobiy natija beryapti. Odatda mashgulotlar 
sessiyalar deb ataladi va ularga ijtimoiy psixolog yoki amaliyotchi psixolog raxbarlik kiladi, 
lekin uning roli uziga xos xususiyatga ega buladi. YA’ni u ma’ruzalar ukishdan tashkari uzaro 
mulokatlar jarayonid «katalizator» sifatida guruxiy jarayonlarni faollashtirishga bevosita 
aralashishi va mulokotga tabiiy ishtirokchi sifatida kushilib turishi mumkin. Treningning asosiy 
talablaridan biri shuki, unda kundalik xayotda odatlanib kolingan mulokot tizimlari shaxsni 
xayotdagi mavkei yoki obrusiga e’tibor berishlari mavjud bulmaydi. Chunki ishtirokchilar erkin 
mulokot jarayonida uzlarini boshkalar tomonidan kanday idrok kilayotganliklarini anglashlari va 
shu orkali uzlarini idrok kilishga muyassar bulishlari kerak va bu narsa kupincha uyindan 
keyingi munozaralarda kurib chikiladi.
Perseptiv treningning 3 asosiy boskichi mavjud.
1. Kirishish boskichi. Bunda gurux a’zolari urtasida uzaro ilik munosabatlar 
urnatilishi, ularda ustanovkalar, karashlardan kutilish imkoniyati mavjud bulishi lozim. Shuning 
uchun bulsa kerak birinchi boskich «muzning erishi» xam deb ataladi. 
2. Uzgarish boskichi. Bunda yangicha sifatlar va sabablar shakllanishi boshlanadi va 
gurux a’zolari bir-birlari bilan yaxshi munosabatlar urnatilganligi sababli bir birlaridan 
tortinmaydigan buladilar. 
3. Mustaxkamlanish boskichi, obrazli aytilsa, bu boskich «muzning yana kayta 
kotishi» xam deyiladi. Bu gurux tan olgan va ma’kullangan, shaxs uchun manfaatli sifatlar 
mustaxkamlanadi va yangicha munosabatlar tizimi shakllanadi. Xosil bulgan tizim uzok muddat
xotirada saklanadi. 
Perseptiv treningning ishtirokchilari barcha boskichlardan utishlari shart va ularda 
kaysi boskichning kay darajada uzok kechishi gurux a’zolarining shaxsiy xoxishlari, xayotiy 
tajribalari va istaklariga boglik. M: kupincha birinchi boskichda mulokot ruy beradi va a’zolar 
munozaralar va uyinlar vositasida turli vaziyatlarga uzlarini kuyish orkali yangi karashlarni 
shakllantirishga kup vakt sarf kiladilar. 
Perseptiv trening uyinlaridan biri – kur-kurona ishonch deb atalib,unga kura, 
ishtirokchilar 2 guruxga bulinadilar. 1-gurux a’zolarining kuzlari boglanadi va ularni bittama- 
bitta ikkinchi gurux a’zolari yetaklab, yul kursatib boradilar. Uyin 10 minutgacha davom etadi va 
bu davrda ishtirokchilar gaplashmaydilar. 10 minutdan sung rollar almashinadi, endi boshlovchi 
«kuzi ojiz» rolida buladi. Odatda 1-boskichda kuzi boglangan uz boshidan ogir kismatni 
kechirgani uchun xam sherigini yetaklashda kuprok extiyotkor bulib, kiynamay yetaklay 
boshlaydi. Kechirilgan xissiyot uyin tugagach, keng muxokama kilinadi. Bu uyinning ijtimoiy 
moxiyati shundaki, u orkali boshlik va buysunuvchi, nochor va baxtli odamlar toifalarining ruxiy 
kechinmalari taxlil kilinadi xamda xayotda tushkunlik yoki tajribasizlik tufayli nochor insonlarga 
kanday muomalada bulish kerakligi xakida xulosalar chikariladi. 
Kupincha shunday uyinlarda ayrim shaxslar sira guruxga kushila olmaydilar, bu xam 
ularning jamiyatdagi mavkelari va odamlarga munosabatlarini yakkol nomoyon kiladi, masalan 
ana shunday uyinlarning birida bir raxbar xodim «Men xech kimga kushila olmayapman, meni 
gurux kabul kilmayaptiku?», - deb e’tirof etgan. Shunda gurux azolari: «Tugri, siz uzingizni 
guyoki oramizdagi aygokchiday tutyapsiz, uzingizni katta olmay, xamma katori tuting», - deb 
unga tanbex berishgan. Demak, usha boshlik ishda xam yangi xodimlar yoki yangi shaxslar 


bilan tez «til topishib» keta olmaydi, unda «subordina» kasali bor. Uyin mobaynida usha 
shaxsdagi ana shu illat tuzatilgan. Demak, senzitiv yoki perseptiv trening jarayonida gurux 
a’zolari urtasida doimiy «teskari aloka » ning bulishi katta axamiyatga ega. Chunki ishtirokchilar 
doimo turli vaziyatlarda uzining va uzgalarning xulk-atvorini kuzatishi konuniyatiga ega buladi 
va bunda shaxsning uziga xos sifatlari tarbiyalanadi. Umuman, sentiziv treningning ijtimoiy 
axamiyati shundaki, u birinchidan, uz-uzini va uzgalarni tushinish jarayonini tezlashtiradi va 
bunda shaxslararo idrok streotiplari taxlil kilinadi, ikkinchidan, guruxiy jarayonlarning uziga xos 
kirralarini xis kilish odatdagi kundalik mulokotda voz kechish mushkil bulgan «egoximoya» 
shablonlaridan kutilish imkonini beradi, uchinchidan, birovlarning dardini xis kilish, cuzlarini 
eshitish kobiliyatini ustiradi. 
Turtinchidan, turli vaziyatlarda tugri va anik savollar berish, zarur bulsa, ularga uzi xam javob 
berish malakalari xosil buladi. 
Beshinchidan, uzgalarni va uzini tankid kilish, mulokotning verbal va noverbal usullaridan 
samarali foydalanish va ularni uzlashtirish sodir buladi. 
Bu usulni nazariy va amaliy jixatdan urganib chikkan AKSH olimi G.Smit uning kuyidagi 
turlarini aniklagan edi: 
1. Kuzatuvchanlikka asoslangan senzitivlik. Bunda asosiy narsa, shaxsning kuzatuvchanlik
kobiliyatiga asoslangan xolda nafakat uzining, balki boshkalarning xar bir xarakati, nutki, tana 
xarakatlari, mimikalari va boshka jixatlarini tashki tamondan bevosita idrok kilish va kuzatuv 
tajribasiga tayangan xolda uz xarakatlarini tuzatish imkoniyatini beruvchi fazilatlarga ega 
bulishdir. YA’ni insondagi bu sifatlar -kuzatuvchanlik kobiliyati shunday faol jarayonki, unda 
fakat kurish organlari orkali kayd kilingan tashki obektlargina inobatga olinmay, balki bunda 
shaxs kurishni xoxlagan jixatlar xam ongda kayd etiladi. M: uzi yoktirgan odamda bevosita kayd 
etilmagan sifatlar xam e’tirof etilishi mumkin. Ayniksa, uz-uzini kuzatishga asoslangan 
introspektiv usul xam bunda katta rol uynaydi. 
2. Nazariy sentizivlik. Bu shaxsning uzidagi goyalar, nazariy karashlarni uzgalarning 
xissiyotlari, fikrlari va xarakatlarini sharxlash va baxolash uchun ishlatish kobiliyatidir. M: shaxs 
tiplari xakidagi nazariy bilimlar bizga uzgalarni osonrok bilishga yordam beradi. 
3. Nomotetik senzitivlik. Atamaning ma’nosi grekcha «konuniy urnatilgan» suzidan kelib 
chikadi, ya’ni, u yoki bu shaxsning uzini va uzgalarni bilish va ularning xulkiga baxo berish 
uchun usha shaxs mansub bulgan ijtimoiy gurux vakilining tipik fazilatlaridan foydalanish unga 
xos bulgan obraz xamda tushunchalarini ishlatish kobiliyati – nomotetik senzitivlikdir. Demak 
bunda shaxs uzini va uzgalarni anikrok baxolash uchun usha ijtimoiy gurux vakilining 
«umumlashtirilgan obrazidan foydalanadi. 
4. Idiografik sentizivlik - «uziga xos» suzidan olingan bulib, nomotetikdan farkli ularok, u xar 
bir shaxsni uziga xos idrok kilish va shunday imkoniyatdan foydalanish kobiliyatidir. Bu 
kobiliyat «kaytarilmas, uziga xos » tushunchalaridan kelib chikadi. 
Senzitivlikning barcha yukorida keltirilgan turlari, tabiiyki, aloxida-aloxida kullanilmaydi, 
amaliyotda esa uyinlarni tashkil etishda ularni barchasidan okilona foydalanishgina samara 
beradi. Shuning uchun xam ular xakidagi bilimlarga ega bulish, birinchi navbatda boshlovchi 
psixologlar uchun zarurdir. 
Shunday kilib, agar ma’ruzalar tinglash jarayonida shaxs boshkalarning, umuman 
olganda uzlarini kanday tutishlari xakida tasavvurga ega bulsa, T-guruxlarda uyushtiriladigan 
mashgulotlarda u uzining jamiyatda tutgan urnini anglash, boshkalar tomonidan kanday idrok 
kilinayotganligini xis kilish, uzgalarning unga ta’siri kanday bulayotganini sezish imkoniyatiga 
ega buladi va shu orkali boshkalarga nisbatan munosabat tuzilish tizimini mukammallashtiradi. 


Sinektika bu urinda inson tasavvurlarini yanada rivojlantirish usuli sifatida turli mutaxassislar 
shaxs karashlarini kayta taxlil kilish usuli sifatida kushimcha yordam beradi. M: bu urinda 
«Robinzon» uyinining uziga xos variantini taklif kilish mumkin. 
Aytaylik, gurux, insonsiz orolga tushib kolgan, maksad, katta kayik yasash va orolni tark 
etish. Gurux a’zolari barcha yullar xakida fikrlashib, va nixoyat, 12 oy ichida shu oroldan chikib 
ketish dasturini ishlab chikadilar. Fikrlar, takliflar bajaruvchilar xakidagi fantastik obrazlar va 
yaxlit tizim guruxda kuplab shaxslararo muammolarni yul-yulakay xal kilishni talab kiladi, 
natijada odamlar bir-birlarini yanada yakindan bilib oladilar. 
Ijtimoiy psixologik trening insonlar urtasidagi soglom munosabatlarning bulishiga 
erishishni maksad kilib kuyar ekan, uni utkazuvchi, uyushtiruvchi shaxs va uning uz ishini 
mukammal bilishi faoliyat samarasini ta’minlovchi asosiy omillardan biridir. Trening 
utkazuvchiga kuyiladigan asosiy shartlardan va talablardan biri shuki, u mulokot jarayonining 
bacha kirralarini professional darajada mukammal egallagan bulishi kerak.
U xam bulsa- nazariy bilimlarni bevosita amaliyotda, trening jarayonida kullay bilishdir. 
Ularni odatda trenerlar, instruktorlar, boshlovchilar deb atashadi. Demak, treninnglar 
uyushtiruvchi muassasa yoki tashkilotlarda eng avval e’tibor berilishi zarur bulgan narsa xam 
shuki, u yerda ijtimoiy psixolgik trening olib boruvchilarni ukitish, tayyorlash ulardan mutaxasis 
yetishtirishdir.
Trener shaxsiga kuyiladigan talablar kuyidagilar: 
1.U avvalo uzgalar shaxsiga xos bulgan xususiyatlarni juda yaxshi bilishi va bundan 
inglizlar aytganidek « Uzgalar psixologiyasini bilish- ular ustidan xukmronlikning bir shaklidir» 
degan naklni esdan chikarmaslikdir, lekin bunda pedagogik altruizm- ya’ni uzgalar manfaatini 
uzinikidan ustun kuyish xislati bulishi kerak.
2.О‘zining shaxsiy fazilatlari va psixologiyasini mukammal bilishi va uni boshkara olish 
kobiliyatiga ega bulishi zarur. 
3.Har kanday chigal yoki ziddiyatli vaziyatlardan chikib ketishgina emas, balki uni oldini 
ola bilish, vaziyat tugri kelganda esa bartaraf etib, ishtirokchilarga tugri maslaxat bera olish 
4.Empatiya, ya’ni uzgalar xolatlarini chukur xis kila olish kobiliyatining mavjudligi. 
5.Uzgaruvchan, moslanuvchan akl soxibi bulish, kutilmagan xolatlarga , uzini oldindan 
tayyorlash, uzini yukotmaslik. 
6.О‘z xatti xarakatlarini doimo ma’lum makomda ushlash va kerak bulsa uzidagi 
motorikani rivojlantira olish. 
7.О‘zgalar nutki, reaksiyalarini anik tushunish va tinglash, mimika va moxiyatlar 
xarakatini tugri talkin etish va tushinish
8.Tinglovchilar va uyin ishtirokchilarining extiyojlari va kizikishlariga karshi bormasligi
9.Rejalashtirish kobiliyatining bulishi, bunda oldindan kutilayotgan jarayoning barcha 
muxim va nomuxim jixatlarini oldindan taxminan bulsa xam ta’savvur kilib, anik reja reja tuza 
olish
10.Uziga ishonch, e’tikodningsh mavjudligi, real taffakur va irodaning bulishi
Boshlovchi trenerning asosiy vazifalari xam uning shaxsiga kuyiladigan talablardan 
bevosita kelib chikadi. YA’ni u: 
A) avvalo ta’lim dasturiga ega bulishi kerak
B) dasturga mos ssenariyalar tanlay bilish, kerak bulsa, xar bir anik xolat va vaziyatga 
moslashtirish, mashgulotlarni tashkil kilishda xam ushbu xolatlarga e’tibor karatish shart 
V) katnashchilarning yoshi, jinsi , kasbiy malakalari, madaniyat darajasi va extiyojlarini 
mos ravishda dastur va stenariylarga uz vaktida tuzatishlar kiritish kobiliyatiga ega bulishi, 
mashgulotlar shakli,vakti , joyini xam yukoridagi omilarga mos ravishda tanlashi ularning 
samaradorligiga bevosita ta’sir kursatadi. 
Imkoniyat boricha tinglovchilarni mashgulot boshlanishidan avvval mavzu buyicha yozgan 
matnlar bilan ta’minlash va maruzalarni iloji boricha uzi ukib, amaliy magulotlarga xam 


begonalarni jalb kilmagani makul «chunki bu yerda « nimanga urgatish» va « kanday urgatish» 
degag savollarga javobgar shaxs bir ish bulsa, xarakatlarda uygunlik bulishi mumkin.
Ijtimoiy psixologik treningdan boshlovchi roliga duch kelgan shaxslarni jalb kilib 
bulmaydi. Chunki mashgulotlarni utkazuvchi maxsus tanlovda ishtirok etgan bulishi va unda 
uning komunikativ maxorati , uz-uzini nazorat kila olish kobiliyati, bosikligi, xissiyotlarining 
mukobilligi, ularga ma’lum ma’noda turgunlik xoss bulishi shart.
Tanlovchi umuman xolis ekspertlar , trenerlarni tayyorlash kurslari xam nisbatan uzok 
muddatga muljallangan mashgulotlar tizimidan iborat buladi. 
IPTdan samarali mulokotga erishish uchun kuyidagi omillar xisobga olinishi maksadga muvofik: 
A) maksadning anik bulishi , uning boshlovchi va ishtirokilvr tomonidan bir xil idrok 
kilinishi va tushinilishi . Demak bu urinda guruxiy va individual maksadlar urtasidagi moslik va 
kelishuvning mavjudligiga e’tibor karatilishi shart.
B) Ikki tomonlama mulokotning mavjudligi , ya’ni fikr va xissiy kechinmalarning 
anikligi, ochikligi va rostguylik tamoillariga e’tibor berish.
V) faol ishtirok va guruxdagi liderlikning a’zolar urtasidan teng taksimlanishiga erishish, 
ya’ni guruxda yakkol kuzga tashlangan lider yoki doimo uz xissiy kechirmalariniva irodasini 
boshkalarga utkazishga xarakat kilayotgan shaxsning bulmasligi
G) ta’sir kursatish yoki ruxiy tayzikning ishtirokchilar bilimlari , kobiliyatlari va 
malakalariga asoslanishi, lekin bunda boshkalarning kamsitilishiga yul kuymaslik. 
D) karor kabul kilish va munozaralarini yakunlash boskichlarida vaziyatga karab, 
boshlovchining tagshabbusini uz kuliga olish xukukidan foydalanishi . 
YE) nafs va tortishuvilarga doimo tugri, okilona, konstruktiv tus bera olish, bu omil 
ishtirokchilar tashshabuslarini kullab-kuvvatlaydi va ulardan shakllanadigan sifatlarning 
mustaxkamlanishiga zamin xozirlaydi. 
J) gurux faoliyatining samaradorligi masalasi xam usha gurux a’zolari tomonidan 
baxolanishi uyin munozarani yana davom ettirish yoki tuxtashish msalasiga oydinlik kiritadi, aks 
xolda boshlovchi bu masuliyatni uz buyniga olsa unda gurux uz faoliyatidan konikay yeolishi 
mumkin
Z) Birinchi gurux a’zolarining maksimal tarzda uzini kursatish, xattoki, uzidagi yashirin 
e’motsiyalarini va yangiliklarni nomoyon etishga undash lozimki,toki u xar kanday sharoitda 
xam uz individualigini kursatish kobiliyatiga ega bulsin.
Shunday kilib, ijtimoiy psitxologik treninning samaradorligi bir tomondan, ishtirokchilarni faol 
katnashishlarini va uzlarini erkin xis kilishlariga boglik bulsa, 2-chi tomondan, bu narsa 
boshlovchi , trenir shaxsini xususiyatlariga bevosita boglikdir. Shuning uchun xam trener yoki 
yosh bulsa va unda ijtimoiy trenening utkizish tajribasi yetishmasa, u uziga xos va mos 
auditoriyani topib ishlashi, birdaniga kattalar guruxiga, nomalum kishilar bilan ishlashdan uzini 
tiyishi kerak. Chunki agar u uz amaliy faoliyatini boshidayok maglubiyatga uchrasa , xech 
kachon u trening mashgulotlari utkaza olmasligi mumkin. Bu unda shaxsiy tushkunlikni 
keltirib chikarib, uzi yordamga muxtoj bulib koladi. Boshlovchi xam uz faoliyatining amalga 
oshirishda yukorida ta’kidlanganidek, IPT ning turli shakllaridan ma’kulrok turidan boshlashi 
mumkin. Masalan: uzidan yosh bulgan bolalar guruxida turlicha oson uyinlar tashkil kilish, 
savol-javob guruxlarini uyushtirish, dumalok stol atrofida turli xayotiy kazuslarni muxokama 
kilishga urgatish mumkin. 
Chunki, psixodrammatik uyinlar, ayniksa, sotsiadrammalar shaxsdan yuksak kasbiy 
sifatlarni. Insonlar bilan ishlash tajribasini talab kiladi.
Boshlovchidan talab kilinadigan psixologik prfessionalizmning asl moxiyati shundaki, 
uzbekistan odamlar kuziga xatti-xarakatiga karab, ularning niyat-istaklarini, treningda ishtirok 
etish kobiliyatini taxminan oldindan chamalab olishi va uyin davomida moxirlik bilan ular 
xarakatini zimdan boshkarish kobiliyatiga ega bulishi shart. Shuning uchun maxsus ijtimoiy 
psixologiya kurslarida taxsil olmagan, prfessional tayyorgarlikka ega bulmagan shaxslar 
treningni boshkara olmaydilar. Bundan tashkari boshkaruvchi shaxslardan fidoyilik, uz 
manfaatini uzgalarnikidan pastrok kuyishi. Sabr-chidam, tezkorlik, faxm-farosat sifatlari talab 


kilinadi. Bu sifatlar ma’lumki, nafakat nazariy tayyorgarlik asosida balki. Kuprok xayotiy 
mulokot va ijtimoiy faoliyatning turlarida faol ishtirok etish natijasidangina kulga kiritiladi. 
Xar kanday faoliyat odamlarning bir-birlari bilan til topishishni,bir-birlariga turli xil 
ma’lumotlar uzatishni,fikrlar almashinuvi kabi murakkab xamkorlikni talab kiladi.Shuning 
uchun xam xar bir shaxsning jamiyatda tutgan urni,ishlarining muvoffakiyati, obrusi uning 
mulokotga kirish kobilyati bilan bevosita boglik. 
Shaxslararo mulokot jarayoni juda murakkabdir.B.F.Pariginningyozishicha, «mulokot 
shunchalik kup kirrali jarayonki, unga bir vaktning uzida kuyidagilar kiradi: 
1. individlarning uzaro ta’sir jarayoni 
2. Individlar urtasidagi axborot almashinuvi jarayoni 
3. Bir shaxsning boshka bir shaxsga munosabati jarayoni 
4. bir kishining boshkalarga ta’sir kursatish jarayoni. 
5. bir-birlariga xamdardlik bildirish imkoniyati 
6. shaxslarning bir-birlarini tushinish jarayoni
Mulokotning turli shakllari va boskichlari mavjud bulib,dastlabki boskich –odamning uz-uzi 
bilan mulokotidir. T. Shibutani «Ijtimoiy psixologiya» kitobida ( darsligida ) «Agar odam ozgina 
bulsa xam uzini anglasa, demak, uz-uziga kursatmalar bera oladi»,-deb tugri yozgan edi. 
Odamning uz-uzi bilan mulokoti aslida uning boshkalar bilan mulokotining xarakterini va 
xajmini belgilaydi. Agar odam uz-uzi bilan mulokot kilishni odat kilib olib, doimo jamiyatdan 
uzini chetga tortib, totinib yursa, demak, u boshkalar bilan , suxbatlashishda jiddiy kiyinchilikni 
boshidan kechiradi deyish mumkin. Demak, boshkalar bilan mulokot- mulokotning ikkinchi 
boskichidir. Uchinchi boskich avlodlar urtasidagi mulokot.Bu mulokot tufayli xar bir 
jamiyatning uz madaniyati, madaniy boyliklari, kadriyatlari mavjud buladiki, buning axamiyatini 
tushungan insoniyatning eng ilgor vakillari uni doimo keyingi avlodlar uchun saklab keladilar 
xamda ta’lim-tarbiya va kundalik mulokot jarayonida uni avloddan-avlodga uzatadilar. 
Mulokot murakkab jarayondir. Uning tuzilishi kuyidagicha: 
1. Mulokotning kommunikativ tomoni ― mulokotlarga kirishuvchilar urtasidagi ma’lumot 
almashinuvi jarayoni. 
2. Mulokotning interaktiv tomoni ― mulokotga kirishuvchilarning xulk-atvoriga ta’siri. 
3. Mulokotning perseptiv tomoni ― mulokotga kirishuvchilarning bir-birlarini idrok etishlari 
va tushunishlari bilan boglik bulgan murakkab psixologik jarayon. 
Xar kanday mulokot rasmiy yoki norasmiy buladi. Rasmiy mulokot odamlarning 
jamiyatda bajaradigan rasmiy vazifalari va xulk-atvoridan kelib chikadi. Masalan, raxbarning uz 
xodimlari bilan, professorning talaba bilan mulokoti. Norasmiy mulokot odamning shaxsiy 
munosabatlariga tayanadi va uning mazmuni usha suxbatdoshlarning fikr-uylari , niyat-
maksadlari va emotsional munosabatlari bilan belgilanadi. M: dustlar suxbati, poyezdda uzok 
safarga chikkan yulovchilar suxbati, tanaffusda talabalarning sport, moda, shaxsiy munosabatlar 
borasidagi suxbati. Odamlarning asl tabiatiga mos bulgani uchun xam norasmiy mulokot doimo 
odamlarning xayotida kuprok vaktini oladi va bunda ular charchamaydilar. Lekin bunday 
mulokotga xam kobiliyat kerak, ya’ni uning kanchalik sergapligi, ochik kungilligi, suxbatlashish 
yullarini bilish, til topishish kobiliyati, uzgalarni tushunish va boshka shaxsiy sifatlari kundalik 
mulokotning samarasiga bevosita ta’sir kursatadi. Shuning uchun xamma xam raxbar bula 
olmaydi, ayniksa, pedagogik ishga xamma xam kul uravermaydi, chunki buning uchun xam 
rasmiy, xam norasmiy mulokot texnikasidan xabardorlik talab etiladi. 
Mulokot mavzui va yunalishiga kо‘ra: 
1. Ijtimoiy yunaltirilgan ( keng jamoatchilikka karatilgan va jamiyat manfaatlaridan kelib 
chikadigan). 
2. Guruxdagi predmetga yunaltirilgan (mexnat, ta’lim jarayonidagi yoki biror topshirik 
bajarish jarayonidagi mulokot). 
3. Shaxsiy mulokot (bir shaxsning boshka shaxs bilan uz muammolarini yechish maksadida 
urnatgan munosabatlari). 


4. Pedagogik mulokot (pedagogik jarayonda ishtirok etuvchilar urtasida amalga 
oshiriladigan murakkab uzaro ta’sir jarayoni). 
Xar bir mulokot turining uz konun-koidalari , ta’sir usullari va yul-yuriklari borki, ularni 
bilish xar bir kishining, ayniksa, odamlar bilan doimo mulokotda buladiganlarning burchidir. 
Endi mulokotning xar bir tarkibiy kismi bilan aloxida tanishib chikamiz. 

Yüklə 492,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin