norasmiy muloqot doimo ularning hayotida kо‘proq vaqtini oladi va bunda ular charchamaydilar.
Lekin shuni ta’kidlash kerakki, odamda ana shunday muloqotga ham qobiliyatlar kerak, ya’ni,
uning
qanchalik sergapligi, ochiq kо‘ngilliligi, suhbatlashish yо‘llarini bilish, til topishish
qobiliyati, о‘zgalarni tushunishi va boshqa shaxsiy sifatlari kundalik muloqotning samarasiga
bevosita ta’sir kо‘rsatadi. Shuning uchun hamma odam ham rahbar bо‘lolmaydi, ayniqsa,
pedagogik ishga hamma ham qо‘l uravermaydi, chunki
buning uchun undan ham rasmiy, ham
norasmiy muloqot texnikasidan xabardorlik talab qilinadi.
Muloqot mavzui va yо‘nalishiga kо‘ra:
a)
ijtimoiy yо‘naltirilgan (keng jamoatchilikka qaratilgan va jamiyat manfaatlaridan kelib
chiqadigan muloqot, masalan, teleboshlovchining tomoshabishlarga murojaati);
b)
guruhdagi faoliyatning predmetiga yо‘naltirilgan (о‘zaro hamkorlikdagi faoliyatni
amalga oshirish mobaynidagi muloqot – mehnat, ta’lim jarayonidagi
yoki konkret topshiriqni
bajarish jarayonida guruh a’zolarining muloqoti);
v)
shaxsiy muloqot (bir shaxsning boshqa shaxs bilan о‘z muammolarini ochish maqsadida
о‘rnatgan munosabatlari);
g)
pedagogik muloqot (pedagogik jarayonda ishtirok etuvchilar о‘rtasida amalga
oshiriladigan murakkab о‘zaro ta’sir jarayoni) turlari farqlanadi.
Har bir muloqot turining о‘z qonun-qoidalari, ta’sir usullari va yо‘l-yо‘riqlari borki, ularni
bilish har bir kishining, ayniqsa, odamlar bilan doimo muloqotda bо‘ladiganlar, jamoat ishlarini
boshqaruvchilarning burchidir.
Muloqat jarayonining murakkab psixologik tabiatini bilish,
turli sharoitlarda samarali
munosabatlar о‘rnatish malakasini oshirish uchun uning tarkibiga kiruvchi har bir element yoki
bо‘laklar bilan alohida tanishib chiqamiz.
Inson
faoliyatining asosiy qismini muloqot jarayoni tashkil etadi. Psixologiya fanida
shaxsiy va ish yuzasidan muloqot turlari farq qiladi. Ish yuzasidan bо‘ladigan muloqot tabiati va
uni shakllantirish imkoniyatlari haqida tо‘xtalib о‘tamiz.
Dostları ilə paylaş: