Mavzu: Muloqot ijtimoiy va shaxslararo munosabatlarning ifodasi sifatida Mashg‘ulotning maqsadi



Yüklə 492,77 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/7
tarix21.10.2022
ölçüsü492,77 Kb.
#65788
1   2   3   4   5   6   7
4-mavzu

2. Mulokotning interaktiv tomoni – kishilarning birgalikdagi f aoliyatda bir – birlariga 
amaliy jixatdan ta’sir etishlari. Xamkorlikda ishlash, bir – birlariga yordam berish, bir – 
birlaridan urganish, xarakatlar muvofikligiga erishish kabi kator kobiliyatlarni namoyon kilish 
mumkin. 
Odamlarning turli sharoitlarda uzlarini tutishlari xulk – atvorlarining boshkarilishi ma’lum 
psixologik konuniyatlarga boglikligini kurish mumkin. Bunga sabab jamiyatda kabul kilingan 
turli normalar , konun koidalardir. Chunki uzaro mulokot va uzaro ta’sir jarayonlarida shunday 
xatti – xarakatlar obrazlari kishilar ongiga singib tasavvurlar, xislatlar orkali boshka birovni 
tushunishga xarakat kilish, uzini boshka birov bilan solishtirish, masalan: 1 – martda 
uchrashuvga ketayotgan yigitning xolatini uning urtogi yoki akasi tushunishi mumkin. 
Refleksiya – mulokot jarayonida suxbatdoshning pozitsiyasida turib, uzini tasavvur 
kilishdir, uziga birovning kuzi bilan karashga intilishdir. Masalan: guruxdoshingizdan biriga 
kuylagi yarashmaganini aytish mumkin, 2-chisiga aytsam kuyyapti deb uylaydi deysiz. 
Stereotipizatsiya – odamlar ongida mulokotlar mobaynida shakllanib urnashib kolgan, 
kunikib kolingan obrazlardan shablon sifatida foydalanish, bunday stereotiplar ba’zan mulokotni 
tugri yunalishini ta’minlasa, ba’zan xatoliklarga sabab buladi. Masalan: kizlarning shim kiyib 
yurishi yoki velosiped minishi. Kupchilik bunday kizlarni odobsiz deb uylaydi, bu notugri, 
albatta. 
Ba’zan kishini tashqi qiyofasidan uning xarakterini aniqlaydi. M: shunday tajriba 
о‘tkazilgan: talabalarga turli qiyofadagi kishilarning rasmi kо‘rsatilgan, ular iyagi katta kishilar 
kuchli irodaga ega, peshonasi keng odamlar-aqlli, sochi qattiq odam- qaysar , bо‘yi past odam- 


xokimiyatga intiluvchi, Chiroyli odam- о‘ziga bino qо‘ygan yoki nodon bо‘lishini aytilgan.Bular 
albatta, tо‘g‘ri emas. Lekin kishilarning ongida avloddan avlodga о‘tib kelayotgan tasavvurlar 
shunday obrazlarni shakllantirgan. Natijada odam xakida tushunchaning shakllanishida u xaqida 
bо‘lgan ma’lumot katta rol о‘ynaydi.M: Bodalyova talabalarning 2 guruxiga 1 odam portretini
kо‘rsatib, uni 1-guruxga –jinoyatchi, 1-gurux talabalariga esa olim deb tanishtirgan.1-
guruxdagilar uning kо‘zlarini-yovuz, beshavqat desa 2-guruxdagilar uning kо‘zlarini-dono, 
muloyim deyishgan. 
Odamlarning tashqi qiyofasi, kiyinishi, о‘zini tutishi, xissiy xolati, ovozi, qiliqlari, yurishi va x. 
k. ishlarining ichida odamning sо‘z muloqat manba’i suxbatdoshiga eng kо‘p ma’lumot beradi. 
Odamning bir -birlarini tо‘g‘ri anglashlari idrok( asosiy bilish) sohasiga aloqador, bir-
birlarini tushunishlari esa ularning tafakkur soxasiga aloqador, murakkab jarayondir. Boshqa 
odamni tо‘g‘ri tushungan shaxs uning xissiy xolatiga kira olgan xissoblanadi.YA’ni unda 
empatiya- birovlarning xis kechinmalarini tushuna olish qobiliyati rivojlangan bо‘ladi.Yuksak 
ongli, madaniyatli, « kо‘pni kо‘rgan» shaxsgina boshqalarni tо‘g‘ri tushunishi, ularning 
mavqeida tura olishi mumkin. 
Psixoliklar turli muloqot vaziyatlariga duch keladilar va xar bir vaziyatda ulardan о‘tkir 
didlik, odob, kishilarning psixologiyasini bilgan xolda ularni tо‘g‘ri tushunish malakasi talab 
qilinadi.Bо‘lg‘usi psixolog bu borada quyidagi qonuniyatlarni bilishi kerak 
1.Birinchi kо‘rgan odam xaqida faqat birlamchi tasavvurgina bulishi mumkin. 
2. Biror kishi xaqida berilgan malumotga asosan muayyan fikr xosil qilish oson, lekin uni 
о‘zgartirish qiyin. 
3. Intellekt juda yuqori bо‘lsa xam, juda past bо‘lsa xam boshqa odamni tushunish qiyin. 
4.Maxsus tayyorgarlik bо‘lishi kerak.Tajribada 5-kurs psixologlari bilan rassomlarni 
odamlarga bergan baxosi solishtirilgan, rassomlarni bergan baxosi aniqroq bо‘lib chiqqan.
-bitta odamning baxolash topshirig‘i berilganda og‘riqni boshdan kechirayotgan odamlar 
unda joxillik sifati bor deb baxolaganlar ,yaxshi xolatda bо‘lganlarida esa xuddi о‘sha odamni 
yaxshi sifatlarga ega deb aytganlar-demak, biror kishiga baxo berish- odamning emotsional
holatiga xam bog‘liq ekan. 
-shaxsning ochikligi-ya’ni ochiq, samimiy odamning bergan baxosi bilan tund, pismiq 
odamning baxolari о‘rtasida sifat jixatidan farq bо‘lishligi aniqlangan. 
Xulosa, bо‘lg‘usi psixologlardan psixolik bilimdonlik talab etiladi.- buning ijtimoiy- psixolik
treninglar yordamida amalga oshiriladi- odamlarda muloqat malakalari xosil qilinib,ular turli 
ijtimoiy sharoitlarda о‘zini tо‘g‘ri tutishga odatlantiriladi. Boshqacha aytganda, trening 
muloqotga о‘rgatishdir. 
Muloqotga о‘rgatish xozirgi zamon kishisining turli ishlab chikarish va muomala 
sharoitlarida tо‘g‘ri moslashishga yordam beradi. Buning uchun maxsus tayyorarlik guruxlari 
yoki trening guruxlari tashkil etishni psixologlar taklif etishgan 
G‘arbda shu maqsadda T-guruxlar tashkil qilinib, muloqot jarayonida qiyinchilik xis 
etayotgan kishilar taklif etilgan. Ijtimoiy pisixologik treningning asosiy usullari- guruxiy 
munozaralar, rolli о‘yinlar, psixolik sezgirlikni oshiruvchi treninglardir. Trening gurux a’zolari 
7-15 kishigacha bо‘lib mashg‘ulotlar bir necha kundan bir necha oylargacha davom etadi. 
Ijtimoiy psixologik treninglarga quyidagi metodik talablar qо‘yiladi: 
1. Munozara yoki о‘yinlar jarayonida xar bir ishtirokchi vaziyatni yoki rolni faol
о‘zlashtirib, har bir xolatdan о‘zi uchun xulosa chiqarishga olib kelish zarur. 
2. T-guruxlarda muloqotning nutk shakllaridan tashqari, nutqsiz-noverbol shakllari xam 
keng qо‘llanishi, ya’ni xar bir ishtirokchi (о‘rganuvchi) xar bir xarakat, ritmning moxiyatini xam 
tushunib uni xayotda ishlatishga xam erishish zarur. 
3. Har bir ishtirokchi kundalik yuritib, uni xar galgi mashg‘ulotlardan sо‘ng о‘ziga xis 
kechinmalari, muommolarni yechishdagi shaxsiy ishtiroki, tasavvurlarini odilona yozib borishi 
muximdir. 


4. T-guruxga qatnashish ixtiyoriy bо‘lganligi uchun, xar bir a’zo mashg‘ulotlarni
qoldirmaslikka xarakat qilishi zarur,- chunki bu a’zolarning о‘zaro munosabatlariga, guruxning 
muxitiga bevosita ta’sir qiladi 
- Mashg‘ulotlar maxsus xonalarda, shovqin surondan xoli yerda tashkil etilishi, shinam 
bо‘lishi kerak. 
-Mashg‘ulot utkazuvchi trener- maxsus tayyorgarlikdan о‘tgan, xushmuomala, did bilan
kiyingan, о‘z kayfiyati yoki о‘yinga shaxsiy munosabat bilan mashg‘ulotlarning tabiiy 
kechishiga xalaqit bermasligi, sabr-toqatli, madaniyatli bо‘lishi zarur. 
Mashg‘ulotlarni «yumaloq stol» yoki «tо‘rtburchak» stol atrofida gilam ustida, ba’zan tik 
turgan xolda xam о‘tkazish mumkin. 
Xozirgi davrda T-guruxlar raxbarlarni muloqotga tayyorlash, ma’sul shaxslarni qayta
tayyorlash kurslarida, psixologlar davrasidagina о‘tkazilmoqda. Muloqotdagi bilimdonlik
barcha mutaxassislarga zarur. 
Amaliy psixolog xox maktabda bо‘lsin, xox sanoat korxonasida yoki boshqa о‘quv 
yurtida bо‘lmasin, maxalliy sharoitni chuqur о‘rgangan xolda, u yerdagi raxbariyat bilan 
kelishib, T-guruxlar tashkil etmogi va xam uzining, xam atrofdagilarning bilimdonligini oshirib 
bormog‘i zarur. 
Fan amaliyotga-degan tamoyil bugungi kunda xar qachongidan xam dolzarb masalaga aylangan. 
Chunki yoshlarni mustaqil davlatimiz ma’naviy negizlarini teran anglashga о‘rgatish va ularni 
ma’rifatga chorlash jarayonida qator tadbiqiy vazifalarni amalga oshirishni taqazo etadi. 
Ilm-fan taraqqiyotini uzoq davri shu bilan tavsiflanadiki, olimlar va tadqiqotchilar 
kо‘proq nazariy masalalarni xal qilish, umumiy qonun qoidalarni sharxlash, tushuntirish orqali
jamiyat va insoniyat taraqqiyotini yoritishga о‘rganishlari kо‘p uchraydi. Bu koida pedagogika 
va psixologiya fanlariga xam tegishli.
Bugun biz uchun ijtimoiy taraqqiyot va inson tafakkuri rivojlanishini tezlatuvchi,.uning davr va
kishilar xulqiga xamohang tarzda ketishini ta’minlab beruvchi tadbiqiy ishlar va ilmiy 
izlanishlar zarur. Mamlakatimizda rо‘y berayotgan tub ijtimoiy siyosiy isloxotlar shuni talab 
qilmoqda. 
Dolzarb muammolardan biri- yoshlarda yangicha dunyoqarashni shakllantirish, ularni 
yangicha demokratik munosabatlarga ruxiy jixatdan tayyorlashdir. Ma’naviyat soxasidagi 
isloxotlar yoshlarda о‘z xalqining madaniyati, Vatanning о‘tmishi va buguni, milliy 
qadriyatlarga tug‘ri munosabatlarning shakllanishiga sabab bо‘ladi va bu- ziyoli, bilimdon 
kishilar uchun eng zarur fazilatdir. 
Aks xolda, olam sir asrorlarini chuqur bilgan, qiziqishlari doirasida jiddiy izlanishlar olib 
borishga tayyor shaxs, agar u, bu bilimlarini avvalo о‘z xalqi, millati, yaqinlari manfatiga 
yо‘naltira olmasa va uning jamiyat taraqqiyotiga aloqasini tasavvur qila olmasa, ma’naviyati 
qashshoq, iqtidori esa samarasiz xudbin shaxs sifatida baxolanadi. 
Muloqot odamlar amalga oshiradigan faoliyatlar ichida yetakchi о‘rinni egallab, u 
insondagi eng muhim ehtiyojni – jamiyatda yashash va о‘zini shaxs deb hisoblash bilan bog‘- 
liq ehtiyojini qondiradi. Shuning uchun ham uning har bir inson uchun ahamiyati kattadir.

Yüklə 492,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin