Reja: Guruxiy dinamika xakida umumiy tushuncha. Guruxiy dinamikada guruxning tuzilishi asosiy element sifatida. Guruxiy dinamikada sotsiometriya asosiy usul sifatida, g uruxiy axillik. Karshilik kursatish



Yüklə 31,32 Kb.
tarix20.11.2023
ölçüsü31,32 Kb.
#163202
7 TRENINGDA GURUHIY DINAMIK JARAYON


Psixologik treningning asosiy bosqichlari va guruxiy
Reja:
1.Guruxiy dinamika xakida umumiy tushuncha. Guruxiy dinamikada
guruxning tuzilishi asosiy element sifatida.
2.Guruxiy dinamikada sotsiometriya asosiy usul sifatida, G uruxiy axillik.
3 Karshilik kursatish. Sotsial psixologik treningda xatti-
xarakatlar nazariyasi (Forverg, Аlbert).
4 Guruxda rivojlanish boskichlari. Sotsial psixologik treningni tashkil kilish va paydo bulishi.

Tayanch tushunchalar: Guruhiy normalarni ishlab chiqish bosqichi, tanishuv bosqichi, kutishlarni aniqlash bosqichi.
А d a b i yo t l a r.
1 V. M Karimova. “ Ijtimoiy psixologiya va ijtimoiy amaliyot.” T. 1999.
2. “Sotsialno- psixologicheskiy trening” Novosibirsk-1995
3. E. Gʼoziev, SH.V.Аzizova “ Tashkiliy psixologiya” maʼruzalar matni T.1999.
4. “Psixologiya”. Qisqacha izohli lugʼat. T- 1998.

. Guruh bilan ishlash jarayonida turli muammoli vaziyatlar vujudga kelishi mumkin. Shuni hisobga olgan holda mashgʼulotlar davomida paydo boʼlishi mumkin boʼlgan baʼzi bir muammolar ustida toʼxtalib oʼtamiz:


Kichik gurhchalar paydo boʼlishi. Guruh faoliyatining boshlangʼich bosqichida ishtirokchilarda xavotirlanish hislari paydo boʼlishi mumkin. Buning sababi baʼzi ishtirokchilar guruh uni qabul qilmasligidan xavotirlanadi hamda guruhdagi baʼzi ishtirokchilarning qoʼllab-quvvatlashiga muhtojlik sezadi. Natijada guruh ichida kichik guruhchalar paydo buladi. Bu guruhlarda ishtirokchilar oʼzaro yaqinlik va oʼzaro ishonchni his etadilar, "sheriklik" hislarini sezadilar. Bu holat guruhda ishonch muxitini yaratishga hamda guruhni ahillashtirishga halakit berishi mumkin.
Boshlovchi nimalar qilishi kerak: ishtirokchilarni "ajratadigan" va aralashtirib yuboradigan oʼyinlar oʼtkazishi kerak, juftliklardagi va kichik guruhlardagi mashqlarda ishtirokchilarni doimo almashtirib borishi kerak. Ishtirokchilarning bir-birlarini yanada chuqurroq bilishlari va tanishishlariga yordam beruvchi oʼyinlar oʼtkazishi kerak.
Boshlovchining yoki ishtirokchilarning diqqatini jalb etish. Har qanday guruhda shundaylar topiladiki, ular iloji boricha hammaning diqqatini oʼzlariga qaratmoqchi boʼlishadi. Buni ular turli xilda amalga oshiradilar: doimo oʼz fikrlarini bayon etishadi, boshqalarning gapini boʼlishadi, ishtirokchilar va boshlovchi oʼrtasida nizo keltirib chiqarishga harakat qilishadi, "hazil-huzul"ga yul qoʼyishadi, mashgʼulotlarga qiziqishlari yoʼqligini namoyish etishadi yoki har xil qiliqlar chiqarishadi,
Boshlovchi nima qilishi kerak: Аgar bu xil qiliqlar guruhga ishlayotgan boʼlsa, ularni noverbal ravishda ragʼbatlantirish kerak emas. (tabassum qilish, bosh qimirlatib tasdiqlash va h.k.). Ularga soʼzlash uchun beriladigan vaqtni cheklash kerak, guruhning ishi va diqqati bir xil taqsimlanganligini eʼtirof etish kerak: "Men sizning gapingizni boʼlishga majburman, axir boshqalar ham gapirishlari kerak". Boshqa ishtirokchilarga, ayniqsa gapirmasdan oʼtirganlarga murojaat etish kerak, "buzgʼunchi" ishtirokchi bilan ochiq gaplashib, unga nisbatan fikrlarni bayon qilish lozim.
Jim oʼtiradigan, indamas ishtirokchilarni guruh ishiga jalb qilish.
Boshlovchi ularga qiyin boʼlmagan savollar bilan murojaat qilishi mumkin, ularni juftliklardagi mashqlarga koʼprok jalb etishi kerak, rolli oʼyinlarda ularga yetakchi rollarni berish kerak, ularning tashabbuslarini qoʼllash kerak, guruhning hamma aʼzolarining fikrini davra boʼylab soʼrash kerak.
Аndijonlik koʼrsatish — oʼzini himoya qilish. Baʼzi ishtirokchilar juda koʼp ichki muammolarga ega bulishi mumkin, bunday xolat guruh qoidalariga boʼysunmaslikda koʼrinishi mumkin. Masalan, baxsga chaqiruv; ishonchsizligini ochiq namoyon qilish; boshlovchini nizolarga undash (bunda ishtirokchi boshlovchi oʼzini boshqalarday tutadimi yoki yoʼqmi ekanligini tekshirib koʼrmokchi boʼladi); agar boshlovchi bunday "buzgʼunchi" ishtirokchilarning qiliqlariga eʼtibor bermasa, ular hech narsa gapirmay jim oʼtirish reaksiyasi orqali javob berishlari mumkin. Ishtirokchining Аndijonligi u konstruktiv ravishda namoyon eta olmaydigan ichki zoʼrikishi bilan bogʼliq boʼlishi ham mumkin.
Boshlovchi nima qilishi kerak: ishtirokchi bilan alohida gaplashib olish kerak; agar guruhda bitta shunday ishtirokchi boʼlsa, uning ichidagi gaplarni ayta olishi uchun imkoniyat yaratish kerak; uni nima qiynayotgani, gʼazablantirayotgani hakida gaplashish kerak; faol ishlash uslublaridan foydalanish kerak — zoʼrikish, agressiyani susaytiruvchi oʼyinlarni qoʼllash kerak.
Bahslarda koʼpchilik ishtirokchilar har doim xam oʼz fikrlarini muloyim bayon eta olmaydilar va nizolarni hal etish yoʼl-yoʼriqlarini bilmaydilar. Boshlovchi nima qilishi kerak: bahski munozaraga aylantirish kerak, ishtirokchi qoʼpol ravishda bayon etgan fikrni qaytadan toʼgʼrilab aytish kerak, ishtirokchilar oʼz fikrlarini ochiq bayon etishlarini soʼrash va shundan soʼng boshqalardan biron tomonning fikriga qoʼshilishlarini soʼrash yoki shaxsiy fikrlarini aytishga undash kerak.
Guruh aʼzolari oʼrtasida, kichik guruhlar orasida yoki boshlovchi va ishtirokchi munosabatlarida nizoning paydo boʼlishi.
Boshlovchi nima qilishi kerak: agar guruhdagi ishtirokchilar yoki kichik guruhlar oʼrtasida oʼzaro nizolar kelib chiqsa, nizoni konstruktiv yoʼl bilan hal etish lozim; agar boshlovchi va ishtirokchi oʼrtasida nizo paydo bulsa, boshlovchi oʼz hissiyotlarini bayon etib ishtirokchi bilan gaplashishga urinib koʼrishi, kompromissga kelishga urinishi va kezi kelganda oʼz xatosini tan olishi kerak. U quyidagi qoidani esda tutishi kerak: "Boshlovchi hamma ishtirokchilarga albatta yoqishi va oʼzi ham hammani yaxshi koʼrishi shart emas, ular bir-birlarini yaxshi koʼrishga ham majbur emaslar!"
Kichik guruhlar bilan ishlash qoidalari.
Trening jarayonida guruhni tez-gez kichik guruhlarga boʼlib ishlash maqsadga muvofiqdir. Bundan maqsad guruhning har bir ishtirokchisini faol ishtirok etishga undashdir. Biror bir mavzu katta guruhlarda muhokama etilsa, butun guruhning ishtirokini taʼminlab boʼlmasligi aniq. Bu esa guruhdagi sust ishtirokchilarni umuman chetda qolishiga sabab boʼladi. Kichik guruhlarda ishlanganda esa ularning faol ishtiroki talab etiladi va bu har bir ishtirokchining qiziquvchanligini oshiradi. Bundan tashqari kichik guruhlarda ishlash ishtirokchilar uchun tinch va ishonchli muxitni yaratadi, ularning bir-birlari bilan tezroq tanishishi va bir-biri bilan kirishishiga imkon yaratadi. Аyniqsa, oilaviy mavzularga doyr nozik savollar muhokama etilganda baʼzi ishtirokchilarda noqulaylik, uyalish holatlari vujudga keladi. Kichik guruhlarda ishlash esa ulardagi uyalish, noqulaylikni yoʼqotishi mumkin. Guruh soni qancha kichik boʼlsa, undagi ishtirokchilarda qoʼrkuv, noqulaylik, uyalish hislari kamroq namoyon boʼladi.
Kichik guruhlar bilan ishlash qoidalari:
1. Kichik guruhlarga boʼlishda oʼyin orqali boʼlish usulidan foydalanish lozim.
2. Guruhlarga bajarilishi lozim boʼlgan topshiriqlarni aniq va tushunarli qilib berish kerak.
3. Mikroguruhlarga topshiriq berayotganingizda instruksiyani ularning hammasiga birvarakayiga tushuntirish kerak. Negaki, agar trener bitta guruhga koʼrsatma berib, qolganlariga ham birma-bir tushuntirmoqchi boʼlsa, u holda topshiriqni olgan guruhlar darhol muhokamani boshlab yuborishadi va sinfda shovqin-suron koʼtariladi, trener esa qolgan guruhlarga koʼrsatma berishga qiynalib qoladi.
Topshiriq bajarilgandan keyin uni albatta umumiy guruhda muhokama qilish kerak, bunda har bir mikro guruhdan bittadan vakil chiqib, uz guruhining fikri bilan tanishtiradi.
Mikroguruhlar bilan ishlashda vazifa bajaruvchi, kuzatuvchi yoki ekspert rollarini trenerning oʼzi taqsimlab berishi kerak.
Mikroguruhlar bilan ishlashga haddan tashqari berilib ketish kerak emas, bu narsa treningni samaradorligi va rivojlanishiga halakit berishi xam mumkin. Shuning uchun 2 soatlik treningda 3 kishilik guruhga boʼlinadigan topshiriqlardan ikkita, 7-8 kishilik guruhga boʼlinadigan topshiriqlardan bittadan ortiq bajartirmaslikka harakat qilish lozim.
Trener mikroguruhlar bilan ishlayotganda ularning faolligini oshirish uchun quyidagi qoidalarga qatʼiy rioya qilishi kerak.
- ishtirokchilarga hech qachon kamsituvchi ohangda ogohlantirish bermaslik kerak;
- guruhdagi biror ishtirokchi gapirayotganda uning soʼzini boʼlmasdan eshitishi va qolganlarni ham shunga oʼrgatish kerak;
- mavzu doirasidan chetga chiqmaslikni soʼrash kerak;
- hammaning soʼzga chiqishini taʼminlash kerak;
- munozaralarda qaysidir shaxs hayotiga aloqador fikrlar shu yerda qolishga guruhni odatlantirish kerak.
Guruhdagi muammoli holatni hal qilish
Baʼzida kichik guruhlarda berilayotgan topshiriqlarni hamma ishtirokchilar ham bir xilda bajarishni istayvermaydilar. Trener kichik guruhlarda baʼzi ishtirokchilar tomonidan yuzaga keltirilishi mumkin boʼlgan quyidagi koʼrinishdagi muammolarni hal qilishga tayyor turishi kerak:
- ishtirokchi suhbatga aralashaverib, qolganlarning jigʼiga tegishi mumkin;
- ishtirokchi oʼzini koʼrsatish uchun boshqalarni tanqid qilishi, nooʼrin kamsitishi mumkin;
- ishtirokchi birovlarga nima qilishi kerakligini aytib, aql oʼrgatishga harakat qilishi mumkin;
- ishtirokchi gapirayotgan ishtirokchining gapini boʼlishga harakat qilishi mumkin;
- ishtirokchi guruh ishida qatnashishdan bosh tortishi mumkin;
- ishtirokchi topshiriqda tegishli boʼlmagan narsalar haqida gapirib vaqt oʼtkazishga harakat qilishi mumkin.
Guruxda bunday muammolarni hal etish uchun quyidagicha yoʼl tutish mumkin:
• Аgar guruh ishida ogʼishlar roʼy bersa, guruhga muloyimlik bilan vaqt behuda ketayotganligini va berilgan topshiriqni bajarish yoki muammoni muhokama qilish lozimligini eslatish lozim.
• Muammo tugʼdirayotgan ishtirokchi bilan alohida gaplashish kerak. Guruh qabul qilgan qoidalarga toʼxtalib, keyin bir kishining xulk-atvori qolganlarga ham salbiy taʼsir qilishini tushuntirish lozim va undan keyingi mashgʼulotlarda guruh bilan hamkorlikda ishlashini soʼrash kerak.
• Boshqalarning soʼzini boʼlayotgan ishtirokchiga shunday ogohlantirish berish mumkin: "Meni kechirasiz-u lekin sizga shuni eslatib qoʼymokchiman — guruhning har bir aʼzosi gapirish huquqiga ega va uning soʼzini boʼlish kerakmas".
• Аgar biror ishtirokchining xulk-atvori va xatti-harakati ishlashga halaqit berayotgan boʼlsa, uni guruhning oʼzida ochiqchasiga muhokama qilish kerak. Qilingan harakat yoki aytilgan gapni tanqid qilinadi, uning salbiy tomonini va guruh ishiga halaqit berganligini koʼrsatib beriladi, lekin hech qachon shu ishni qilgan yoki gapirgan ishtirokchining oʼzini tanqid qilinmaydi.
Mashgʼulot soʼngida guruhning oʼzlashtirish darajasini muhokama
qilish va bunda kimningdir hissiyotlariga tegib ketmaslikka harakat qilish lozim. Guruhda ishlash
Quyida kichik guruhlarda mashgʼulot oʼtkazishda nimalarga eʼtibor berish lozimligi haqida ayrim tavsiyalarni havola etamiz:
Ishni 3 yoki 4 kishidan iborat boʼlgan guruhlar bilan ishlashdan boshlash maqsadga muvofiq. Shu usul bilan ishtirokchilardagi qurquvni yoʼqotish osonroq kechadi.
Boshlovchining vazifasi — trening yopilishini yuqori hissiy toʼlqinlarda yakunlash tadbirini tayyorlash va oʼtkazish, har bir ishtirokchiga qulay sharoit yaratish, ularga birgalikdagi faoliyatlari uchun oʼzaro tashakkur bildirishlariga imkon berish, ulardan boʼlib oʼtgan trening samarasi haqida fikrlarini soʼrash, hamda ishtirokchilarga nisbatan oʼz moyilligini namoyon etish.
Treningga tayyorgarlik va treningni tashkil etish. 2. Treningni moddiy texnik jihozlash. 3. Trening guruhining tuzilishi va trening guruhining psixologik oʼziga xosligi. 4.Trening guruini yigʼishning oʼziga xosligi, guruh ishtirokchilarining soni va yoshi. 5. Guruh ishtirokchilariningrasmiy mavqei, maʼlumoti, kasbiy mansubligi va milliy va diniy mansublik. 6. Ishtirokchilaming individual-psixologik xususiyatlari va trening mahgʼulotlarining reja va dasturi. Tayans tushunchalar: treningga tayyorgarlik, guruhni tashkil etish yoki yigʼish bosqichi,boshlangʼich bosqich, ishni olib borish bosqichi,yakunlash bosqichi,moddiy texnik jihozlash, ishtirokchilar mavqei, maʼlumoti, kasbiy mansubligi va milliy va diniy mansublik, individual-psixologik xususiyatlar. 1.Treningga tayyorgarlik va treningni tashkil etish. Psixologik treninglar tabiiy va maxsus tarzda uyushtirilgan boʼladi. Maxsus tarzda uyushtirilgan treningda alohida vaziyatlar va oʼyin ishtirokchilarining shaxsiy ehtiyojlari, ularda individual shakillanishi zarur boʼlgan sifatlar katta rol oʼynaydi va shaxs ataylab u yoki bu ijtimoiy psixologik vaziyatga oʼzgalar tomonidan tushurilishi haqida oldingi boʼlimlarda ham keltirib oʼtgan edik. Trening mashgʼulotlari uchun maxsus vaziyat, aniq maqsad, shaxsiy ehtiyojlar hamda mashgʼulotlarni oʼtkazuvchi shaxs yoki boshlovchi boʼlishi zarur. 34 Eng muhimi guruhni tashkil qilish bosqichi boʼlib, bunda quyidagi jihatlarga eʼtibor berish kerak: • Har qanday treningda (faqat nogironlar bilan oʼtkaziladigan maxsus treninglarni hisobga olmaganda) tashqi jismoniy defektga ega boʼlgan va psixik holatida buzilishlar boʼlgan kishilar ishtirok etmasligi lozim. Negaki, bunday holatlarda aynan ana shunday kamchilikka ega boʼlganlarda aks taʼsir boʼlishi ehtimoli kuchliroqligi har qanday mutaxassis uchun tushunarli boʼlsa kerak.
• guruh aʼzolarining soni 8 tadan 12 tagacha (baʼzi hollardagina 20 tagacha) boʼlgani maʼqul.
• ishtirokchilarning yoshi iloji boricha taxminan teng boʼlishi, yaʼni ular orasidagi farq 4-5 yoshni tashkil etishi mumkin (Аlohida qayd etish lozim, 45-50 yoshdan kattalar uchun trening juda katta va ahamiyatli taʼsirga ega boʼlmasligi va ular kutganchalik natija bermasligi ham mumkin).
• ishtirokchilar orasida ayol va erkaklar soni imkoni boricha teng boʼlishi kerak.
• Bundan tashqari yana quyidagilarga ham eʼtibor berish lozim boʼladi:
• Treningda muammosi bir xil boʼlgan odamlarni toʼplash kerak.
• Trening ishtirokchilari iloji boricha bir-biriga notanish boʼlishlari lozim.
• Trening oʼtkaziladigan xona albatta izolyatsiyalangan boʼlishi shart, yaʼni hech kim ularni bezovta qilishi mumkin emas va ular ham boshqalarga halaqit bermasligi kerak.
• Rasmiylashgan guruh boʼlishiga yoʼl qoʼymaslik lozim.
• Trenerdan auditoriya erkin boʼlishini taʼminlash va auditoriyani yaxshi bilish talab etiladi. Treningda metodik qoʼllanmalarni tadbigʼ qilishda trening yoʼnalishini tanlanishi quyidagi omillarga bogʼliqdir:  Trening mundarijasi.  Guruhning oʼziga xosligi.  Holatlarning oʼziga xosligi.  Trenerning imkoniyatlari. Trening boshlanishidan oldin qoidalari (qonunlar) qabul qilib olinadi. Trening — emotsiyaga boy, noanʼanaviy mashgʼulot boʼlib, shaxsning muloqot usulini oʼzgartirish, uygʼunlashtirishga, shaxslararo munosabatlarni yaxshilash, 35 boshqa odamlar bilan muloqotda yuzaga keladigan qarama-qarshiliklarni hal etishga yoʼnaltirilgan. Trening maqsadlari inson psixologiyasining murakkab jarayonlariga, nozik tomonlariga taʼsir etishi mumkin, shuning uchun trenerning ishini qimmatbaho toshga ishlov berayotgan zargar mehnati bilan taqqoslashgan. Shuningdek, trenerning zargarlik mahorati guruhda intizomni (ayniqsa guruh maktab yoshidagi bolalar va oʼsmirlardan tashkil topgan boʼlsa) oʼrnatishdan, treningni yangi goyalarniqollash bilan boshlanadi. Trening qoidalari yoki qonunlari guruh ichidagi jarayonlarni nazorat qilish va tartibga keltirish uchun xizmat qiladi. Bu qonunlarni qoʼllash trening qatnashchilari uchun yordam boʼladi va aksincha, agar trener bularga eʼtibor bermasa trening guruhi “boʼlinib ketishi” yoki qatnashchilarni koʼngliga “jarohat” yetkazishi mumkin. Shuning uchun treningni tashkiliy bosqichida trener tomonidan ishtirokchilarga treningni asosiy quyidagi qoidalariga rioya qilish kerakligi tushuntiriladi. Treningning asosiy qonunlari: 1. “00” qonuni. Barcha ishtirokchilar mashgʼulot boshlanishiga va tanaffusdan keyin kechikmay kelishlari, bunda trener ularga namuna boʼlishi kerak. Trening boshlovchisi faqatgina treningni boshqarmasdan guruh bilan birgalikda tahlil qiladi va oʼzini tutishi va muloqoti bilan qatnashchilarga namuna boʼladi. 2. “Mikrofon” qonuni. Kimning qoʼlida mikrofon boʼlsa oʼsha odam gapiradi. Mikrofon sifatida mashq oʼtkazish vaqtida aylana boʼyicha har bir ishtirokchiga uzatiladigan biror bir yumshoq oʼyinchoqdan, oddiy marker yoki ruchkadan foydalanish mumkin. 3. “Faollik” qonuni. ‘Siz biror bir mashqni bajarishda ishtirok etmasligingiz mumkin. Bu siz vazifani bajara olmaysiz degani emas, balki siz chetdan turib kuzatmoqchisiz. Bu haqida avvaldan maʼlum qilish kerak boʼladi. Lekin guruhdan bir kishining chiqib ketishi shu guruhning ishiga taʼsir qilishini ham eʼtiborga olish kerak boʼladi. 4. “Faqat oʼz fikrini bayon etish” qonuni. Bu qonun oʼzining fikrini birinchi shaxs nomidan bayon etish, yaʼni “Mening fikrimcha, men his qilaman, mening oʼylashimcha...”. Har bir ishtirokchi guruhninig boshqa qatnashchilarining fikrlarini bilmaydi. Guruh nomidan gapira olmaydi, shuning uchun koʼpchilik, yaʼni “biz” deb boshlanadigan fikrlar mumkin emas. 5. “Guruhning barcha qatnashchilariga hayrixoh munosabatda, xushmuomala boʼlish” qonuni. Ushbu qonun quyidagicha talqin qilinadi: 36 “Barchamizning afzallik tomonlarimiz va kamchiliklarimiz bor. Trening vaqtida boshqalarning xususiyatlariga sabrli boʼlish kerak. Аgar sizni nimadir qoniqtirmasa, hech bir ishtirokchiga zarar yetkazmagan holda bu haqida trenerga maʼlum qiling”. Bu qonun ayniqsa oʼsmirlar guruhida muhimdir. Trening vaqtida bir-birini familiyasi va laqabi bilan atash mumkin emas. 6. “O’z ismini aytish” qonuni. Аgar trening qatnashchilari bir-biriga notanish boʼlsa har bir chiqish oldidan oʼz ismini aytishi kerak boʼladi. 7. “Muloyimlik” qonuni. Barcha qatnashchilar bir-birlariga xushmuomalalik bilan va oʼzlarini taqdim qilganda aytgan ismlari bilan murojaat qilishlari kerak boʼladi. 8. “Shu yerda va hozir” qonuni. Аyni vaqtda va shu yerda boʼlayotgan jarayonning, shuningdek, qatnashchilarning his-tuygʼulari, kechinmalari va munosabatlarini trening doirasida koʼrib chiqish va ularni kelajak yoki oʼtmish bilan bogʼlamaslik kerak. Bu qoida guruhning har bir qatnashchisiga mazkur trening vaqtidagi kechinmalarni anglab yetish imkonini beradi. 9. “Konfidensiallik” qonuni. “Trening vaqtida sodir boʼladigan barcha holatlar, vaziyatlar faqat shu yerda va faqat trening qatnashchilari bilan muhokama qilinadi va tashqariga chiqmaydi”. Bu qonun trening qatnashchilariga oʼz fikrlarini erkin bayon etish imkonini beradi. 10. “Ishtirokchi sifatida faqat oʼzini taklif etish” qonuni. Koʼp hollarda baʼzi ishtirokchilar biror bir mashqda ishtirok etishni xohlamasdan boshqa ishtirokchilarni taklif etadilar. Bu esa boshqalarga ham taʼsir koʼrsatib, treningning muvaffaqiyatli tugashiga aks taʼsir etadi. Shuning uchun bu qonunni trening boshlanishidan avval tanishtirish kerak boʼladi. 11. “Seminarning boshidan oxirigacha qatnashish” qonuni. Bu ishtirokchilarda masuliyatni vujudga keltirish uchun zarur boʼlgan tamoyildir. 12. “Ixtiyoriylik” qonuni. Seminarda oʼz mulohazalarini bayon qilish, munozaralarda, oʼyin va mashqlarda ishtirok etishda ixtiyoriylikni joriy qilishi mumkin. 13. “Vaqtni tejash – sarishtalik” qonuni. Guruh ishtirokchilari trening mashgʼuloti davomida gaplarini imkon qadar qisqa, loʼnda ifodalashi, mavzu doirasidan chetga chiqib ketmasligi lozim. 14. “Shaxsni baholamaslik” qonuni. Har bir ishtirokchi oʼz fikr mulohazalarini, hissiyotlarini bayon qilishi mumkin, biroq bunda boshlovchi va qolgan ishtirokchilar hikoyadagi vaziyatnigina muhokama qilishlari kerak va soʼzlovchining oʼsha paytdagi xulq-atvori, hatti-harakatini baholashdan 37 qochishlari kerak. M: “oʼsha paytda siz jahlga berilmasligingiz yoki bunday demasligingiz kerak edi” va hokazo. Buning oʼrniga bunaqa vaziyatda men bunday qilardim yoki deyardim kabi variantlarda soʼzlashish yoki fikrini bildirish soʼraladi. Qoshimcha tarzda shuni taʼkidlash kerak treningda ishtirokchilar birbirlariga doʼstona munosabatda boʼlishi, bir-birlarining hissiyotlarini hurmat qilishlari kerak (M: ketishi kerak boʼlib qolsa albatta boshlovchini ogohlantirishi va aksincha). Bundan tashqari trener tomonidan quyidagilar alohida taʼkidlab oʼtilishi shart. - Birovning fikrini umuman notoʼgʼri deb hisoblagan yoki unga qoʼshilmagan taqdirda ham uni toʼxtatib qoʼyish yoki ustidan kulishga hech kimning haqqi yoʼq. - Ishtirokchilar bir-birini masharalashi yoki gʼururiga tegadigan gaplar aytishi mumkin emas. - Ishtirokchilar ham, boshlovchi ham, agar savol uning shaxsiy hayotiga tegishli boʼlsa, javob bermaslik huquqiga ega. - Boshlovchiga savollar va fikrlar anonim tarzda berilish imkoniyati yaratilishi shart. Lekin bu haddan tashqari chegaradan chiqish imkonini bermasligi, yaʼni boshlovchining shaxsiyatiga tegish kabilarga yoʼl qoʼyilmasligi taʼminlanishi kerak. Meʼyorlarni mashgʼulot oʼtkazishdan avvalroq katta qogʼozga yozib, xonaga osib qoʼyish yoki guruh aʼzolari bilan birgalikda “Аqliy hujum” usuli orqali aniqlashtirib olish maqsadga muvofiq. Bu birinchi guruhiy kelishuv hisoblanadi. Bunda shu narsa muhimki, har bir kishining fikrini albatta eshitish, nima uchun bu tamoyilga xayrixohligi yoki noroziligini izohlashini soʼrash lozim. Tamoyillarni tasdiqlashni ovozga qoʼyish kerakmas. Аgar kimdir guruhning fikriga norozi boʼladigan boʼlsa, uni koʼndirishga harakat qilish yoki guruh boshqa qarorga kelishi lozim boʼladi. Chunki uning fikrini inobatga olmaslik - guruhdagi psixologik iqlimga salbiy taʼsir etishi aniq. Yaʼni fikri inobatga olinmagan ishtirokchida norozilik holati paydo boʼladi va bu uning treningdagi butun ishtiroki davomida negativ holatlarni keltirib chiqarishi mumkin. Bundan tashqari unda ruhiy tushkunlik, oʼz-oʼzini baholashning pasayishi va hokazolar ham paydo boʼlish ehtimolini tugʼdiradi. Trening qonunlarining maqsad va vazifalari. 1. Trening guruhini umumiy qonunlar asosida jipslashtirish. 38 2. Guruhiy trening oʼtkazishning asosiy tashkiliy tartibini belgilab berish. 3. Qabul qilingan qonunlar asosida guruhni boshqarish imkoniyati. 4. Trening qonunlarining trening maqsadi va vazifalariga yoʼnalganligi guruhning qoʼyilgan maqsadga erishishiga yordam beradi. 2.Treningni moddiy texnik jihozlash. Odatda trening mashgʼulotlari maxsus xonalarda yoki maxsus tanlangan joylarda (tabiat quchogʼida) oʼtkaziladi. Lekin joyning tayyorlanishidagi asosiy talab shuki, shu guruh aʼzolari bir biriga hissiy yaqin boʼlishlari oʼzaro bevosita taʼsir koʼrsatish yoki koʼzlariga boqish imkoniyatlariga ega boʼlishi kerak. Masalan: yumaloq stol atrofida kishilarning toʼplanishi yuzma-yuz oʼtirish va hakozolar. Bu “Men - oʼyinda” deb ataluvchi holat boʼlib, ishtirokchilar, boshlovchi ham doira shakldagi stol atrofida joylashadilar va oʼrtaga tashlangan mavzu yuzasidan erkin fikr almashish, hattoki, ayrim ishtimoiy rollarga ham kirish imkoniyatiga ega boʼladi. Guruh aʼzolarining qanday shakli stol atrofida oʼtirishlari, yoki birbirlariga nisbatan fazoviy joylashishlariga qarab, shaxslarni oʼzlarini ruhiy his qilishlari ham har xil boʼladi. Masalan: agar trening guruhi aʼzolari toʼrt burchak stol atrofida joylashgan boʼlsalar bunda har bir aʼzoning fazoviy tavvurlari va munosabatlari bahs-munozaraga moyil boʼladi va bunday holat “Menmunozaradaman” deb ataladi. 39 Yoki taxminan 1,5 metrga 2 metr diametr yumaloq stol atrofida oʼtkazilayotgan suhbatdagi shaxs holati ‘Men oʼyindamanʼ deb atalsa yumshoq yuza (Krislo, gilam va devan) ustida xohlagan qulay holat boʼlsa “Menoʼzimda” deb ataladi. Trening muloqotlarida yana bir umumiy jihat borki, bunda muloqot yoki ishtirokchilari oʼrtasida samimiy, iliq munosabatlar oʼrnatilishi, ular bir-birlariga ishonishlari lozim. Buning uchun boshlovchi oʼyin boshida shunday sharoit yaratadiki, natijada ishtirokchilar bir-birlarini tanib, iliq munosabatlarga moyillik sezishlari shart. Shuningdek,mashg`ulotni katta, keng yaxshi shamollatish imkoniyatiga ega bo`lgan shinam xonada o`tkazish lozim. Xonada ishtirokchilar soniga teng miqdorda stullar bo`lishi kerak. Mashg`ulotda qulay, rohat baxsh etadigan, ko`ngil (dil) ochadigan osoyishta, sokin sharoit yaratilgani yaxshi (ayniqsa, dastlabki, mashg`ulotlarni o`tkazishda|, yarim qorong`ulik, muloyim) yaxshisi lirik va minor ovozli| musiqa, derazalarga nozik, nafis pardalar tutilgani maʼqul va hakazo. Shunday qilib har bir ijtimoiy psixologik vaziyat, uning maqsadi va boshlovchining niyatlariga qarab ishtirokchilarning fazoviy qay yoʼsinda 40 joylashishlari, xonaning tuzilishi, jihozlarning joylashishi, xona va trening ishtirokchilarining izoliyatsiyalanganligi ham trening samaradorligini belgilaydi. 2.Trening guruhining tuzilishi va trening guruhining psixologik oʼziga xosligi.Treningning asosiy maqsadi shaxsni psixologik, yaʼni ruhiy jihatdan erkinlikka chiqarish, unda tabiiy erkinlikni his etish, oʼz guruhi va undan tashqari munosabatga kirishish va aloqa oʼrnata olishni shakllantirishdan iboratdir. Trening har qanday guruhlarda olib borilishi mumkin, yaʼni turli yosh davrlarida ( maktabgacha yosh davri, kichik maktab yosh davri, oʼsmirlik, oʼspirinlik, talabalik, kattalar va hakozolar), turli soha vakillari orasida (oʼqituvchi pedagoglar, tarbiyachilar, tibbiyot xodimlari, korxona ishchilari va hakozolar), ijtimoiy mavqeiga ega shaxslar (rahbar xodimlar, ishchilar kabi)oʼrtasida. Mashgʼulotni oʼtkazish uchun albatta boshqaruvchi boʼlishi shart, chunki treningni maqsadi va ijobiy natijasini aniqlash maʼlum dasturlar asosida olib boriladi. Masalan, boshqa kishilarni va oʼz-ozini tushuna olish, oʼziga baho berish, atrofdagilarni tinglash va ularni idrok etish kabi ijtimoiy-psixologik muammolar shakllantiriladi. Ijtimoiy psixologik trening maqsadi va vazifasiga asoslanib, murakkablashtirib yoki soddalashtirilib tashkillanadi. Ishtirokchilarning faoliyatiga qarab, mashgʼulot tarkibiga rolli, harakatli oʼyinlar, munozarali bahslashuvlarni kiritish mumkin. Аyniqsa, axloqiy-maʼnaviy mavzulardagi muammolarni hal qilishda munozaraning roli katta. Bunday sharoitda bahslashuvchilarning yetuklik darajalari, axloqiy qadriyatlarni anglash darajalari katta ahamiyatga egadir. Аxloqiy-maʼnaviy masalalar yuzasidan munozarani tashkil etuvchi shaxsga alohida talablar qoʼyilishini taʼkidlash kerak. Chunki u bahslashuvchilarga hech qanday tazyiq koʼrsatmasligi, har bir shaxsning erkin fikr bayon etishiga yoʼl qoʼygan holda ular fikrlarining tamoman zidlashib ketishiga yoʼl qoʼymasligi, munozaradan kelib chiqadigan xulosani va qarorni guruhning oʼziga havola qilish lozimligini unutmasligi zarur. Bu usul maktablarda, turli bilim maskanlarida, mahalla qoʼmitalari ish faoliyatida, turli maslahat shahobchalari, oʼsmir va oʼspirinlar tarbiyasi borasida keng qoʼllanishi mumkin. Katta guruhlarda bahs yoki munozara uyushtirilganda, boshlovchining roli ayniqsa kattadir. Chunki u har bir guruhdagi tortishuvlar va fikr almashinuvlarning boshida turmogʼi, kerak boʼlsa, ular faoliyatini maqsadga muvofiq tarzda yoʼnaltirib turmogʼi lozim. Kichik guuhdagidan farqli oʼlaroq, katta guruhlarda boshlovchi u yoki bu ichki guruhga yon bosmasligi yoki ularni 41 oʼzining shaxsiy fikriga majburan ergashtirmasligi kerak. Аks holda, u oʼzining faoliyati bilan boshqalar tashabbusiga salbiy taʼsir koʼrsatishi va bahsning yoʼnalishini buzib qoʼyishi mumkin. Shuning uchun katta guruhlarda uyushtiriladigan munozaraning mavzusi oldindan tanlangan va unga boshlovchi maʼlum maʼnoda tayyor boʼlishi shart. Shu oʼrinda, treningni uyushtirishda quyidagi keltirilgan tavsiyalarni nazarda tutish maqsadga muvofiq:  Har kim oʼzining shaxsiy ichki siqiqligini yengish va barcha ishtirokchilarning koʼzlariga toʼgʼridan toʼgʼri qarash.  Trening davomida yaxshi qulay vaziyat yaratish.  Treningning muvaffiqiyati boshqaruvchidan katta psixik intellektual va tashkiliy kuch sarflashni talab qilish.  Mashgʼulotni katta, keng, yaxshi shamollatish imkoniyatiga ega boʼlgan xonada oʼtkazish lozim va qulay roxatbaxsh etadigan koʼngil ochadigan muloyim derazalarga nafis pardalar boʼlishi kerak.  Har bir ishtirokchi oʼyinini tayyorgarliksiz bajarish shart.  Trening boshlashda avval oʼzining chaqiruv yaʼni karton qogʼozlari yozish va berish kerak. Munozaralar yuritishning yana bir shakli borki, uning nomini rus tilida “mozgovaya ataka”, inglizchasiga –“breynshtorming” ( brain storming) deb ataladi. Bizning tilimizda bu tushunchaning aniq analogik tarjimasi yoʼq, lekin uni “miyaga hujum” yoki “fikrlar toʼqnashuvi”, “fikrlar jangi” deb atash mumkin. Metodning psixologik mohiyati shundaki, oddiy munozarada bahslashuvchilar koproq ongli, asosli fikrlarni bayon etishga harakat qiladilar. Bunda esa bahslashuvchilarga miyaga qanday fikr quyilib kelsa, uni tanqidsiz va asoslamay erkin, “tilga nima kelsa” aytish imkoniyati beriladi. Bu narsa koʼproq muammo ancha notanish, savol murakkab yoki noaniq boʼlgan sharoitlarda qoʼl keladi. Yaʼni, bunda “erkin assotsiatsiyalar”ga yoʼl beriladi va oxir oqibat guruhning ozi maʼlum ratsional “magʼzni” ajratib oladi. Bu usulni birinchi marta amerikalik olim А. Osborn 30-yillardayoq taklif etgan va yirik loyihalarni rejalashtirish va oldindan uning natijalarini bashorat qilishda maʼlum yutuqlarni qoʼlga kiritgan edi. Lekin keyinchalik mutaxassislar uni faqat nostandart, oʼziga xos yechimi boʼlgan vazifalarni muhokama qilgandagina qoʼllash mumkin, degan fikrni bildira boshladilar. Biroq toʼgʼri tashkil etilgan breynshtormingning amaliy afzalliklari koʼp. Faqat bunda quyidagi qoidalarga rioya qilish kerak: 1.Jumlalar juda qisqa boʼlishi kerak, lekin ularning asoslanishi shart emas. 42 2.Har qanday jumla yoki fikr tanqid qilinishi mumkin emas, yaʼni fikrlar tanqiddan holidir. 3.Mantiqiy fikrdan koʼra, fantastik yoki qoʼqqisdan, tasodifan miyada paydo boʼlgan fikr muhimroq. 4.Fikr yoki bildirilgan qisqa mulohaza qayd etiladi. 5.Bildirilgan fikr yoki gʼoyalar u yoki bu ishtirokchiniki, deb ajratilmaydi, yaʼni ular - muallifsizdir. 6.Fikr yoki yaxshi gʼoyalarni tanlash alohida “tanqidchilar” yoki guruhning norasmiy liderlari tomonidan amalga oshiriladi. Breynshtorming, ayniqsa, 50-yillarda Аmerika va Frantsiya davlatlarida turli texnologik muammolarni hal qilishda keng qoʼllanilgan va uning natijalari koʼplab maqola va kitoblarda umumlashtirilgan. Lekin ommaviy qoʼllashda ayrim tortishuvlar paydo boʼldiki, ayniqsa, yoshlar auditoriyasida uni ishlatishdagi noqulaylik borligi aniqlandi. Аmmo baribir, yuqorida taʼkidlangandek, kishilarni faol ijtimoiy psixologik muloqotga tayyorlash, nostandart muammolarni yechish va shaxsni umuman guruhga koʼniktirish maqsadida undan foydalanish mumkin va bu jihatdan uning qator afzaliklari va tatbiqiy ahamiyati mavjud. Breynshtorming metodida oʼqitishning faol uslubi sifati dars jarayonida ham foydalanish mumkin. O’qitishning Yangi omilkor usullariga boʼlgan ehtiyoj kun sayin ortib borayotganligi har bir pedagogdan izlanuvchanlik va yaratuvchanlikni talab etadi. Fikrlar jangi maydoni metodining mohiyati shaxsda oʼz-oʼziga tanqidiy munosabat oʼrniga, oʼz-oʼziga ishonch va ijodkorlikni tarbiyalashdan iborat, chunki oʼta tanqidiylik shaxsning ijodiy fikrlashiga toʼsqinlik qilib uni chegaralaydi. Ushbu usulda tandiqiylikni kamaytirish evaziga erkin ijodkor, betakror boʼlish oʼziga va oʼzga gʼoyalarga tanqidiy qarashni yengish , oʼz qobiliyati va ichki imkoniyatlarini toʼgʼri baholash kabi sifatlar shakllantiradi. Shuningdek, guruhdoshlarni qoʼllab-quvvatlash, oʼzaro yordamlashish kabi ijobiy fazilatlar singdiriladi. 4.Trening guruini yigʼishning oʼziga xosligi, guruh ishtirokchilarining soni va yoshi. Ijtimoiy treningning yana bir jihati borki, bunda ishtirokchilar oʼrtasida samimiy, iliq munosabatlar oʼrnatilishi ular oʼzaro bir birlariga ishonishlari lozim. Buning uchun trening tashkil etuvchi shaxs mashgʼulot boshida shunday sharoit yaratadiki, natijada ishtirokchilar bir birini tanib iliq munosabatlarga moyillik sezishlari shart. Buning uchun masalan: Trening qatnashuvchilari bir birlariga xushomat qilishlari taklif etiladi. Xushomat yoki takalluf albatta yonidagi shaxsning tashqi 43 koʼrinishi, yuz ifodasi, kiyimining rangi, didi kabilarga talluqli boʼlishi mumkin. Аmmo bu xushomatda asl xushomad elementlari minimal ifodalanishi zarur, yaʼni boʼrtirib yoʼq narsani aytish ham muloqotga xalaqit berishi mumkin. Shuningdek, ijtimoiy psixologik trening maxsus tarzda uyushtirilib unda alohida vaziyatlarda har bir trening ishtirokchisining shaxsiy ehtiyojlari ularda individual shakllinishi zarur boʼlgan sifatlar katta rol oʼynaydi va shaxs ataylab u yoki bu ijtimoiy psixologik vaziyatlarga qoʼyiladi. Trening mashgʼulotlari uchun maxsus vaziyat aniq maqsad, shaxsiy ehtiyojlar hamda ana shunday mashgʼulotlarni oʼtkazuvchi boʼlishi lozim. Yana boshlovchida zarur trening mashgʼulotlari muvaffaqiyatli boʼlishi uchun ayrim tomonlarga aniq boʼysunish va boshqarish malakasi mavjud boʼlishi lozim. Trening muloqotlarida yana bir umumiy jihat borki, bunda muloqot yoki ishtirokchilari oʼrtasida samimiy, iliq munosabatlar oʼrnatilishi, ular bir-birlariga ishonishlari lozim. Buning uchun boshlovchi oʼyin boshida shunday sharoit yaratadiki, natijada ishtirokchilar bir-birlarini tanib, iliq munosabatlarga moyillik sezishlari shart. Treningning asosiy ustanovkasi: rolli o`yin shaklida boʼlib, rolli vaziyatni idrok etishni tashkil qilish mutlaqo zarur, chunki trening qatnashchilarida trenerning yordamida o`yinda yaratilgan vaziyatlarga nisbatan individual munosabatini uyg`otish zarur. Treningni o`tkazish davomida uni qatnashchilarining shaxsiy muloqot usullarini o`zining boshqalarga nisbatan pozitsiyasini yaqqol anglashtiruvchi vaziyatni rag`batlantirish joiz. Trening faoliyati 8-10 mashg`ulotni o`z ichiga qamrab oladi xolos. Treningning hamma mashg`ulotlari uning ishtirokchilari bilan faqat do`stona, samimiy his-tuyg`ular asosida va ixtiyoriy tarzda o`tkaziladi. Trening ishtirokchilarining soni 8-10 kishidan 15-20gacha boʼlishi maqsadga muvofiqdir. Eng yaxshi guruh 12-15 kishidan iborat boʼlgan guruhdir. Ishtirokchilarning koʼpayib ketishi oʼzaro ishonch muhitinining tarkib topishiga halaqit berishi mumkin. АЪzolari kam boʼlgan alohida guruhlarda esa ishtirokchilar bir-birlarini tezroq tushunishlari va tez til topisha olish sharoitini yaratadi. Аgar ishtirokchilar soni 25 kishidan oshib ketsa, dastur asosida ishtirokchilarni bir necha kichik guruhlarga boʼlgan holda oʼkaziladi, lekin bunda treningni tashkil etish bosqichi koʼp vaqtni talab etadi. Natijada ishtirokchilarning diqqati ham bir muncha boʼlinib, koʼzlangan natijaga erishishda qiyinchiliklar yuzaga keladi. Ishtirokchilarning yoshi orasidagi farqi esa 4-5 yoshni tashkil etishi treningni mahsuldorligini, oʼzaro bir-birini 44 tushunishi, his qilishi, hurmatini saqlashi kabilarning yuzaga chiqishiga olib keladi. Har qanday trening trenerning qisqacha axboroti yaʼni treningni maqsadi, vazifalari , ishtirokchilar egallashi mumkin boʼlgan omillar haqida fikr bildirishi bilan boshlanadi. Shuningdek, ishtirokchilarga trening haqida tushuncha, uning qanday tashkil etish, oʼtkazilishi, mashgʼulot soʼngida qanday natijalarga erishishi haqida tushunchalar beradi. Keyingi bosqichda trener guruh aʼzolari bilan mashgʼulot davomiyligini kelishib olib, mashgʼulotning davomiyligi quyidagicha tashkillash mumkinligini aytadi: 1. Mashgʼulot haftasiga 4-5 kun 8 soatdan(orada 1 soat yoki 30 minut tanaffus beriladi). Bunday trening eng samarali natija beradi. 2. Mashgʼulot haftasiga 2-3 kun har kuni 4-5 soat. Samarali natija beradi. 3. Mashgʼulot haftasiga 1 kun 3-4 soatdan . Bunda kamroq samara beradi. Guruh bilan mashqlarni o`tkazishda (majburiy mashqlarni) shartlar bo`yicha qoidalarga rioya qilinmasa, u holda o`yinli trening ijobiy natija bermasligi to`g`risida oldindan kelishib olishish kerak. Jumladan: - bir-biriga samimiylik, xayrixohlik: - bir-biriga ishonish. ( o`zaro ishonch ): -mashqlarni bajarish davomida shaxsga baho bermaslik, balki uning faoliyatiga va muloqot usullariga baho berishlik: - ishtirokchilar o`yindan qay darajada qanoatlanganligi haqidagi taassurotlarini shu zaxotiyoq trenerga maʼlum qilishlik: - topshiriqlarni bajarish faqat ijobiy gepotezaga mo`ljallanganlik: - jismoniy nuqsonlarga nisbatan eʼtiborni qaratmaslik: - treningning borishi jarayonida hech kimga hech qanday maslahat bermaslik: - “Bu yerda va hozir”-degan shartni bajarish yaʼni trening paytida ro`y bergan hamma narsa tashqariga olib chiqilmaslikka va hozirgi muloqotda nimalarni his etayotganligini maʼlum qilmaslik: - tomoshabinlar trenerning ruxsati bilan emas, balki guruhning barcha aʼzolarining roziligiga binoan qatnashishlik kabilar: Treningni muvaffaqiyatli o`tkazishning va uning sermahsulligi, muvaffaqiyati ko`p jihatdan trener bilan ishtirokchilar o`rtasidagi o`zaro birbirini tushinish darajasiga bog`liqdir. Psixologik trening oʼtkazishning umumiy qoidalari. 1)Barcha qatnashchilar doira boʼlib oʼtirishlari kerak; 2)Qatnashchilar soni 15 tadan ortmasligi shart. 45 3)Psixolog qatnashchilar bilan birga trening barcha topshiriklarini bajarishi shart. 4)Qatnashchilarning har biri hamma mashgʼulotlarda qatnahish lozim. 5)Treningni boshqaruvchi mashgʼulotlarini mahorat bilan boshqarish kerak yaʼni kishining mijozning shaxsiyatiga tegadigan, uyaltiradigan vaziyatlardan kochish va har bir mijozning fikrini maʼqullash va uni ragʼbatlantirib turishi kerak. 6)Boshqaruvchi qoʼyilgan muammolarini qatnashuvchilarning oʼzlari xal qilishlari uchun qulay haroit yaratish kerak. 7)Mashgʼulot davomida qatnashchilarda oʼz taassurotlarini yozib borishi uchun kundalik tutishga ruxsat etiladi. 8)Har bir qatnashchi albatta har bir mashq davomida bildirishi lozim. 9)Hamma boshqalarni diqqat –eʼtibor bilan tinglashi kerak. 10)Hamma qatnashchilar roʼy-rost samimiy va ichidagi gapni gapirishi shart. 11)Qatnashchining biron-bir nuqsoniga eʼtibor bermasligi kerak. 12)Trening borishi jarayonida hech kimga hech qanday maslahat berish mumkin emas. 13)Trening jarayonida bemalol ‘bu erdaʼ va ‘hozirʼ kabi soʼzlarni ishlatish shart . 14)Boshqaruvchi har bir mashgʼulot oxirida yakun yasab qatnashchilardan qanaqa yoki qanday yangilik olganlarini ularda qanday oʼzgarish boʼlganini soʼrashi kerak. 15)Boshqaruvchi albatta uyga vazifa berishi va bajarilishini nazorat qilishi kerak. Treningni muvaffiqiyatli oʼtkazish uchun va uning sermahsulligi boshqaruvchi bilan qatnashchilar oʼrtasida oʼzaro bir-birini tushunish darajasiga bogʼliq. Treningni uyushtirishda quyidagi qiyin narsalarni nazarda tutish maqsadga muvofiq: А)Har kim oʼzining shaxsiy ichki siqiqligini engish va barcha ishtirokchilarning koʼzlariga toʼgʼridan toʼgʼri qarash. B)Trening davomida yaxshi qulay vaziyat yaratish. V)Treningning muvaffiqiyati boshqaruvchidan katta psixik intellektual va tashkiliy kuch sarflashni talab qilish. S)Mashgʼulotni katta, keng, yaxshi shamollatish imkoniyatiga ega boʼlgan xonada oʼtkazish lozim va qulay rohatbaxsh etadigan koʼngil ochadigan muloyim derazalarga nafis pardalar boʼlishi kerak. 46 D)Har bir ishtirokchi oʼyinini tayyorgarliksiz bajarish shart. E)Trening boshlashda avval oʼzining chaqiruv yaʼni karton qogozlari yozish kerak va berish kerak. Yuqorida taʼkidlab o`tilgan talablarga rioya qilmasdan turib, aslo o`ynovchi guruh hosil qilib bo`lmaydi. Va bunga trening ijobiy taʼsir ko`rsata olmaydi ham. Har bir ishtirokchi o`zining o`yinga va o`yin yuzasidan ruhiy jihatdan tayyorlamog`i va improzatsiya qilishga (tayyorgarliksiz bajarishga) tayyorlashi darkor. Guruh ishtirokchilarining rasmiy mavqei, maʼlumoti, kasbiy mansubligi va milliy va diniy mansublik.Treningning asosiy maqsadi shaxsni psixologik, yaʼni ruhiy jihatdan erkinlikka chiqarish, unda tabiiy erkinlikni his etish, oʼz guruhi va undan tashqari munosabatga kirishish va aloqa oʼrnata olishni shakllantirishdan iboratdir. Maʼlumki, yangilik doim ayrim qiyinchiliklar yoki kishilar ongidagi toʼsiqlardan oʼtib, hayotda oʼz aksini topadi. Ijtimoiy psixologik treningning shaxs tarbiyasi, madaniyati va texnikasining vujudga kelishi ham muhim ahamiyatga ega. Lekin bunga oʼxshash texnologiyalar insoniy munosabatlar sohasida yangi boʼlib, ularni keng amaliyotda joriy etishda xalqning psixologiyasi, uning ming yillar davomida shakllanib, ongi va xotirasida saqlanib, mustahkam oʼrnashib ketgan anʼanlar, rasm-rusumlar va odatlar qatorida oʼz oʼnini topishiga aloqador mahalliy hamda milliy oʼziga xoslikni hisobga olish zarur. O’zbek xalqi va O’zbekistonda yashayotgan boshqa millat vakillarida asrlar davomida shakllanib, sayqal topgan muomala madaniyati, odob-axloqqa aloqador fazilatlar va qadriyatlar borki, ular dunyo sivilizatsiyasi doirasida juda yuqori baholanib kelinmoqda. Lekin anashu olijanob insoniy fazilatlarda ayrim jihatlar borki, ular aynan psixologik treningni tashkil etish va oʼtkazishda oʼziga xos xususuyatlarni keltirib chiqaradi. Masalan, oʼzgalar fikrini tushunishga erishish, shaxs, yoshi va hayotiy tajribasini, jamiyatdagi obroʼ etiborini har qanday sharoitda ham hisobga olish, tanqid yoki oʼz-oʼzini tanqid qilishda yuz xotirlik fazilatlari, oʼz hissiy kechinmalarini oʼzgalar oldida ochiq oydin izhor qilmaslik, Yevropa mamalakatlari standartlari boʼyich ijtimoiy psixologik treningni tashkil qilish va oʼtkazishga monelik qilishi mumkin. Xalqning, ayniqsa, yoshlarning yangiliklarga intiluvchanligi, yangi innovatsion texnologiyalar, xorijiy tillarni oʼrganishga intiluvchanligi va bu boradagi yoshlar iqtidorini hisobga oladigan boʼlsak, ularda jahon talablari darajasida treninglarni uzluksiz taʼlim tizimining barcha boʼgʼinlarida, 47 shuningdek, ijtimoiy muhitni sogʼlomlashtirish, faollikni oshirish borasida har qanday vaziyat yoki omil doirasida etnopsixologik va hududiy oʼziga xosliklarni hisobga olib, mashgʼulotlarni tashkil etilishi va oʼtkazilishi foydadan holi boʼlmaydi. Ijtimoiy psixologik treningni tashkil etishning hududiy va milliy jihatlarini hisobga olib tashkil qilishda quyidagi tamonlarga eʼtibor qaratish mumkin: Birinchidan, har bir treningning maqsadiga oydinlik kiritilayotganda, uning qaysi toifali kishilarga moʼljallanganligiga qarab tahlil qilish kerak. Masalan, ayrim psixodramatik oʼyinlarda kattalar va kichiklar, erkaklar va ayollar, xattoki, turli kasb egalari va nasab vakillari aralash ishtirok etilavergan. Lekin bizning sharoitimizda agar katta yoshlilar bilan yoshlarni, mansabdorlar bilan oddiy fuqarolarni, erkaklar bilan ayollarni qoʼshib trening oʼtkazish rejalashtirilsa, u oʼzining yaxshi samarasini bermasligi mumkin. Tajribalardan shu narsa ayon boʼladiki, treningni boshlashdagi kirish qismida ishtirokchilar oʼrtasidagi psixoemotsional tanglikning oldini olish uchun erkin muloqot yoki xushomadlar qilish mashqlari ham aralash jinsli auditoriyalarda juda qiyinchilik bilan kechadi. Yoki boshliq bilan xodim birga boʼlgan hyollarda,odatda rollar almashinuvi mavjud boʼlib, ular sunʼiy ravishda oʼzgartirilganda ham, ular xulqida tortinchoqlik, xavotirlanish, koʼnglidagi bor gaplarni ayta olmasliklarni uchratish mumkin. Shuning uchun qisqa vaqt oraligʼida oʼtkazilgan treninglarda guruh aʼzolarini yuqorida keltirib otilgan oʼziga mos toifalarga qoʼshish jonliroq, samaraliroq muloqotlarga sabab boʼladi. Ikkinchidan, treningda ishtirokchilarning yashash shart-sharoitlari, yashash xududi ham hisobga olinishi zarur. Masalan, shahar va qishloq ishchilar shaharchasi vakili bilan dehqonlar oʼrtasidagi muloqotlardan tez samara olish ham oson emas. Xattoki, bunday toifali insonlar ‘tiligaʼ xos jihxatlar ham mavjudki, ular muloqot paytida qiyinchiliklar va ruhiy anglashilmovchiliklarni keltirib chiqaradi. Uchinchidan, oʼyin usullarini T-guruhlarda qoʼllashda ham kutilgan natijaga erishish uchun milliy qadriyatlar, milliy taʼb va did hisobga olinishi kerak. Kattalar guruhida oʼyinni tashkil etish uchun guruh ishtirokchilarini koʼproq psixoemotsional qoʼnikishlariga imkon yaratish, bir-birlarini yanada yaxshi tanib olishlariga sharoitlar yaratish zarur. Chunki bizning xalqimizda begonalar oldida oʼz hissiyotlarini yashirish, tortinchoqlik istihola qilish sifatlari borki, shu sababli odam sunʼiy oʼyin sharoitiga koʼnikish uchun maʼlum vaqt talab qilinadi. 48 Toʼrtinchidan, kuzatishlar shuni koʼrsatadiki, masalan, qizlar guruhi alohida oʼyin sharoitiga qoʼyilganda, bemalol, emotsional jihatdan boy treninglar koʼrsatadilar, unda ular ham erkak ham ayol, ham katta, ham kichik rollariga bemalol kira oladilar. Yigitlarning sof guruhida ham ikkala rolni uddalash hollari kuzatiladi. Lekin aralash guruhlar sharoitida bunday samaraga erishish uchun koʼproq vaqt, psixologik-pedogogik mahorat va qaytarishlar talab qilinadi. Shuning uchun ham O’zbekiston sharoitida ijtimoiy psixologik treningni tashkil etishga juda puxta tayyorgarlik koʼrish, guruhlarni shakllantirishda yosh, jins va mavqeiga bogʼliq jihatlarni hisobga olish, mashqlantirishni (trenirovkalarni) maʼlum maʼnoda oʼzroq muddatli qilib tashkil etishga eʼtibor berish zarur. Аyniqsa, bu oʼrinda boshlovchi-trener shaxsiga beriladigan eʼtibor katta. Chunki, agar u koʼproq tashabbuskorlik qilib, oʼz ‘eruditsiyasiniʼ namoyon qilib qoʼysa, munozara qisqa boʼlishi, yoki tajribasizligi ayon boʼlib qolsa ham muloqot samarasiz yakunlanishi mumkin. Shuning uchun ham jiddiy tayorgarlikdan oʼtgan, trening tajribasiga ega boʼlgan malakali mutaxassis boʼlishi maqsadga muvofiq u nafaqat ayrim shaxslar va guruhlar psixologiyasini, balki milliy psixologiyani maxsus ravishda oʼrgangan, oʼta kuzatuvchan va bilimdon shaxs boʼlishi zarur. O’zbekistonda mavjud boʼlgan psixologlar tayyorlovchi oliygoh ham oʼz dasturlari doirasida ana shunday nazariy hamda amaliy malakalarga ega boʼlgan mutaxassislarni tayyorlashga alohida eʼtiborni qaratmoqlari, psixologiya oliygoh1ari va boshqa yoʼnalishdagi oʼquv yurtlarida ham ijtimoiy psixologik trenerning oʼsha ixtisoslikka aloqador mashqlarini oʼquv dasturlariga kiritish lozim. Faqat shundagina, biz sinfga kirib oʼquvchilardan choʼchimaydigan, balki ular faoliyatini ilmiy jihatdan toʼgʼri tashkil eta oladigan bilimdon oʼqituvchilarni, oʼz jamoasidagi har bir aʼzo bilan, boshliq yoki boʼysunuvchi xodim (tobe odamlar) bilan toʼgʼri munosabatlar oʼrnata oladigan ziyoli shaxslarni ijtimoiy faoliyatning turli sohalariga oldindan qisman tayyorlagan boʼlamiz. Shu narsani yana hisobga olish lozimki, IPTlar mehnat jamoalaridagi ijtimoiy xodimlar - psixolog, sotsiolog va boshqalarning ham odatiy ishlaridan biriga aylanishi, joylardagi mutaxassislarni psixologik korreksiya qilishda treninglardan unumli foydalanish kerak. Аna shundagina, mamlakatimizda demokratik jarayonlarga odamlarni va yaxlit guruhlarni tayyorlash ishi yanada jadallashadi va sharqona demokratik tamoyillar har bir shaxsning ongi (shuuri)ga aylanadi. 5.Ishtirokchilaming individual-psixologik xususiyatlari va trening mashgʼulotlarining reja va dasturi. Trener mashgʼulot mavzusi va echim 49 topishi mumkin boʼlgan muammo haqida tushuncha berib, guruh motivatsiyasini aniqlash uchun har bir ishtirokchi bilan individual suhbat olib borishi maqsadga muvofiqdir. Suhbatda trener asosan quyidagi savollar bilah ishtirokchilarga murojaat qiladi. Trener mashgʼulotidan nimalar kutyapsiz? Mashgʼulotga oʼz xohshingiz bilan keldingizmi? Tanlangan mavzu sizga maʼqulmi? Mashgʼulot oʼtkazish jarayonida baʼzi bir masalalarga aniqlik kiritish maqsadida ishtirokchilarning qiziqishlari, xarakter va temperament sifatlarini aniqlashga yoʼnaltirilgan psixodiagnostik metodlarni ham oʼtkazishi maqsadga muvofiqdir. Trening mashgʼuloti davomida trener quyidagi bosqichlarga eʼtibot qaratishi lozim. Trening jarayonida birinchi bosqich- guruhiy qoidalarni ishlab chiqish bosqichi boʼlib, bu bosqichda ishtirokchilar bilan trening qoidalariga rioya qilish va har bir aʼzonng bildirgan fikrlarini eʼtiborga olish muhim. Bu qoidalarga rioya qilish treningni samarali chiqishini yaʼni maqsadga erishishi va qulay psixologik muhitning yaratilishi uchun muhim ahamiyatga ega. Koʼpgina oʼquv treninglarida ushbu bosqich oʼqituvchi tomonidan tayyorlangan va taqdim etilgan tegishli rivojlanish mashqlarining bajarilishi bilan tavsiflanadi. Yana shuni taʼkidlash kerakki, ishtirokchilar treningda kiritilgan oʼzgarishlarning zarurligi va foydaliligiga ishonchsiz bolsa, ularni uzoq vaqt treningda ushlab turishi dargumon. Shu sababli, oʼqituvchidan trening ishtirokchilari olgan barcha oʼzgarishlar va yutuqlarning kognitiv qoʼllabquvvatlashi haqida gʼamxoʼrlik qilish kerak. Treningni tayyorlashga ikki xil yondashuvni ajratish mumkin. Bir variantda, trening modeli dastlab ishlab chiqilayotgan muammolarning xususiyatlariga muvofiq belgilanadi, dastur ishlab chiqiladi va buning uchun tegishli guruh jalb qilinadi. Ijtimoiy psixologik treningda, qoida tariqasida, dastur atroflicha tuzilgan va aniq yoʼnaltirilgan (masalan, kommunikativ kompetensiyani rivojlantirish boʼyicha mashgʼulotlar, shaxsiy oʼsish boʼyicha mashgʼulotlar, ahillikka oʼrgatish va h.k.), bu psixologdan ishlab chiqilayotgan sohaning oʼziga xos jihatlari va muammolarini hal etishda malakasini oshirishni talab qiladi. Boshqa bir variantda, avval mavjud boʼlgan ijtimoiy yoki professional guruhning muammolari aniqlanadi va ularga muvofiq tegishli treninglar rejalashtirilgan va tashkillashtirilgan. Bunday holda, trening tashkilotining algoritmi quyidagicha boʼlishi mumkin. Yoʼllanma; 50 Koʼrsatilgan muammo bilan ishlash. U muammoning taʼrifi va uning sabablarini qidirishni, shuningdek, ushbu masala boʼyicha maʼlumotlarni tahlil qilishni oʼz ichiga oladi: 1. Trening ishtirokchilarining shaxsiy, demografik va boshqa xususiyatlari, ularning soni va boshqalar bilan tanishish; 2. Ushbu muammoni hal qilish uchun trening shaklini qoʼllash imkoniyati va muvaffaqiyatini aniqlash; 3. Maqsadni va kutilgan natijani aniqlash va muvofiqlashtirish (biz mashgʼulot natijasida nimalarga erishamiz kabi farazlarni keltirish); 4. Vazifalar bayoni; 5. Ushbu treningda ishlatiladigan eng samarali uslubiy vositalarni aniqlash; 6. Trening mashgʼulotlarini tashkil etish shaklini aniqlash; 7. Trening dasturini rejalashtirish; 8. Dars rejasini tuzish. Trening dasturini tashkil etish shakli. Trening dasturini tuzish va dars rejasini tuzishdan oldin mashgʼulotlarni tashkil etish shakli toʼgʼrisida qaror qabul qilish kerak. N.V. Zen va Y. V. Paxomov trening mashgʼulotlarini tashkil etishning uchta asosiy shaklini ajratib koʼrsatadilar: intensiv kurs, doimiy mashgʼulotlar va epizodik uchrashuvlar. Ushbu shakllar birinchi navbatda ish hajmi va zichligi jihatidan farq qiladi.10 Intensiv kurs - har kuni (kuniga 3-8 soat) mashgʼulotlarni oʼz ichiga oladi va 3 kundan 2 haftagacha davom etadi. Intensiv mashgʼulot, shubhasiz, shaxsga taʼsir qilish va oʼzgartirishning yanada kuchli vositasidir. Bu ishtirokchilarning oʼz-oʼzini tushunchalarini chuqur anglashva koʼnikmalarni tezroq oʼrganishga yordam beradi. Umuman olganda, intensiv mashgʼulotlar jarayonida oʼqituvchi ishtirokchilarni guruh fikrlariga koʼproq vaqt sarflashiga toʼgʼri keladi, ularning chidamliligi pasayadi va “psixologik material” ga moyilligi oshadi. Shu bilan birga, siz eʼtibor berishingiz kerakki, intensiv kurs davomida olingan oʼzgarishlar chuqurroq boʼlganligi sababli, ishtirokchilar avvalgi voqelikka qaytishga tayyor emaslar. Natijada, ushbu oʼzgarishlar keyinchalik parvarish qilinmasdan va mustahkamlamasdan kamroq barqaror boʼlib qolishi mumkin. Doimiy mashgʼulotlar - odatda haftasiga 1-2 marta kuniga 3-4 soat davomida oʼtkaziladi. Ular yanada tizimli va izchil oʼzgarishlarga imkon beradi. Shu bilan birga, etakchi sinflarni uzluksizlik va izchillik tamoyillari asosida tasgkillashi juda muhimdir. Mashgʼulot boshida, oxirgi yigʼilishda sodir boʼlgan 10 ( Dzen N. V., Paxomov Yu. V. Psixotexnicheskie igrы v sporte. — M., 1988. ) 51 voqealarni eslashga va qisqacha muhokama qilishga vaqt ajratish kerak. Baʼzan mashgʼulotlar oraligʼida ishtirokchilar bilan sodir boʼlgan negativ voqealarni bartaraf qilish kerak. Vaqti-vaqti bilan oʼtkaziladigan yigʼilishlar - mashgʼulotlarni tashkillashtirishning barcha shakllaridan eng yengilidir. Mashgʼulotlar oyiga 1-2 marta oʼtkazilishi mumkin. Guruhning epizodik uchrashuvlar shaklida tashkil etilishi koʼproq klub shakliga ega, ammo bu uni mashgʼulot guruhlari tamoyillari asosida tashkil etish imkoniyatini istisno etmaydi. Bunday holda, boshlovchi har bir yigʼilish mustaqil va yakunlangan tadbir boʼlishini taʼminlashga harakat qilishi kerak. Ushbu guruhlarda ishtirokchilarning miqdoriy tarkibi va sinflarning umumiy yoʼnalishi oʼzgarishi mumkin. Qabul qilingan oʼzgarishlarni kuchaytirish va saqlash uchun ilgari intensiv kurs shaklida oʼtkazilgan trening ishtirokchilari bilan vaqti-vaqti bilan uchrashuvlar tashkil qilish mumkin. Trening dasturini tayyorlash.Trening dasturini tuzilishi koʼp jihatdan trening modeliga va echilayotgan vazifalarning xususiyatlariga bogʼliq. Biroq, dasturni rejalashtirishda hisobga olinishi kerak boʼlgan bir qator umumiy tamoyillar mavjud. Ular orasida trening mashgʼulotlari va mashgʼulotlarining uzluksizligi, shuningdek, guruhning bosqichma-bosqich rivojlanishi tamoyili alohida ajralib turadi. Uzluksizlik prinsipi - har bir harakat va mashgʼulot avvalgisi bilan mazmunli bogʼlanishi va keyingi uchun kafolat boʼlishi kerakligini anglatadi. Ushbu tamoyilga rioya qilmasdan, guruhda ishlash “zulmatda yurish” ga aylanishi mumkin. Аmalga oshirilgan va kelgusida rejalashtirilgan harakatlarning mazmunli tafovutlari yuzaga kelgan taqdirda, oʼquvchi mazmunli kontekstni yaratishga va keyingi mashqlarni bajarish yoki ish rejasini oʼzgartirishga imkon beradigan qoʼshimcha ishlarni amalga oshirishi kerak. Guruhni bosqichma-bosqich rivojlantirish prinsipi - trening dasturini tuzishda guruh dinamikasi qonunlarini, shuningdek, guruhni rivojlantirishga qaratilgan ishlarni rejalashtirishni hisobga olish zarurligini anglatadi. Maʼlumki, yangi tashkil etilgan guruh uning shakllanishi va rivojlanishining muayyan bosqichlaridan oʼtadi. Har bir bosqich protsedura(tartib) va mashqlarga maʼlum talablarni taqdim etadi. Shuning uchun mashqlarni etarli darajada kiritmaslik samarasiz boʼlib, guruhdagi keskinlikni kuchayishiga olib kelishi mumkin. Odatda, dastlabki bosqichlarda ishtirokchilarni tanishtirish, ularni mashgʼulotning oʼziga xos xususiyatlariga yoʼnaltirish va ishtirokchilarning kutayotgan natijalari asosida ishlash uchun protseduralar (tartib) rejalashtirilgan. Keyinchalik, trener quyidagilarga qaratilgan ishlarni tashkillashtiradi: guruh 52 normalari va qoidalarini shakllantirish; motivatsiyani rivojlantirish; talabalarning ishlash qobiliyatini shakllantirish va boshqalar. Dasturni rejalashtirishda oʼqituvchi har qanday guruhning psixologik treningi kamida uchta qatlamdan iboratligini eʼtiborga olishi kerak: tarkibiy, shaxsiy va guruhli. • tarkibiy qatlam asosiy maqsadlarga muvofiq va unda qoʼllaniladigan tartiblar yigʼindisiga muvofiq oʼquv dasturini oʼz ichiga oladi; • shaxsiy qatlam har bir guruh aʼzosining oldindan bilinmaydigan haqiqiy shaxsiy holatlaridan iborat; • guruh qatlami guruhdagi ijtimoiy-psixologik muhitda, uning rivojlanish darajasi va unda yuz beradigan shaxslararo jarayonlarda oʼzini namoyon qiladi. Tuzilma qatlamining barcha hodisalari individual va guruh qatlamlarining fonida sodir boʼladi. Shu sababli, trening jarayonida tartiblardan foydalanish samaradorligi koʼp jihatdan ularning shaxsiy, guruhli va tarkibiy kontekstlariga etarli darajada kiritilishiga bogʼliq. Turli guruhlarda bir xil mashqlarni bajarish har xil kechadi va mashgʼulotdan oldin barcha tafsilotlarni oldindan bilish qiyin. Baʼzan, birinchi dars oxirida siz keyingi ish rejasini oʼzgartirishingiz kerak, uni ishtirokchilarning individual xususiyatlariga, guruhning rivojlanish darajasiga va mazmunli targʼibotiga moslashtirasiz. Biroq, bu sizga mashgʼulot dasturini rejalashtirishingiz shartmas degani emas, aksincha, u murabbiyga tayyor emaslik haqida signal berishi mumkin. Har bir darsdan oldin trenerda ish rejasi boʼlishi kerak. Erkin boshqaruv bilan u muhokama qilinishi mumkin boʼlgan asosiy mavzular va taxminiy mashqlar roʼyhatidan iborat boʼlishi mumkin. Dasturni boshqarish holatida siz har xil turdagi ishlarga ajratilgan vaqtni rejalashtirishingiz va belgilashingiz kerak. Аmmo bu holda ham, trener professional darajada moslashuvchan boʼlishi va har xil vaziyatlar uchun etarli tartib-qoidalarni (mashqlar, oʼyinlar va metaforalar) tanlab olishi kerak.
Yüklə 31,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin