Mavzu: Muloqot ijtimoiy va shaxslararo munosabatlarning ifodasi sifatida Mashg‘ulotning maqsadi



Yüklə 492,77 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/7
tarix21.10.2022
ölçüsü492,77 Kb.
#65788
1   2   3   4   5   6   7
4-mavzu

Boshqaruv muloqoti – xodimlarni ma’lum tomonga yо‘naltirish maqsadidagi о‘zaro 
ma’lumot almashinuvi jarayonidir 
Boshqaruv muloqoti quyidagilarda namoyon bо‘ladi: 
1. Buyruq va topshiriq uzatish, xodimga u yoki bu maslahatni berish; 
2. Vazifa, topshiriq qanday ado etilganligi haqida «qayta aloqa», ya’ni hisobotni qabul 
qilish; 
3. Itoatdagi xodimlarga vazifa qanday bajarilganligi haqida baho berish. 
Muloqotni mohirona olib boruvchi rahbarda о‘z vazifalarini samarali tarzda tashkil etish 
imkoniyati oshadi. Xodimlarga ta’sir etish, ularga ѓayrat baѓishlash, tashkilot maqsadi sari 
yetaklash kabi tashkiliy vazifalar ham malakali muloqot orqali ta’minlanadi. 
Rahbarning muloqot malakasini ifodalovchi asosiy jihat uning muloqot sohasidagi 
faolligi bо‘lib hisoblanadi. Ushbu faollikning maqsadga yо‘nalganligi, anglangan tarzda va erkin 
ijro etilishi insonnning muloqot jarayonini qanchalik mohirlik bilan amalga oshirishini 
ifodalovchi asosiy belgilardir. Rahbar muloqot jarayonining ichki qonunlarini bilishi juda 
muhimdir. Muloqot jarayonini boshqarishga oid vosita va uslublar muloqot texnologiyalari 
iborasi orqali ifodalanadi. Aynan shunday texnologiyalarni о‘zlashtirish va vaziyatga oid 
ravishda qо‘llash muloqotning erkinligini ta’minlaydi. Muloqotning ichki qonunlariga oid 
quyidagi fikrlar ish yuzasidan bо‘ladigan о‘zaro munosabatlar doirasini yanada kengaytirish va 
о‘zgalarga samarali ta’sir etish imkonini yaratadi. Shu munosabat bilan, muloqot jarayonini 
boshqarish imkonini beruvchi shartlardan biri uni bosqichma-bosqich amalga oshirishdir.
Rahbar boshqaruvi jarayonida muloqot tadbirini tashkil etar ekan bu jarayonni rahbarlik 
muloqoti deb atash mumkin. Tо‘la-tо‘kis va meyorida tashkil etilgan rahbarlik muloqoti 
quyidagi asosiy bosqichlarni о‘z ichiga oladi: 
1. 
Aloqa/kontakt о‘rnatish. 
2. 
Masalani muhokama qilish.
3. 
Yechim variantlarini izlash. 


4. 
Qaror qabul qilish. 
Ijobiy natijaga olib keluvchi rahbarlik muloqoti ta’kidlangan bosqichlarning aynan 
shunday ketma-ketligida amalga oshadi. Aniqroѓi, muloqot jarayonining samarali о‘tishi, kо‘p 
jihatdan, shu bosqichlarni navbatma-navbat amalga oshirish bilan boѓliq. Bu shartni ta’minlash 
esa, avvalambor, rahbar zimmasiga yuklatiladi, chunki boshqaruv muloqotini yо‘naltirish asosan 
uning imkoniyati doirasidadir.  
Endi, yuqorida sanab о‘tilgan bosqichlar xususida batafsil tо‘xtalib о‘tamiz. Shaxs 
muloqotini shakllantirishdan asosiy maqsad - rahbar bu jarayon orqali о‘z xodimlari bilan 
amalga oshirishi lozim bо‘lgan muammolarni hal etadi. Masalan, yangi yil kechasi oldidan 
biron-bir xodimni ishxonada navbatchilikda qoldirish va umuman, korxona miqyosida xodimni 
bevosita mas’uliyati doirasiga kirmaydigan biron-bir ishga jalb etish kabi muammoli vaziyatlarni 
kо‘plab qayd etishimiz mumkin. Albatta, bunday tashkilotchilik vaziyatlarini hal etishning eng 
oddiy usuli mavjud. Jumladan, oddiygina bir buyruq bilan xodimni deyarli har qanday ishni 
zimmasiga olishga majbur etish mumkin. Ammo, ishning natijasi qanday bо‘lishi, vazifani 
bajarishga xodimning qanchalik sidqidildan munosabatda bо‘lishi, topshiriq sifatini hal etadigan 
asosiy omildir.
Shuning uchun taklif etilayotgan boshqaruv muloqoti modelida xodimning vazifaga 
mas’uliyatini oshirish, unda topshiriq natijasi ijobiy bо‘lishiga kuyunchaklik hissini kuchaytirish 
nazarda tutiladi.
Ish yuzasidan amalga oshadigan muloqot hamkasblar bilan kontakt о‘rnatishdan 
boshlanadi. Bu bosqichni amalga oshirish jarayoni insonning ikki savolga javob olishidan 
iboratdir:
1.Qarshimdagi odam kim?
2.U qanday holatda?
Mana shu ikki savolga olingan javob mazmuni birinchi bosqich qancha puxta bajarilganligi 
haqida dalolat beradi. Shaxs shu ikki savolga batafsil javob olgan taqdirdagina, u ikkinchi 
bosqichni amalga oshirishga kirishishi mumkin. Javoblar esa Shaxs qarshisidagi insonning 
muloqotga tayyorligini ifodalashi lozim. Birinchi bosqichni amalga oshirishda rahbardan 
kuzatuvchanlik, о‘tkir zehn va mazkur odamning xatti-harakatiga qarab, uning ichki holatini aniq 
bilish qobiliyati talab etiladi.
Masalan, aloqa о‘rnatish bosqichidagi birinchi savolga javob berar ekan, shaxs qarshisidagi 
odam haqida quyidagi bilimlarni bilishi va nazarda tutishi zarur:
1) yoshi; 
2) mutaxassisligi, kasbi;
3) ishlayotganligi; 
4) oilaviy ahvoli; 
5) qobiliyati (qaysi vazifani yaxshi bajaradi-yu, qaysi birini uddalay olmaydi); 
6) soѓligi haqidagi ma’lumot va h.k.
Yuqoridagi savollarga javob olish uchun shaxs muloqot boshlanishidan avval suhbatdoshi haqida 
iloji boricha kо‘proq ma’lumotga ega bо‘lishi lozim. Kontakt о‘rnatish bosqichining birinchi 
savoliga olingan javoblar shaxsni bо‘lajak muloqotga tayyorlaydi, suhbatdoshning kuchli va zaif 
tomonlarini avvaldan tasavvur etishga imkon yaratadi.
Kontakt о‘rnatish bosqichining ikkinchi savoli suhbatdoshning ichki holatini aniqlash, suhbat 
choѓida uning ichki kechinmalari haqida boxabar bо‘lishni taqozo etadi.
Qarshimizdagi odamning tashqi qiyofasi – tana holati, yuz mimikasi, qо‘l-oyoq harakatlari va 
ovoz intonatsiyasi – bularning hammasi insonning hozirgi holati haqida ma’lumot beradi va u 
suhbatning asosiy qismiga о‘tishga tayyormi yoki yо‘qligi belgisidir. Suhbatdoshning tashqi 
qiyofasidagi bu kо‘rsatkichlar odatda muloqotning noverbal, ya’ni sо‘zsiz jihatlarini tashkil etadi 
va kishining ichki holati haqida haqqoniy ma’lumot beradi.


Noverbal signallar, aksariyat hollarda ixtiyoriy boshqarish doirasidan chetda bо‘lib, odamning 
haqiqiy his-tuyѓulari, niyat va xohishlari kо‘rsatkichi desak, xato bо‘lmaydi. Masalan, ikki qо‘lni 
kо‘krak oldida qovushtirib, oyoqlarni tizzaga ustma-ust qо‘yish yopiq holatni anglatadi va bu 
holat suhbatdoshning muloqotdan о‘zini chetga olishi deb talqin etilishi mumkin. Aksincha, 
qо‘llarning yon atrofda joylashishi, kaftlarning ochiqligi va oyoqni kerib sal oldinga engashib 
turish/о‘tirish suhbatdoshga va muloqot mazmuniga xayrixohlikni anglatadi.
Suhbatdoshning ochiq yoki yopiq tana holati muloqot davomida о‘zgarib turuvchi kо‘rsatkich 
bо‘lib, suhbat mazmuni qanday о‘tayotganligiga qarab u bizga ochiq bо‘lishi, va agarda suhbat 
unga noqulayliklar tuѓdirganda esa yopiq pozani egallashi mumkin. Masalan, ikki yaqin dо‘st 
muloqotini kuzatsak, ularning tana harakatlarida yopiqlik alomatlari deyarli kо‘rinmaydi. 
Ularning о‘zaro xayrixohlik holati nafaqat tanasida, balki о‘rtadagi masofaning yaqinligida, 
о‘zaro suhbatdagi muloyim tovush intonatsiyasida, yuzidagi yengil tabassum ifodasida aks 
etadi. Aynan shu kо‘rsatkichlar muloqot jarayonining ijobiy yо‘nalishda о‘tayotganligi haqidagi 
asosiy belgilardir. Muloqot vaziyatida bunday belgilarning kuzatilishi, о‘zaro munosabatning 
yaxshi о‘rnatilganligini, suhbatning ikkinchi bosqichiga о‘tish mumkinligidan dalolat beradi.
Biroq, suhbatdoshdan kelayotgan noverbal signallar uning yopiq holatdaligidan dalolat berib, 
muloqotning ikkinchi bosqichiga о‘tish imkoniyatini cheklab qо‘yishi ham mumkin. Bunday 
vaziyatda rahbar qanday ish tutishi lozim va qanday harakatni amalga oshirishi mumkin?
Zamonaviy psixologiya fani shunday bilim va kо‘nikmalarni bayon qilishi mumkinki, ularning 
ayrimlarini qо‘llash muloqot muhitini ijobiylashtirishga, о‘zaro munosabatlarni yanada 
muqobillashtirishga kо‘mak bо‘ladi. Bu boradagi birinchi va joiz qadamlardan biri – rahbarning 
tashqi qiyofasi va ichki dunyosida muloqot uchun ijobiy holatning aks etishidir. О‘zgaga 
xayrixohlik, samimiy munosabat, uning manfaatlari haqida qayѓurish alomatlari о‘z navbatida, 
xodim shaxsida ham shunday javoblarning uyѓonishiga ta’sir etadi.
Kontakt о‘rnatish bosqichida muloqotning davom etishiga ijobiy xulosa yakunlanmasa, eng 
oddiy maslahatlardan biri – insonni nima bezovta qilayotganligi va muloqotni davom ettirish 
qiyinligi sababi haqida ochiq-oydin sо‘rashdir. Kо‘pincha bu uslub kutilgan natijaga olib keladi 
va hatto xodim о‘zini bezovta etayotgan kо‘ngilѓashligi haqida ochiq-oydin aytmasa-da, har 
holda о‘zini tetik tutishga, diqqat-e’tiborli bо‘lishga undaydi.
О‘zganing muloqotga tayyorligi anglangandan sо‘ng, bu jarayonning ikkinchi bosqichiga о‘tish 
mumkin. Ikkinchi bosqich – muloqotning asosiy mazmunini tashkil etib, unda ish yuzasidan 
kо‘tarilgan masala, muammo muhokama etiladi. Bu bosqichning muvaffaqiyatli о‘tishi, ma’lum 
ma’noda, shaxs faolligini, maxsus faoliyat uslublarini qо‘llashni talab qiladi.
Masalani muhokama etishdagi asosiy jihatlardan biri – о‘zganing fikrini yaxshi tushunish, 
muammo bо‘yicha о‘zga tomonning fikrini aniq anglashdan iboratdir. Afsuski, muloqot 
jarayonida kо‘pincha shunday hollar kuzatiladiki, muhokama qilinayotgan masala yuzasidan 
ikkala tomonda turlicha tasavvur paydo bо‘ladi. Muammo bо‘yicha bunday tasavvurning paydo 
bо‘lishi, ming afsus, hech qachon uning yechimiga olib kelmaydi. Shuning uchun muloqotning 
bu bosqichida muhokama etilayotgan masalani bir xil tushunish va hatto bir xil qarashni 
shakllantirish tadbirini amalga oshirish zarur.
Ikkinchi bosqichda о‘zgani tushunishning asosiy sharti sifatida tinglash malakasi namoyon 
bо‘ladi. Odatda, tinglashning faol va passiv kо‘rinishlari farq etiladi. Faol tinglash, о‘zga fikrini 
idrok etish davomida tushunayotganlik alomatlarini namoyon etishni anglatadi. Bunda 
suhbatdoshlar masala mohiyatini aniqlashga oid savollar berishadi, suhbatning asosiy qismi 
yuzasidan xulosalar bayon etishadi.
Passiv tinglashda esa boshqa tomonni tushunish borasida tushunish alomatlari minimal darajada 
namoyon etiladi. Masalan, oddiygina bosh qimirlatib tasdiqlash, «hmm», «ahha», «tushunarli» 
kabi iboralar bilan cheklanish. Muammoli va qiyin vaziyatdagi muloqot olib borishda iloji 
boricha faol tinglash malakasini namoyon etish lozim. Bunday sharoitda passiv tinglash 
suhbatdoshlar orasida tushunmovchilikni, о‘zga tomon holati va tasavvuri haqida ma’lumot 
yetishmovchiligini yuzaga keltiradi. Aniqlanishicha, har bir muloqot vaziyati xususiyatidan kelib 


chiqqan holda faol yoki passiv tinglash turlarini qо‘llash mumkin. Lekin nazarda tutilayotgan 
muloqot vaziyatida aynan faol tinglash uslubidan foydalangan ma’qul.
Faol tinglash davomida shaxs faolligining asosiy uch jabhasi namoyon bо‘ladi. Bular 
quyidagilar:


Yüklə 492,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin