XII –XIII asrlarda nomalum muallif tomonidan amalga oshirilgan Qur’oni karimning tafsiri 1914 yilda Qarshida topilgan va Buxoraga keltirilgan. 1920 yli Buxorada sho‘rolar hukumati o‘rnatilgach “Turkiy tafsir” Sank Peturburg shahriga olib ketilgan.
Turkiy tafsirlarning hammasi saqlanib qolgan emas. Uning fanga quyidagi turlari malum.
Rilands
Turkiy tafsir
Xorazm turkchasidagi tafsir
Hoji Davlatshoh tomonidan tarjima qilingan tafsir
Shayx Alouddin Mansur xalqimizga Qur’oni karim ma’nolarini o‘zbekcha izohli tarjimasini ilk bor taqdim etgan , “Qur’oni azim” nomli muxtasar tafsir yozgan alloma edilar. Qur’oni karimni o‘rganish ilmiy markazi tashkil etib, yigirma yildan buyon Qur’oni karim ma’nolarining ko‘plab tillarga tarjima qilish ishiga bosh qosh bo‘lib kelayotgan edilar. Shayx Alouddin Mansur butun umrini Alloh taolloning dinini, kalomini xalqqa yetkazishga bag’ishlagan yetuk din peshvosi edilar, boamal olim , mohir voiz, tilimizning haqiqiy jonkuyari edilar.
Hadis Muhammad “s. a. v” aytgan so‘zlari, qilgan ishlari, iqrorlari to‘risidagi rivoyat. Islom dinida Qur’ondan keyin 2-manba hisoblanadi. Hadis ikki qismdan iborat boladi ; matn va isnod. Hadis 2 turga – hadisi qudsiy va hadisi nabaviyga bo‘linadi. Hadislar e’tiborga olinishi jihatidan 3 qismga bo‘linadi; 1 sahih 2 hasan 3 zaif
Qur’onda barcha huquqiy va axloqiy masalalar umumiy tarzda bayon etilgan. Ularga aniqlik kiritish va izohlash uchun Muhammad “s. a. v” o‘z hadislarini aytardi. Bu hadislarni Payg’ambarlarning safdoshlari yodda saqlashga harakat qilardi. Islom qabul qilgan xalqlar madaniy va g‘oyaviy merosining ko‘p unsurlari islomga hadis shaklida o‘tgan. Hadis yig‘ish o‘rta asr musulmon madaniyatining muhim xususiyati bo‘lib, bilim izlashning asosiy mazmuni hisoblangan. Hadis har qanday ilmiy asarni asoslashning muhim qismi bo‘lgan; undan hikmatli so‘z va matal sifatida ham foydalanilgan. Imom Buxoriyning “Sahihi Buxoriy” hadislar toplami 4 jildda nashr etilgan . Abu Iso Muhammad Termiziyning “Sahihi Termiziy” hadislar toplami 1 – jildning o‘zbekcha toplami chop etilgan. Bulardan tashqari “Ming bir hadis” tarjimasi, “Qudsiy hadislar “ tarjimasi ham nashr etilgan.
Yassaviylik tariqatiga kirganlar uchun “Devoni hikmat” dagi she’rlarni o‘qib yod olish, hatto qobilyati yetadiganlar uchun shunday shaklda she’r yozish tariqatning daxlsiz talablaridan hisoblangan. Yassaviylik tariqati ko‘plab shoirlarni yetishtirib chiqarishda o‘ziga xos maktab vazifasini bajargan. “Devoni hikmat” dagi hamma she’rlar ham yassaviyga mansub emas. Unda Yassaviy izdoshlarining ijod namunalari ham kiritilgan. Asar poetik jihatdan xalq qo‘shiqlariga yaqin. Shu bois u xalq ommasi orasida keng tarqalgan. Natijada Yassaviy hikmatlari og‘izdan og‘izga kochib, kitobdan–kitobga o‘tib, o‘z asl tilini va uslubini o‘zgartirgan, ammo ularning asosiy g‘oyaviy mazmuni saqlanib qolgan.
Yassaviy tariqati turli davrlarda va turli joylarda Ahmad Yassaviyning ko‘plab shogirdlari va muxlislari tomonidan davom ettirilgan. Sulaymon Boqirg‘oniy, Bobo Machin, Shamsiddin O‘zgandiy Xudoydod, Qul Nasimiy tasavvuf shoirlar “Devoni hikmat” ta’sirida bir qator asarlar yozgan. Shu bois “Devoni hikmat” faqat yassaviyniki bolmay , Yassaviy tariqatining bir necha asrlik umumiy bir adabiy yodgorligi hisoblanadi.
Xojatim uldur, xudoyo, po ishim bosh aylasang,
Munda tavfiq, onda imonimni yo‘ldosh aylasang.
Ilkim bersang asoyi himmat, og,zima sano,
Ko‘nglima ishq otashin solsang, ko‘zimayosh aylasang….
Shoir xojatbozor zot bo‘lgan Allohdan hojatini so‘rab, tavfiq berishini, iymonini hamrohu yo‘ldosh qilishini, qo‘liga himmat-u saxovatni, tilida esa, zikru sanoni, qalbida Yaratgan bo‘lgan ishqu mahabbatni va bu mahabbatdan ko‘ziga yoshni jo qilishni so‘fiyona bayon etmoqda.
Boborahim Mashrab lirik merosini esa , asosan tavhid g‘oyasi uchun ma’naviy kurash olib borgan ilohsevar oshiq obrozi “junun”, “yor”, “may”.
Ma’lumki, tasavvufdagi asosiy talablardan biri ishq tushunchasi bo‘lib , “ u insonni ma’rifatga olib boradigan qudrat , insonni moddiy asosdan poklovchi , holi etuvchi muqaddas olovdir. Mashrab ham anashu “muqaddas olov” dan “javba”olgan oshiqdir. Ana shu “jazba” tekkan oshiqlik va uning ruhiy holati lirik misralarda ham o‘z ifodasini topadi.
Xususan;
Ishq mazhabida zuhdu taqvo chidayolmasa,
Tasbihu sano, zuhdu ibodat chidayolmas.
Dunyoda mehr bermaslik, uning o‘tkinchi hoyu-havas, nag‘malariga aldanmaslik, ruhni pok saqlagan holda Yaratganga munosib banda bo‘lish kabi falsafiy- axloqiy g‘oyalar ham ilgari tuzilgan.
Pahlovonquli Ravnaq , Turdi Farog‘iy ijodida ilohiy muhabbat ko‘proq dunyoviylik, reallik kasb etadi. Ya’ni insonga muhabbat orqali ilohiy ishqqa qarab boriladi.
Xususan, Roqim ijodida ham diniy tushunchalar so‘fiyona ham diniy tushunchalar orqali o‘ziga talqin qilinadi. Ijodkor lirik qahramonni Yaratganga muhabbat bog‘lagan, hamisha unga iltijo, umr, hayot mazmunidan rizo oshiqdir. Yaratgan karamiga hamisha muhtoj bo‘lgan lirik qahramon uning rahmli rahmon ekanligini har nafasda his qiladi va mudom yomonlikdan panoh so‘raydi, iltijo ila duo qiladi.
Umuman olganda, o‘zbek mumtoz lirik merosning mazmun- mohiyatini diniy tushuncha va qarashlar hamda so‘fiyona g‘oyalar ayro tasavvur etib bolmaydi. Dunyoviylik diniylik bilan uyg‘unlikda olinib, o‘ziga xos axloqiy-falsafiy ahamiyat kasb etadi. Xulosa qilib aytganda, nazmiy merosda ilgari surilgan g‘oyalarning mazmun-mohiyatini ochib berish , diniy axloqiy tomonlarini ko‘rsatish va bu orqali tarbiyaviy jihatni amalga oshirish bugungu glaballshuv davrida muhim va dolzarb masaladir.
Shariat bilan tariqat orasidagi masala g‘oyat nozik masaladir. Bu jihatni anglamagan odam shubhasiz biror tomonga putur yetkazishi mumkin. Chinakam musulmon bo‘lgan, islomni chuqur anglab, uning marifati, hikmat va falsafasidan barxamand bo‘lgan, musulmonlikni Alloh yodida pok yashash deb bilgan kishi hech qachon tariqatni o‘ziga yod deb bilmaydi. Musulmonlikni faqat rasm-rusmlar, odatlar va boshqa tashqi belgilar yig‘indisi deb biluvchi kishi uchun, turgan gap, tariqat mavhum va hatto zararli narsa bo‘lib tuyuladi. Bu o‘rinda shuni aytish kerakki, shariat peshvolari tariqat ahliga hurmat bilan qaranglar, shayxlar bilan do‘stlashganlar. Bundan tashqari, darvesh sulukiga kirgan faqihlar, shayxulislomlar, obidlar bor edi, masjidlar va xonaqolar orasida aloqa bo‘lib turardi.
Shunga qaramay, shariat va tariqat ahillari orasida muxoliflik davom etib keldi. Zohirbin ulamolar nazdida surunkali taqvo, doimiy roza, riyozat uchun o‘zini qiynoqlarga solish Xazrati Payg’ambarimiz (c.a.v) sunnatlariga xilof. Inson hayotdan, ya’ni Alloh bergan nematlardan barhamand bo‘lishi va ham o‘z tangrisiga shukrona sifatida toat-ibodat bilan shug‘ullanishi, bandalik xizmatini bajarib turishi zarur. O‘zini qiynoqlarga solish Allohga xush kelmaydigan ishdir, deydi shariat axli.(Najmiddin Komilov “Tasavvuf va ilmi kalom”)
Jomiy o‘z asarlarini fors-tajik tilida yozgan, arab tilini ham yaxshi bilgan. Jomiy “Nafohot ul-uns” asarini yozish bilan tasavvuf tarixini o‘rganishga katta hissa qo‘shdi. Unda 616 ta matasavvif hayoti va faoliyati haqida malumot berilgan bo‘lib, ulardan 34 nafari ayollardir. Ushbu asarni Navoiy ma’lum bir to’ldirishlar bilan o’zbek tiliga tarjima qilgan. Jomiy faqat mashhur so’fiylar haqida ma’lumot berishdan cheklanmay, qator shoir va adiblar hayotiga ham to‘xtaladi.
Navoiy va Jomiy faoliyatida tariqat va futuvvatning o‘zora birlashuvi tezlashadi. Sharqda keng rivojlangan bu ikki sohaning qo‘shilishi kata ijtimoiy hodisa bo’lib, odamiylik sifatlarining ko‘proq qaror topishi va axloqiy kamolat uchun qudratli kuchga aylangan.
Tasavvuf futuvvatda yuksak g‘oyalarning amaliy-ijtimoiy tatbiqini ko‘rgan bo‘lsa, futuvvat tasavvufda nazariy-e’tiqodiy tag zaminni topgan edi. O‘z nafsini yengan kishi o‘zgalar g‘amini yeyish mumkin. Abdurahmon Jomiy “Subhat ul-abror” dostonida futuvvatga ta’rif berib, bu avvalo xislatlarini tark etib, oliy janoblikni kasb etish, deya ta’kidlaydi.
Abdurahmon Jomiy va Alisher Navoiyning diniy, falsaviy qarashlarini, naqshbandlilik tariqatining saxovat, karam, saxo, vafo kabi ruknlariga amal qilib yashash, komillik xislatlarini o‘zlashtirishga fazilatlarini hayotida namoyon etishga intilish kabi holatlarni istiqlol davri o‘zbek romanlarida uchratamiz. Chunki Naqishbandiya sulukidagi barcha shayxlar saxovat muruvvatda namuna edilar. Shunday ulug‘ saxovatni hazrat Navoiy va hazrat Jomiyda ham ko‘ramiz.( “ Jahon adabiyoti” jurnali, 2013-3.)
Shuni ta’kidlsh lozomki, har bir adabiyotning yaratilishida ma’lum bir din yotadi. Shunday ekanki, bizning mumtoz adabiyotning yaratilishi dinga borib taqaladi. Mumtoz adabiyoti tushunchasi diniy talimot asosida shakllanadi. Shuning uchun ham, mumtoz adabiyotimizda diniy va tasavvufiy asarlar o‘rni juda ulkandir.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.Komilov N. Tasavvuf.-2013-3
2.Alisher Navoiy.Hayrat ul abror. –T.: G’afur G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at,2006.
3.Komilov.N. Komil inson xaqida to’rt risola.-T.:”Manaviyat”,1998/
4.Rahim Vohidov. O’zbek mumtoz adabiyot tarixi.
5.Axmad Yassaviy. Devoni hikmat (nashrga tayyor. A.Abdushukurov). T.:1992.