Mavzu: Mumtoz adabiyotda diniy-tasavvufiy asarlar



Yüklə 34,74 Kb.
səhifə1/2
tarix24.06.2023
ölçüsü34,74 Kb.
#134876
  1   2


Mirzo Ulug’bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universiteti O‘zbek filologiyasi fakulteti Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik yonalishi 1-bosqich talabasi Shamiddinova Qurbonoyning O‘zbek adabiyot tarixi va yangi o‘zbek adabiyoti fanidan yozgan
Kurs ishi

Mavzu: Mumtoz adabiyotda diniy-tasavvufiy asarlar:


Reja:
1: Tasavvuf-Tadrijiy taraqqiyotga ega talimot.
2:Diniy-tasavvufiy asarlarning mumtoz adabiyotdagi o’rni.
3: Mumtoz adabiyotdagi diniy hamda tasavvufiy asarlarga umumiy abzor.

Mumtoz adabiyotining shakllanishi bevosita islomiy e’tiqod, taraqqiyoti esa arab mumtoz poetikasi bilan bog’liq. Mumtoz adabiyot tasavvuf bilan alaqador, tasavvufning bosh manbai ham Qur’oni karim bilan alaqador, tasavvufning bosh manbi ham Qur’oni karim degan fikrga kelamiz. Bunga qarshi chiquvchilar Qur’ oni karim va hadislarda [ tasavvuf ] so‘zi uchramasligini rokach qiladilar. Bunga javoban aytish mumkinki, Qur’oni karim qomusiy lug‘at emaski, unda hamma arabcha so‘zlar sharhlansa .Qur’oni karimda bu so‘z uchramasa ham uning mohiyatini anglatadigan [ tazkiya] haqida hikmat berilgan.


Tasavvuf- Tadrijiy taraqqiyotga ega talimot bolib, islom olamida VII asrning o‘rtalarida paydo bolgan. Islomda insonni ruhiy va axloqiy jihatdan komillik sari yo‘llovchi ta’limotidir. Tasavvuf so‘zining o‘zagi va mazmuni haqida olimlar turli fikr va taxminlar bildirishgan. Ular ichida Ibn Xaldunning fikri haqiqatga yaqin deb e’tirof etilgan. Tasavvufning sharqda keng tarqalishiga bois uning arab, fors va turkiy tillarda buyuk bir she’riyatni vujudga keltirishdir. VII- IX asrlarda Robiya Adaviya, Mansur Jalol singari ulug‘ sofiylar ijodi bilan boshlangan sofiy ash’or XII asrlarga kelib ulkan bir adabiyotga aylandi, o‘ziga xos obrazlar, timsollar olami, alohida ramzlar, uslub va usullar shakllandi. Olimlar tasavvufning adabiyot bilan yaqinlashish sabablarini ko‘proq so‘fiylarning raqsi samo‘ majlislari bilan bog’laydilar. Biroq aytish kerakki, sababi faqat shundan iborat emas. Tog‘ri tasavvuf shayxlari muridlariga tasir etish uchun ruboiy, g‘azal kabi kichik she’riy janrlardan foydalanganlar. Ba’zan o‘zlari so‘fiyona g‘oyalarga mos asarlar ijod qilib, aksar xolda esa xalq orasida yurgan og‘zaki ijod namunalari va mashhur shoirlarning she’rlaridan foydalanib, suxbatlarini kuzatganlar, so‘zlarga yangi ma’no berib, so‘fiyona g‘oyalar ruxida talqin qilib va tafsir qilib, eshituvchilarni hayajonga solganlar bu masalaning bir tomani yangi tasavvufning adabiyotga intilishi. Ammo masalaning ikkinchi tomoni ham bor. Gap shundaki, adabiyot ham tasavvuf tomonga intilgan. Tasavvufning g‘oyalari keng tarqalgandan keyin gumanist shoirlarning qalbini ham rom etdi. Tasavvufning pok ilohiy ishq xaqidagi, haq va haqiqat, najib insoniy xislatlar, kamolat kasab etish xaqidagi g‘oyalari she’riyat g‘oyalariga aylandi. Shoirlar qizg‘in bir ruh, kongil amri bilan irfoniy g‘oyalarni qollaydilar. Xisobsiz lirik she’rlar, jahonga mashhur dostonlar, qissalar yaratildi.
Tasavvuf o‘zi bir buyuk romantik olamdir. Olamni mutloq Parvardigorning ijodi qarash, dunyoni ilohning ko‘zgusi deb tushuntirish va barcha go‘zalliklar, qudratni Ilohdan deb hisoblash, borliqni romantik ranglarda, shoirona hayoliy surat- timsollar tarzida, ilohiy nurning porlashidan doimiy harakatda va ijodda deb tasavvur etish o‘zi bir buyuk poeziyadir. Jami gozalliklar, yaxshilik va ezgulik manbai mutloq iloh. Qudrat va kuch harakat va faoliyat ham undan. Dunyodagi jami husni jamol uning jamolining aksi. Inson go‘zalligi uning jamolining jilvasi, bu jamol dunyoda qancha kop aks etgan bolsa, u shuncha gozal bola oladi. Inson ruhining go‘zallikka. nafosatga tashnaligi Iloh go‘zalligiga tashnalik oqibatidir.
Korinadiki, so‘fiylarda real moddiy dunyo go‘zalligi inkor etilmaydi, balki real moddiy dunyo o‘z-o‘zicha qimmatli emas deb qaraladi. Qadriyat va arzirli narsa, so‘fiy nazarida, bu ruh bilan iloh bilan bog‘liq narsadir. Hayot ham ruhining faoliyatidan iborat.
Tasavvuf va badiiy ijod deganda faqat so‘z san’atini nazarda tutmaymiz. Tasavvuf o‘z musiqasi, tasviriy san’at, raqs san’atini ham yaratdi, va hatto so‘fiyona teatrlar ham paydo boldi. Birgina samoning o‘zida ham she’riyat, ham raqs ham qo‘shiq, musiqa ishtirok etadi. Ko‘pgina samo majlislari teatrlashgan tomoshaga aylanar edi.
Faqat so‘fiylarning o‘zi emas, atrofidagi kishilar ham bu tomoshalarni yig‘ilishib ko‘rganlar. Masalan “Nafohatu – uns” asarida Shayx abu said majlislarga hatto ayollar ham kelishganini yozgan.
Yana bir hodisani takidlash lozimki, tasavvufni sof nazariyotchi olim va shayxlardan ko‘ra shoirlar chuqurroq idrok etganlar, ular marifat asrori “ilmi g‘oyibni” ning mushohada muqoshifasida mojizalar ko‘rsatganlar. E’tobor qiling vaxdotu vujd ta’limotining asoschisi shayx Ibn Arabiy yaxshi shoir ham edi. U “Hikmatlar gavxari” va “Makkaning ochilishi” nomli mashhur asarlarining ko‘p qismini she’r bilan bitgan, yani o‘z nazariy fikrlarni falsafiy istiloxlar orqali tushuntirishga qiynalib qolganda asosiy muddoni she’riy satrlar yordamida bayon etgan. Robiya Adaviya, Mansur Xaloj, Abdulla Ansoriy, Abusaid Abulxayr, Paxlovon Maxmud ham shu usuldan foydalanganlar. Xayyom, Rumiy, Jomiy, Bedil tasavvufining juda nozik nazariy masalalarini jahonnumush she’riy asarlar vositasida sharxi buyon etganini yaxshi bilamiz. Chunki tasavvuf g‘oyalarini aqliy nazariy mushohadadan ko‘ra xissiy obrazli tafakkur bilan tushuntirish oson. Voqean tasavvuf aql bilan dunyoni bilish ekanligini, mantiqiy tafakkurni tan olmaydi.
Farididin Attor, Jaloliddin Rumiy, Ibin Arabiy, Jomiy, Bedillar sharqning buyuk faylasuflari, lekin ularning aksar irfoniy asarlari she’r bilan yozilgan irfoniy asarlarni ham ikkiga ajratish mumkin; bir qismi tasavvuf talimotini bayon etgan, so’fiyona istilohlar bilan fikr yuritadigan asarlar. Chunonchi Abdulmajid Soniyning “Xaqiqatul- xaqoyiq”, Maxmud Shabustariyning “Gulshani roz”, Jomiyning “Shaxri Ruboyiyat”, Sayid Qomisiyning “Xaqiqatnoma” asaralri bunga misoldir.
Ikkinchi qism adabiyotda tasavvuf g‘oyalari kechinma va hayojonlar, timsol va tavsiflar orqali tasvirlanib, talqin qilinadi. Bu asarlarni tasviriy talqin yoki badiiy tasvir deyish mumkin. Abulmajid Sanoyining “Sayrul Ibod”, Fariddidin Attorning “Ilohiynoma”, Jaloloiddin Rumiyning “Masnaviy manaviy”, Xusrav Dexlaviyning “ Matla ul anvor”, Alisher Navoiyning “Xayrat ul- abror” asarlar shu xildagi asarlardir.
Voqean, adabiyotning o‘zi komillik belgisi, komil soz, ma’no va tafakkur ifodasi. Bularni egallagan inson komil hilqat bo’la oladi.
Ulug‘ mutafakkir shoirlar ijodi buni asrlar davomida isbotlab kelmoqda. Tasavvufga oid ilmiy kitoblar va dasturlarda tariqat atamalari, maqomat manzillarini tushuntirishga ko‘p e’tibor beradi. Tariqat so‘zining ma’nosi yo‘l demak. Ilohiy ma’rifatni egallashga bel bog‘lagan kishining ruhiy axloqiy kamolat yo‘li. Tariqatni tasavvufning amaliy qismi deb tariflaydilar.
Murid- murod ya’ni maqsadga intiluvchi odam; murod esa alloh taoloning vasli. Muridning asosiy niyozmandlik, talabgor bo‘lish, murshidi komil etagini tutib, aytganlariga so’zsiz rioya qilishdir. Shuni e’tiborga olib, tajribali pirga qo‘l berib iroda ixtiyorini unga topshirganlar. Shu ma’noda tariqatni iroda ham deydilar. Ya’ni irodani shayx irodasiga muvofiqlashtirish ham deydilar.
Piri xirot laqabini olgan atoqli Abdullox Ansoriy “Manozil us-soirin” nomli kitobida yoziladiki “xaq yo‘lga kirgan soliklar turfa holatlarda boladilar, har bir holatning o‘z sayri boladi. Bu sayrning boshlanish jarayoni bo‘ladi”. Muallif bu holatlarni “abvob” ya’ni “eshiklar” deb ataydi. Chunki har bir holatning kiradigan eshigi bo‘lishi muqarrar.
Imom Muxammad Fazoliy hayoti va asrlari donishmandlarning sharif ilmi bilan qanoatlanmay tariqatga yuz tutishi. Tasavvuf ko‘ngil ahlining faylasuf donishmand insonlar ruhini qondiruvchi ta’limot ekanligi. Tasavvuf va fikriy demokratiya, ruh ozodligi.
Salnomalardagi talim-tarbiyaviy qarashlar diniy-tasavvufiy qarashlarni o‘rganar ekanmiz, ular omuxtali berilgan o‘rinlarda ayrim misollar keltiramiz “Firdavs ul iqbol” asarida shermuxammad Munis insoniyat ibtidosidagi xato va shu natijasidagi abadiy farog‘atdan mosuvo bo‘lishdagi aynan hasad.
Takidlash lozimki, hamdu na’t va munojatlar bilan boshlash mumtoz adabiyotning an’anaviy jihati, o‘ziga xos xususiyati hisoblangan. Zero, hamd va na’tlar bandaning ojizligi, toabad Yaratgan Parvardigorga muhtojligini izxor etish. Allohga va Payg’ambar “s.a.v” ga yaqin bo‘lish hamda Rasululloh “s.a.v” sunnatlariga sadoqat izhor etish orqali ommani tarbiyalashdan iborat bolgan.
Demak aytilganlardan shunday xulosa chiqadiki, tasavvuf sunnat amali sifatida Qur’oni karimdan ozuqa oladi, suv ichadi, suv bo‘lmasa hayot daraxti qurib qoladi. Qur’oni karim tasavvufning bosh manbasi ekanini nafaqat islom olimlari, balki tasavvufning “poklanish yo‘li” ekanini e’tirof qilingan ingliz olimi J. Trimingem; «biz tasavvufni so‘fiylar izidan borib, islomning ichki ta’limoti va uning sirlari Qur’ondadir degan maqsad bilan ko‘rib chiqamiz» -degan xulosaga kelgan. Biz ham tasavvuf talimotini o‘rganganda uning islomiy asoslarini bilish va taraqiyyot omillarini anglash yo‘lida borishimiz zarur.
Jahon borlig‘ining sifati va mag‘zi jamlangan Qur’oni karimning ma’nosini anglash oson kechmagan. Garchi hadislar orqali bu mashaqqatli yo‘lni yengillashtirishga harakat qilingan bolsada, Kalamullohdagi ilohiy ma’no sirlaridan bandi odamni ogoh qilishda minglab uloma va musaffirlarning benazir hizmatlari tayin.
Abu Homid Muhammad ibn Muhammad G’azzoliy “Javohir ul Qur’on”, Abul Qosim Mahmud bin Umar bin Muhammad Zamahshariy “Al- kashshof fi tasfir al- Qur’on”, Ro‘zbehon Baqliy “ Aroyisu-bayon”, Najmiddin Roziy “Bahru Haqoyiq”
Ilmda islomiy udumlarni qabul qilish va o‘ziga ilohiy yo‘l topish barobarida yuzlab Tafsirlar, sharxlar va lug‘atlar tuzilgan, bu bilan bashar zotining Alloh so‘zining anglashdek ma’suliyatini yengillashtirishga urunishgan. Ma’lum bolishicha, fors tilidagi ilk tasfir Muhammad ibn Jarir Tabariyga tegishli bo‘lib, u samoniy hukmdori Mansur ibn Nuh davrida Buxoroda amalga oshirilgan. Bizgacha yetib kelgan tafsirlar orasida
Yüklə 34,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin