BOBLAR BO’YICHA UMUMIY XULOSA Inson tug’ilibdiki, so’zlashadi. Avval onasi bilan, oila a’zolari bilan, yaqinlari bilan muloqot aloqalarini o’rnata boshlaydi. Muloqot bizlarni bir birimizni tushunishga, anglashimizga, hursand yoki hafaligimizni, ichimizdan o’tayotgan kechinmalarimizni aytishimiz uchun ham juda kerakli aloqa vositasidir.
Bundan tashqari, noverbal xatti-harakatlar milliy va madaniy asosga ega. Har bir millat, mamlakat kishilari oʻz madaniy, milliy xususiyatlariga mos ravishda yurish-turish, turli imo - ishoralar, tana harakatlari mimikalaridan iborat boʻlgan noverbal xatti- harakatlar tizimiga egadir. Birgina keng tarqalgan qoʻl berib soʻrashish jestini har xil millat vakillari turli xilda qabul qilishadi. Masalan, Rossiyada guruhdagi bitta odam bilan alohida qoʻl berib soʻrashish mumkin boʻlsa, Bolgariyada butun guruh bilan soʻrashib chiqishga toʻgʻri keladi. Frantsiya va Italiyada uzatilgan qoʻlingizni albatta siqishadi, Angliyada esa choʻzilgan qoʻlingiz havoda muallaq qolib ketishi mumkin. Afrika va Yaqin SHarq xalqlarida suhbatdoshga tegib gaplashish muloqotning zarur sharti boʻlib hisoblansa, yapon madaniyati muomalada bevosita yaqin aloqa (kontakt) ni maqbul koʻrmaydi. SHuni ehtiborga olish lozimki, har qanday mamlakatda shoshqaloqlik bilan qoʻl uzatish mahqullanmaydi.
Inson haqida uning oʻzi aytayotganidan koʻra koʻproq ma’lumot olish, insonni kitob singari oʻqish – uning fikrlari, his-tuygʻulari, xarakter xususiyatlari haqida soʻzlardan koʻra koʻproq mahlumot beradigan xatti-harakatlar tilini tushunish demakdir. Odatda inson oʻz holati, jestlari, yuz ifodasi, ovoz ohangini nazorat qilmaydi. Odamning asosiy diqqati uni tushunishlari va oʻz maqsadiga yetish uchun nimalar deyishga qaratiladi. SHuning uchun soʻzlar gohida biror – bir fikr yoki tuygʻuni bayon etish oʻrniga uni yashirishga xizmat qiladi. Odam haqida mahlumot olish uchun uning soʻzlariga toʻgʻri baho bera olishning oʻzi kifoya qilmay, balki xatti- harakatlar tilini tushuna bilish katta ahamiyat kasb etadi. Muloqotni chuqur o’rganish bizlarga ana shunday sirlarni ochadi.