Har qanday muloqot rasmiy yoki norasmiy bo`ladi. Odamlarning asl tabiatiga mos bo`lgani uchun ham norasmiy muloqot doimo odamlarning hayotida ko`proq vaqtini oladi va bunda ular charchamaydilar. Lekin bunday muloqotga ham qobiliyat kerak, ya’ni uning qanchalik sergapligi, ochiq ko`ngilligi, suhbatlashish yo`llarini bilish, til topishish qobiliyati, o`zgalarni tushunish va boshqa shaxsiy sifatlari kundalik muloqotning samarasiga bevosita ta’sir kursatadi.
Norasmiy muloqot odamning shaxsiy munosabatlariga tayanadi va uning mazmuni o`sha suhbatdoshlarning fikr-uylari , niyat-maqsadlari va emotsional munosabatlari bilan belgilanadi. M: do`stlar suhbati, poyezdda uzoq safarga chiqqan yo`lovchilar suhbati, tanaffusda talabalarning sport, moda, shaxsiy munosabatlar borasidagi suhbati.
Rasmiy muloqot odamlarning jamiyatda bajaradigan rasmiy vazifalari va xulq-atvoridan kelib chiqadi. Masalan, rahbarning o`z xodimlari bilan, professorning talaba bilan muloqoti.
Muloqot mavzui va yo`nalishiga ko`ra:
Ijtimoiy yo`naltirilgan ( keng jamoatchilikka qaratilgan va jamiyat manfaatlaridan kelib chiqadigan).
Guruhdagi predmetga yo`naltirilgan (mehnat, ta’lim jarayonidagi yoki biror topshiriq bajarish jarayonidagi muloqot).
Muloqot murakkab jarayondir. Uning tuzilishi quyidagicha
Muloqotning kommunikativ tomoni ― muloqotlarga kirishuvchilar o`rtasidagi ma’lumot almashinuvi jarayoni.
Mulo`qotning interaktiv tomoni ― muloqotga kirishuvchilarning xulq-atvoriga ta’siri.
Muloqotning perseptiv tomoni ― muloqotga kirishuvchilarning bir-birlarini idrok etishlari va tushunishlari bilan bog`liq bo`lgan murakkab psixologik jarayon.
Muloqotning har bir tarkibiy qismi bilan alohida tanishib chikamiz.
Mulokotning kommunikativ tomoni
Mulokotning kommunikativ tomoni ― shaxslararo axborotlar, bilimlar g`oyalar, fikrlar almashinuvi. Bu jarayonning asosiy vositasi ― bu til.
Yozma-ogzaki, monologik-dialogik nutq.
Diologik nutqning mazmuni, xarakteri, davomiyligi muloqotga kirishgan shaxslarning shaxsiy qarashlariga, qizikishlariga, bir-birlariga bulgan munosabatlariga,maqsadlariga bevosita bogliq bo`ladi. O`qituvchi-o`quvchi, siyosiy rahbarlarning, diplomatlarning, dugonalarning suhbati bir-biridan farq qiladi.