Insoniyatning axborot ishlab chiqarish bo‘yicha imkoniyatlarini kuchaytiruvchi zamonaviy texnologiyalar, axborotlashgan jamiyatning intellektual salohiyati sifatini ham belgilaydi va bunday jarayonlar axborotlashtirish sanoatini muntazam rivojlanishini ta'minlaydi. Axborotlardan samarali foydalanish asosida faoliyat ko‘rsatish quyidagi vazifalarni hal etishning ma'qul yo‘llarini ta'minlab beradi:
- Manba va unda kechadigan jarayon to‘g‘risidagi ma'lumotlarni qayta ishlash;
- Jarayonlar kechishi haqidagi davriy ma'lumotlarni muntazam olib turish va ular asosida nazoratlar olib borish.
Hozirgi zamon kompyuter vositalari va axborot texnologiyalari imkoniyatlari o‘qitish vositalariga o‘qituvchi va ta'lim oluvchi vazifalarining bir qismini yuklash imkonini beradi. Darsni axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida o‘qitish o‘qituvchi va ta'lim oluvchilar ishini ancha osonlashtiradi.

Xususan, boshlang‘ich sinflarda fanlarni kompyuter vositalari asosida o‘qitish quyidagi imkoniyatlarni yaratadi:
- O‘qituvchini takrorlanuvchi mehnatdan xalos etadi va uning vaqtini tejaydi;
- O‘qituvchini takrorlanuvchi mehnatdan xalos etadi va uning vaqtini tejaydi;
- Yaqqol tasvirlar natijasida o‘quvchilarda fazoviy tasavvurlar shakllanadi;
- O‘quvchilarning ish tartibini tez o‘zlashtirishini ta'minlaydi;
- Fanga oid nazariy ma'lumotlar ko‘rgazmali vositalar (rangli tasvirlar, ularning fazoviy ko‘rinishlari) yordamida tushuntiriladi va natijada talabalarda ilmiy bilishga ehtiyoj ortadi;
Kompyuter ekranida sodir bo‘layotgan hodisalarni o‘quvchi ko‘rib va eshitib, fikrlash orqali bilishga intiladi. O’quvchi sezgi organlari yordamida monitorda sodir bo‘layotgan voqea va hodisalarni idrok eta boshlaydi. Chunki monitorda ularning xossa va xususiyatlari aks ettiriladi. U dastavval hissiy bilish orqali ekrandagi hodisa va voqealarni (bir necha bor kuzatib) bir – biridan alohida holda o‘z ongida aks ettiradi.