Murakkab tuzilishga ega bo'lgan o'simliklar.
Murakkab tuzilishga ega bo'lgan o'simliklar evolyutsion taraqqiyot natijasida murakkab morfologik tuzilishga ega boʻlgan, tanasi poya va bargga differensiyalangan oʻsimliklar. Ularda koʻp hujayrali murtak (embirion) hosil boʻladi. Yuksak oʻsimliklarga xos belgilardan biri jinsiy (gametofit) va jinssiz (sporofit) nasllarning gallanishidir. Yuksak oʻsimliklar 3000 ga yaqin turdan iborat 9 boʻlimni oʻz ichiga oladi. Bularga: riniotoifalar zosterofiltoifalar, yoʻsintoifalar, plauntoifalar, psilotoifalar, qirqboʻgʻimtoifalar, qirqquloqtoifalar, qaragʻaytoifalar, magnoliyatoifalar kiradi. Yuksak oʻsimliklar tanasining murakkab tuzilganligi, yerda oʻsishga moslashganligi, jinsiy va jinssiz koʻpayishi bilan tuban oʻsimliklardan farq qiladi. Yuksak oʻsimliklar sporofitida koʻp hujayrali sporangiylar hosil boʻlib, ularda harakatsiz sporalar yetishadi. Gametofitshxa jinsiy organlar paydo boʻladi. Sporofit, odatda, barg , poya va ildizga boʻlingan. Koʻpincha Yuksak oʻsimliklarda oʻtkazuvchi toʻqima — ksilema va floema rivojlangan. Epidermis, kutikula va bargida ogʻizchalar boʻlishi Yuksak oʻsimliklar uchun xos. Yuksak oʻsimliklar birorta dengiz suvoʻtlaridan kelib chiqqan, deb taxmin qilinadi. Yuksak oʻsimliklarning qazilma qoldiqlari silur davridan maʼlum.
Dostları ilə paylaş: |