Mavzu: Mushak qisqarishi energetikasi Reja



Yüklə 42,5 Kb.
səhifə1/3
tarix05.06.2023
ölçüsü42,5 Kb.
#125433
  1   2   3
2-3-4


Mavzu:Mushak qisqarishi energetikasi
Reja:

1.Mushak qisqarishi


2.Mushak qisqarishi energetikasi

Mushak qisqarishi energetikasi. Mushak qisqarishi uchun to'g'ridan-to'g'ri zarur bo'lgan erkin energiya manbai bo'lib ATF hisobla­nadi, u qisqarish akti paytida ADF va noorganik fosfatgacha gidrolitik parchalanadi.Mushaklarda kimyoviy energiya mexanik va issiklik energiyasiga aylanadi. Bunda foydali ish koeffitsenti 30 % ni tashkil qiladi, ya’ni energiyaning uchdan ikki qismi issiklik shaklida yo'qotiladi. Bu yo'qotishlarga qaramasdan, mushaklar energiyani tejab sarflaydi va undan, hattoki ichki yonuv dvigatellariga nisbatan samarali foydalanadi. Mushakning mexanik mashina sifatidagi foydali ish koeffitsiyentini (FIK) quyidagi formula yordamida xisoblanadi (bu yerda, mushak faqat mashinagina emas, balki orga­nizmni isituvchi asosiy issiqlik manbai va shu tufayli uning issiqlik chiqarishi befoyda emasligiga e’tibor berish zarur).


F I K = A/(A+Q)
Mushaklardan issiqlik ajralishi (Q) juda murakkab jarayondir. Birinchidan, mushaklar izometrik taranglashgan paytda, uni stopor tufayli ushlab qolinishida issiqlik ajralishi sodir bo'ladi. Ushbu issiqlik ajralishini (Q1) faollik issiqligi deyiladi. Agar, ushbu holat paytida, yuki bor mushak stopordan ozod bo'lsa va qisqarishi oqibatida yukni ko'tarsa, u qo'shimcha issiqlik (Q2) aj­ratadi. Bu issiqlik, mexanik ishga proporsional bo'lgan kaltalanish issiqligi deyiladi (Fenn samarasi). Yukni erkin ko'tarish sharoitida faollik issiqligi (paylar tarangligini mos ravishdagi fazasi) va kaltalanish issiqligi birlashib qo'shiladi, natijada boshlangich issiqlik hosil bo'lishi deb nomlangan xolat yuz beradi. Mushak qisqarishidan (yakka yoki qiska tetanusdan) so'ng, ATF resintezini ta’minlovchi jarayonlar bilan bog'lik bo'lgan kechikkan issiqlik ajralishi sodir buladi. Ushbu jarayon soniya yoki daqiqa davomida sodir buladi. Mushak FIK ni boshlang'ich issiqlik ajralishi bo'yicha hisoblasa, u taxminan 50-60 % ni tashkil qiladi (rag'batlantirish va kuchlanishning optimal sharoitlari uchun). Agar FIK ni ushbu mexanik ish bilan bog'liq, bo'lgan barcha issiqlik ajralish turlari buyicha hisoblansa, unda FIK taxminan 20-30 % ni tashkil qiladi (sut emizuvchilarning FIK sovuqqa adaptatsiya davrida pasayadi va bu, organizmda issiqlik ajralishining kuchayishiga olib keladi). Mushakda ATF zaxirasi ko'p bo'lmaydi va uzluksiz ishlash dav­rida 10-12 qisqarishga yetadi. Shuning uchun, sarflangan ATF qayta tiklanishi shart. Zarur bo'lgan yuqori energetik fosfat guruxlarning stabil manbalaridan bittasi kreatinfosfat hisoblanadi. Fosfokreatindan fosfat guruxlarni ADF ga o'tkazilishi kreatinkinaza enzimi tomonidan amalga oshiriladi, o'z navbatida, kreatin fosfat resintezi uchun zarur bulgan energiya oksidlanish jarayoni orqali ta’minlanadi.Ushbu yo'l samarali bulsa ham uzluksiz ish paytida mushakdagi kreatinfosfat zaxiralari tezda kamayadi (uning mikdori ATF ga nisbatan 3-8 marta ko'p xolos), natijada ATF zaxiralari ham kama­yadi, ADF va noorganik fosforning miqdori ortadi. Buning hammasi, ishlayotgan mushakda glikolizni, Krebs siklini va oksidlanuvchi fosforlanishni rag'batlantirishga olib keladi. Ma’lumki skelet mushaklari birlamchi «yonilg'i» sifatida er­kin yog' kislotalari va keton tanalarni (atseto-atsetat) yoki glyukozani ishlatadilar. Osoyishta holatdagi mushaklar kam miqdorda glyukozani iste’mol qiladi xolos, ularning energiya almashinuvi jarayonining asosiy substrati bo'lib, jigardan kelib tushadigan yog' kislotalari va keton tanalari xizmat qiladi. Ushbu substratlarning parchalanishi natijasida atsetil-KoA hosil bo'lib, u limon kislo­tasi sikliga kelib tushadi va CO2gacha oksidlanadi. Bu paytda, oksidlanish fosforlanish va tolalarning mitoxondriyalarida ADF ni ATF ga aylanish jarayonlari energiya bilan ta’minlanadi. Mushaklar o'rtacha darajada ish bajargan paytda, yog' kislotalar va keton tanalarga qo'shimcha, jigardan mushakka qon bilan keladigan glyukozaning sarflanishi ham ortadi.Glyukoza glikoliz jarayonida fosforillashadi va piruvatgacha parchalanadi, keyin esa, u limon kislota siklida atsetil-KoA orqali oksidlanadi.Mushaklar jadal qiskarganda ATF ning sarflanishi qon bilan keladigan doimiy substrat va kislorod bilan qoplanmaydi. Bu paytda, mushaklar zaxirasidagi polisaxarid-glikogen asosiy ener­getik substrat bulib koladi. Skelet mushaklarda glyukozo-6-fosfataza enzimi bo'lmaganligi tufayli, mushakdagi glikogendan ener­giya olish uchun faqat glikolitik yo'l bilan foydalanadi. Mushak qisqarishlarining kuchi (ish quvvati) qancha katta bo'lsa, mushaklardagi glikogenni sarflash tezligi shuncha yuqori buladi.


Yüklə 42,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin