Mavzu: G.Selening stress va distress haqidagi ta'limoti.
Reja:
1.Selening stress va distress haqidagi ta’limoti
2.Stress va distress tushunchalari
Glyukokortikoidlarning qondagi miqdori, maxsus mexanizmlar tufayli nisbatan barkaror saqlanadi. Gipotalamusning gipofizotrop soxasidan rilizing gormon ajralib, qon orqali adenogipofizga yetib keladi va uning ta’sirida adrenokortikotrop gormon qonga o'tib, buyrak usti bezlarining po'stloq qismiga ta’sir qiladi, natijada glukokortikoidning qondagi miqdori oshadi. Agar bu miqdor sezilarli darajada ko'paysa, qaytar aloqa tamoyili bo'yicha adrenokortikotrop rilizing-gormonning ajralishi, adrenokorti- kotrop gormonning qonga o'tishi kamayadi, bu o'z navbatida glyukokortikoidlarning qondagi miqdorini kamaytiradi. Glyukokortikoidlarning qonga o'tishi organizm xaddan tashqari kuchli ta’sirotlar ostida qolganda, ya’ni stress xolatlarida keskin o'zgaradi.
G. Sele fikri bo'yicha, bu uch bosqichdan — xavotirlanish, chidash va madorsizlanishdan iborat. Birinchi va ikkinchi bosqichlarda buyrak usti bezlari glyukokortikoidlarni ko'p miqdorda sintezlab, ehtiyojini qondirib turadi. Stress ta’siri davom etaversa, madorsizlanish bosqichi rivojlanishi mumkin. Bu vaqtda buyrak usti bezlarida kortikoidlar zahirasi tugaydi, bezning po'stloq qismi yemiriladi. Organizmga tashqaridan glyukokortikoidlar kiritilgan taqdirdagina ahvol yengillashadi.
Organizmda glyukokortikoidlarning ishlab chikarilishini tezlashishi yoki sekinlashishi jiddiy o'zgarishlarga olib keladi. Qonda kortizolning ko'payib ketishi — giperglikemiyaga (semirib ketishga, qon bosimining oshib ketishiga, shish paydo bo'lishiga va boshqa o'zgarishlarga) olib kelsa, yetishmovchiligi esa Addison kasalligiga (odamning terisi qorayib, jez rangini oladi, skelet va yurak mushaklari quvvatdan ketadi, odam salga charchaydi, yuqumli kasalliklarga chalinadigan bo'lib qoladi) olib keladi. Gipotalamusning gipofizatrop sohasida hosil bo'lgan kortikotropin-rilizing gormon (KRG) gipofizga kelib tushadi va AKTG ajralishini chaqiradi. Oxirgisi qon bilan buyrak usti bezining po'stlog'iga yetkazilib, u yerda glyukokortikoidlar sintezi va sekretsiyasini rag'batlantiradi. KRG ning hosil bo'lishi MATni yuksak bo'limlari tomonidan nazorat qilinadi. Bunda, MATga signal organizmning periferik qismlaridan keladi va qayta ishlanadi. Kortikoidlar konsentratsiyasining yuqori darajada o'zgarishi ta’sir kuchi ortgan paytda zarur bo'ladigan tizimlar adaptatsiyasiga olib keladi. Rag'batlarning juda xilma-xilligi, masalan, infeksion agentlar (antigenlar), keskin ajraladigan issiq va sovuq, gipoksiya, narkoz, jaroxat, gipoglikemiya, baland tovush va boshqa hissiy reaksiya chaqiradigan barcha rag'batlar glyukokortikoidlar sekretsiyasini ko'paytiradigan ko'plab fiziologik reaksiyalarga (be-zovtalanish reaksiyalari) olib keladi. Bu xolat stress deb ataladi va uni chaqiruvchi omillar esa stress omillar deyiladi. Ayrim hollarda stress omillarga bo'lgan reaksiya shunchalik jadal o'tishi mumkinki, buyrak usti bezlari po'stlog'idagi glyukokortikoidlarning barcha zaxirasi tugab, po'stloqni buzilishi (qon quyulishi) sodir bo'ladi. Buyrak usti bezlari po'stlog'ining jinsiy gormonlari organizm rivojlanishining embrion davridayoq ishlab chiqarila boshlaydi va homilaning o'g'il-qizligi bo'yicha shakllanishini ifoda qiladi. Po'stloq moddasining turli sohasida tug'ma yoki orttirilgan o'sma bo'lganda, odamning jinsidan qat’iy nazar, erkak jinsiy gormonlari — androgenlarning sintezi tezlashadi. Natijada, ayol genotipi bo'lgan bolalarda soxta germofroditizm (jinsiy bezlar erkak jinsiy bezlariga o'xshab ketadi,bachadon ,tuxumdonlar, sut bezlari yetarlicha rivojlanmaydi, mushaklar ortiqcha rivojlanadi, jun qoplami erkaklarnikiga o'xshash bo'ladi, ovoz dag'allashadiva h.k) rivojlanadi.Erkak genotipi bo'lgan bolalarda androgenlarning ortiqchaligi bo'yning barvaqt o'sishiga, genitaliyning kattalashuviga, moyaklarning yetilmay qolishiga, spermatozoidning bo'lmasligi, ikkilamchi jinsiy belgilar, jinsiy mayl, ereksiya kabilarning ilk paydo bo'lishiga olib keladi. Katta yoshdagi ayollarda buyrak usti bezlari po'stloq sohasi faoliyatining buzilishi natijasida ovoz dag'allashadi, soqol-mo'ylov chiqadi, teri osti to'qimalarida yog' kamayadi, skelet mushaklari erkak tipi bo'yicha rivojlanadi va boshqa ikkilamchi jinsiy belgilar (feminizatsiya hodisasi) paydo bo'ladi.
Dostları ilə paylaş: |