Kurs ishining maqsadi:Muhtaram Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoev Madaniyat va san’at sohasini yanada rivojlantirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risidagi Qarorida “umumiy o’rta ta’lim muassasalaridamilliy musiqa cholg’ularidan kamida bittasida kuy ijro etish mahorati o’rgatiladi hamda bu haqda ularning ta’lim to’g’risidagi hujjatiga (shahodatnoma) tegishli qayd kiritiladi1”. Olib borilayotgan islohatlar shuni ko’rsatib turibdiki, o’zbek milliy musiqa san’atining kelajagi porloqdir.
Prezidentimiz tomonidan 2022/2023 o’quv yilidan boshlab ta’lim muassasalarida o’quvchi va talabalarning musiqiy bilim va ko’nikmalarini oshirish, ularning qalbida milliy madaniyatga bo’lgan muhabbatni shakllantirish, yosh iste’dodlarni aniqlash va qo’llab-quvvatlashga qaratilgan quyidagi chora-tadbirlar amalga oshirilishi belgilandi. Milliy musiqa cholg’ularidan kamida bittasida kuy ijro etish mahorati o’rgatiladi hamda bu haqda ularning ta’lim to’g’risidagi hujjatiga (shahodatnoma) tegishli qayd kiritiladi. Mazkur qarorga 1-ilovadagi ro’yxatda keltirilgan milliy cholg’ulardan kamida bittasida, 2023/2024 o’quv yilidan boshlab esa kamida uchtasida kuy ijro etish mahoratiga ega bo’lish musiqa fani o’qituvchilari uchun majburiy hisoblanadi. Mazkur qaror ijrosi kelajakda ulkan natijalar beradi deb umid qilamiz. Barcha san’at ahli mutahassislari va biz talaba yoshlar kelajakda Prezidentimiz Qarorlarini sidqidildan bajarishni o’z oldimizga maqsad qilib olganmiz.
Kurs ishimning maqsadivokal-xor malakalarini rivojlantirish orqali bo’lajak o’quvchilarning estetik va badiiy didini tarbiyalash, professional uslubda kuylash malakalarini shakllantirishdan iboratdir.
Kurs ishining vazifalari:Asosiy vazifalardan biri ovoz xosil qilish malakalari va fiziologiyasini o’rganish hamda uni amalda qo’llay olish, shuningdek, vokal-xor malakalarini rivojlantirish va amaliy ko’nikma xosil qilishdan iborat.O’quvchilarning vokal-xor malakalarini rivojlantirish musiqanining sir-sinoatlarini bilish, nazariy va amaliy savodxonligini o’stirishga oid metodik tavsiyalar ishlab chiqish.