Mavzu: Musiqа o’qitish mеtоdikаsi pеdаgоgik printsiplаri.
Reja:
Kirish
Asosiy qisim.
Musiqа o’qitish mеtоdikаsi pеdаgоgik printsiplаri
Musiqа o’qitish mеtоdlаri.
Bоlа rivоjlаnishidа musiqаning o’rni
Musiqiy bilimlаrni o’zlаshtirish jаrаyonidа bоlа shахsni shаkllаntirish
Ilovalar
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Zamonaviy jarayonda o’tmish an’analariga yangicha qarash, ilg’or rivojlangan texnikadan munosib foydalanish hamda komil insonni tarbiyalash kabi omillarga alohida e’tibor qaratilmoqda. Zero, komil inson tarbiyasida musiqa eng muhim, ya’ni insonlarni ruhiy hamda ma’naviy tarbiyasiga asos bo’la oladigan omil sifatida qaraladi. O’quv-ta’lim jarayonining barcha bosqichlarida bunga e’tibor berilishining sababi ham shunda ekanligi shubhasizdir. Qolaversa, ta’limda alohida-alohida standartlar tarzida ishlangan dasturlar asosida faoliyat olib borish yo’lga qo’yilmoqda. Natijada o’qitish mezonida qo’llanilayotgan adabiyotlar va mavjud barcha nashrlarni zamonaviy talab darajasidagi yangi qarashlar bilan boyitish, shaklan hamda mazmunan yahlit bir o’quv adabiyoti ko’rinishiga keltirib takomiliashtirish taqozo etilmoqda.
Kurs ishining dolzarbligi: Umumta’lim maktablarida musiqa darslarining mazmuni, unga qo’yiladigan umumiy talablar, uning tuzilishi, o’ziga xos xususiyatlari, uni tashkil etish shakllari, vosita va usullari yuqorida qayd etilgan olimlar tomonidan ishlab chiqilgan bo’lsada, lekin musiqa ta’limi va tarbiyasi jarayoniga bugungi kunnuqtai nazaridan yondashib, uni samarali tashkil etish yo’llarini aniqlash alohida muammo sifatida o’rganilganicha yo’q. Amaliyotda ham ushbu muammo, musiqa tarbiyasining boshqa ko’plab muammolari qatori o’zining to’laqonli yechimini topmagan bugungi kunning dolzarb muammolaridanbiridir.
Dostları ilə paylaş: |