Mavzu: Mustaqillik yillarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Reja:
1. O‘zbekiston mustaqilligi yillarida Qoraqalpog‘iston davlatchiligi taraqqiyoti.
2. Iqtisodiy taraqqiyotning rivojlanishi.
3. Ijtimoiy sohaning rivojlanishi.
4. Ilm-fan va madaniyatning rivojlanishi
XX asrning boshlarida Markaziy Osiyo xalqlari siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy
hayotida katta o‘zgarishlar yuz berdi. 1924- yili Turkiston ASSRning Amudaryo viloyati va Xiva
xonligining Xo‘jayli hamda Qo‘ng‘irot tumanlari hududida Qozog‘iston ASSR tarkibida
Qoraqalpog‘iston avtonom viloyati tashkil etildi. U 1930- yildan RSFSR tarkibiga kirdi. 1932-
yilda Qoraqalpog‘iston Avtonom Respublikasiga aylantirildi. Qoraqalpoqlar tarixida 1936-yil
muhim siyosiy voqealar yili sifatida abadiy qoladi. Chunki, shu yili ular o‘z taqdirlarini
O‘zbekistan SSR tarkibiga kirish bilan belgiladi va o‘z tanlagan yo‘lining istiqbolli ekanligini
ko‘rsata oldi. SSSR tarqalib ketganidan so‘ng mustaqil O‘zbekiston tarkibidagi suveren
Qoraqalpog‘iston Respublikasi maqomini oldi. Bu tabiiy hodisa edi. Chunki, asrlar mobaynida
qoraqalpoqlar bilan o‘zbek xalqi o‘rtasida do‘stlik, qardoshlik munosabatlari qaror topgan,
turmush tarzlari va dunyoqarashlarida mushtaraklik vujudga kelgan edi. Orolbo‘yi kengliklarida
qadimiy o‘zbek va qoraqalpoq ajdodlan birgalikda yashab, mehnat qilishdi. O‘zlarining mushtarak
taraqqiyot yo‘llarini bosib o‘tishdi. Qadimiy turkiy qavmning ikki shajarasi yillar mobaynida
haqiqiy og‘a-inichilik fazilatlarini ko‘rsatdilar, o‘zaro munosabatlami chuqurlashtirdilar. Bu ikki
qavm ma’naviy-ruhiy yaqinligini belgilaydigan asosiy omil va madaniyatlar mushtarakligi,
ularning o‘zaro yaqinligi edi. Darhaqiqat, tillar yaqinligi dillar yaqinligiga olib keldi. Madaniyatlar
bir-birini boyitdi. Qadimiy madaniyat namunalari, umummilliy qadriyatlar, jondosh-u qondosh
bo‘lgan har ikki millat uchun tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan an’analar shakllandi. Shu asosda
iqtisodiy hamkorlik, yagona iqtisodiy makon vujudga keldi. O‘zbekiston tarkibida o‘tgan 60 yillik
tarix qoraqalpoq xalqi uchun jiddiy o‘zgarishlar davri bo‘ldi. Madaniy va ma’naviy ravnaq, 159
san’at va adabiyo‘ldagi yuksalish, qishloq xo‘jaligi va sanoat ishlab chiqarishidagi katta yutuqlar
bevosita qardosh o‘zbek xalqining beg‘araz yordami, og‘alarcha ko‘magi bilan dunyoga keldi.
Qardoshlik va yaqin qo‘shnichilik singan yuksak insoniy fazilatlar asrlar sinovidan o‘tib, og‘ir
kunlarda eng ishonchli qurol bo‘lib xizmat qildi. Natijada, Sovet hokimiyati yillaridagi
ma’muriybuyruqbozlik usuli, soxta va asossiz milliy siyosat, «ulug‘ og‘a»larga xos soxta va
yuzaki «millatparvarlik» bu makon xalqlarining munosabatlariga rahna sololmadi. Qoraqalpoq va
o‘zbek xalqi bir necha o‘n yilliklar mobaynida to‘planib qolgan muammolami hal etishda,
ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlami yanada chuqurlashtirishda o‘z an’analaridan unumli foydalanish
yo‘lini tanladilar. Har ikki xalq taqdiri, istiqboli bir ekanligini, ularni mushtarak orzular, yagona
intilish birlashtirib turganligini ochiq-oydin ko‘rsatdilar. Tarixan turli davrlarda turli siyosiy
o‘zgarishlar va qiyinchiliklarda toblangan do‘stlik va qardoshlik munosabatlari bunga asos bo‘ldi.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, sobiq SSSR davrida milliy masaladagi yuzaki yondashuvlar,
balandparvoz shiorlar, asossiz chaqiriqlar faqat «ulug‘ og‘a»lar manfaatiga xizmat qilardi, xolos.
Bu shiorlar milliy ravnaq, kichik xalqlaming milliy taraqqiyoti, ittifoqdosh respublikalar
xalqlarining milliy ehtiyojlarini qondirishdan uzoq edi. Totalitar davlatchilik paytida birinchi
rahbar biron marta ham Qoraqalpog‘istondan bo‘lmagan, uning xalqi hayoti bilan tanishmagan,
unga yaqindan yordam bermagan edi. Yuqoridan amalga oshirilgan bir yoqlama rejalashtirish,
kichik xalqlarga bo‘lgan e’tiborning sustligi tufayli Qoraqalpog‘iston sobiq ittifoq tarkibida
taraqqiyot darajasi eng past bo‘lgan o‘lkaga aylandi. Ittifoq hukumatining aybi bilan qiyinchiliklar
chuqurlashdi, muammolar ustiga muammolar to‘plandi. Ekologik halokat yuzaga keldi.
Amudaryo suvining ifloslanishi va Orol dengizining qurishi bilan bog‘liq bo‘lgan jiddiy
muammolar paydo bo‘ldi. To‘planib qolgan siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy va ma’naviy taraqqiyot
borasidagi muammolar tizimini hal etishda eng adolatli yo‘1 tanlandi: yagona zamin, yagona
makon birlashtirib turgan, umumiy taqdirini mushtarak etgan O‘zbek va Qoraqalpoq xalqlari o‘z
taqdirlarini abadiy birlikda ko‘rishdi. Qoraqalpoq xalqi milliy davlatchilik asoslarini qurishda
hamda tom ma’nodagi siyosiy va iqtisodiy mustaqillikka o‘zbek xalqi ko‘magida erishdi va
o‘zining porloq kelajagini yaratishga kirishdi. Uning ulkan orzu-umidi bekamu ko‘st amalga
oshadigan bo‘ldi. 160 Qoraqalpog‘iston jamoatchiligining O‘zbekiston tarkibida davlat
mustaqilligi va respublika maqomining huquqiy asosiga ega bo‘lishga intilishi Prezident Islom
Karimov tomonidan qo‘llabquvvatlandi. Natijada 1990-yil 14-dekabrda Qoraqalpog‘iston
Respublikasi Oliy Kengashi o‘zining IV sessiyasida «O‘zbekiston Respublikasi tarkibida
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Davlat suvereniteti to‘g‘risidagi» Deklaratsiyani qabul qildi.
Mazkur Deklaratsiya 1991-yil 31-avgustda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasi davlat
mustaqilligi asoslari to‘g‘risida»gi Qonunda o‘zining huquqiy maqomiga ega bo‘ldi. Unda
Qoraqalpog‘istonning hududiy yaxlitligi va mustaqilligi to‘la e’tirof etildi. Qonunda
Qoraqalpog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasidagi munosabatlar teng huquqlilik, ikki tomonlama
shartnomalar, bitimlar va boshqa qonun aktlari asosida mustahkamlanishi ko‘rsatib berildi. Har
ikki respublika o‘rtasidagi siyosiy, huquqiy, iqtisodiy va madaniy munosabatlar O‘zbekiston
Respublikasining 1992-yil 8-dekabrda qabul qilingan Konstitutsiyasida (70-75-moddalar) o‘z
aksini topdi. Natijada ikkitomonlama hurmat asosida qoraqalpoq xalqining o‘z taqdirini o‘zi
belgilash, mustaqil taraqqiyot hamda milliy davlatchilikni mustahkamlashdagi roli oshdi.
Kelajakka qat’iy ishonch bilan qaraydigan, olis istiqbolni yaratishning kafolatini beradigan
huquqiy maqomga ega boidi. Bundan tashqari O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida
belgilanganidek (70-modda) Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘zbekiston Respublikasi tomonidan
himoya qilinadi. Konstitutsiyaning 21-moddasiga asosan Qoraqalpog‘iston Respublikasi fuqarosi
ayni paytda O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi hisoblanadi. Bu qoraqalpoq xalqiga O‘zbekiston
xalqlarining barcha huquqlardan foydalanish imkonini beradi. Ularning haq-huquqlari va
erkinliklarini kafolatlaydi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi Qoraqalpog‘iston
Respublikasi taraqqiyoti uchun qator imkoniyatlar beradi. Masalan, Oliy Majlis va O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti huzurida uning huquqiy vakilligi mavjud. 86-moddada mustahkamlab
qo‘yilganidek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi o‘rinbosarlaridan biri
Qoraqalpog‘iston Respublikasining vakili bo‘ladi. Konstitutsiyaning 98-moddasiga binoan
Qoraqalpog‘iston Respublikasi hukumati rahbari lavozimi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi tarkibiga kiradi. 107-moddaga binoan esa O‘zbekiston Respublikasi sud
tizimiga Qoraqalpog‘iston Respublikasining xuddi shunday huquq organlari kiradi. Sud hujjatlari
o‘zbek tili bilan birga qoraqalpoq tilida ham olib boriladi (115-modda). O‘zbekiston
Konstitutsiyasining 71-moddasida belgilab qo‘yilganidek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi o‘z
Konstitutsiyasiga ega bo‘lmog‘i kerak. Ana shu huquqiy asosga ko‘ra Qoraqalpog‘iston
Respublikasi Oliy Kengashi o‘zining XII sessiyasida (1993-yil 9-aprel) Qoraqalpog‘iston
Respublikasi Konstitutsiyasini qabul qildi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasi
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga hech qanday monelik qilmaydi, aksincha uni bosh
huquqiy asos sifatida biladi va Qoraqalpog‘iston hududida to‘la amal qilishini ta’minlaydi.
O‘zbekiston Respublikasi qonunlari Qoraqalpog‘istonning butun hududida majburiy ekanligi
e’tirof etilgan. Qoraqalpoq milliy davlatchiligi o‘z taraqqiyoti tarixida birinchi marta ana shunday
insonparvar, adolatli, demokratik imtiyozlarga ega bo‘ldi. Ayni paytda u suveren respublikaning
barcha atributlariga ega. Jumladan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy Majlisining 1992-yil 14-
dekabrda bo‘lib o‘tgan XI sessiyasida Qoraqalpog‘iston Davlat bayrog‘i, 1993-yil 9-aprelda bo‘lib
o‘tgan XII sessiyasida Davlat tamg‘asi, 1993-yil 4-dekabrda bo‘lib o‘tgan XIV sessiyasida Davlat
madhiyasi tasdiqlandi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasiga asosan 1994-yil 25-
dekabrda Oliy Kengashning 86 deputatdan iborat yangi tarkibi muqobillik asosida saylandi. Ayni
paytda Parlament Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qarg‘i Kengesi deb ataladi. Jo‘qarg‘i
Kengesning 1995 yil 11 yanvarda, Nukus shahrida bo‘lib olgan birinchi chaqiriq birinchi
sessiyasida Jo‘qarg‘i Kenges Raisi, uning o‘rinbosarlari, mandat komissiyasi, 8-qo‘rnita raislari
va uning a’zolarini sayladi. Ayni paytda deputatlar qo‘rnitalar raislari rahbarligida respublika
qonunchilik tizimini yaratishda faol ishtirok etmoqdalar. Xususan, demokratik jamiyat qurish,
erkin bozor munosabatlarini shakllantirishga moijallangan muhim qonun va qarorlar qabul qilindi.
Jo‘qarg‘i Kenges Raisi qoshida doimiy harakatdagi Kengash tashkil qilingan bo‘lib, uning
tarkibiga Jo‘qarg‘i Kenges Raisi, rais o‘rinbosarlari, Ministrlar Kengashi raisi, mandat komissiyasi
va qo‘rnitalar raislari kiradi. Qoraqalpogiston Respublikasi ijroiya organi Ministrlar Kengashi
hisoblanadi. Uning tarkibiga rais, ikkita birinchi o‘rinbosar va 4 ta tarmoq o‘rinbosarlari kiradi.
Shuningdek, ijroiya hokimiyat tarkibini Vazirliklar va qator tarmoq qo‘rnitalari rahbarlari tashkil
etadi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ministrlar Kengashi Toshkent shahri162 iln O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoshida o‘zining InIi olib boruvchi doimiy vakiliga ega.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida faoliyat ko‘rsatayotgan qator jamoat tashkilotlari bu yerda
demokratik jarayonlaming tobora qaror topayotganidan dalolat beradi. Ayni paytda Respublika
hududida hukumatga qarashli bo‘lmagan qator tashkilotlar, jumladan, «Orol va Amudaryoni
himoya qilish uyushmasi» «EKOSAN» «Aralsos», «SogMom avlod uchun» singari bir qator
xalqaro tashkilotlaming bo‘limlari ish olib bormoqda. Ayni vaqtda shuni ta’kidlash joizki,
mustaqillik yillarida Qoraqalpog‘istonda qonunchilik, ijroiya va sud hokimiyatining zamonaviy
tizimini vujudga keltirishda dastlabki qadamlar qo‘yilgan bolsada, hali bu borada qator
muammolar hamon saqlanib qolmoqda. 1997-yil 17-iyul kuni Nukusda bo‘lgan Qoraqalpog‘iston
Respublikasi Jo‘qarg‘i Kengesining navbatdan tashqari sessiyasi qonun chiqaruvchi va ijroiya
hokimiyati faoliyatlarida davom etib kelayotgan kamchiliklami chuqur tahlil qildi. Xususan, qabul
qilingan qonun va qarorlami hayotga to‘la tatbiq qilinishida, ijroiya intizomini qaror topdirishda
hali jiddiy kamchiliklar borligi qayd qilindi. Shu bois sessiyada nutq so‘zlar ekan, Prezident
I.Karimov «... Har bir boshqaruv tizimi, har bir rahbar organ, avvalo o‘z tasarruflda belgilangan,
topshirilgan ishlar bilan shug‘ullanishini ta’minlash zarur», - deb ko‘rsatma berdi. Sessiyada
Qoraqalpog‘iston boshqaruv tizimida bir qator kamchiliklar mavjudligi ro‘yirost ko‘rsatib o‘tildi.
Jumladan, Jo‘qarg‘i Kenges va Ministrlar Kengashi faoliyatlaridagi bir-birini takrorlash hollari
tanqid qilindi. Amaliy faoliyatga xalaqit berayotgan rasmiyatchilik, hujjatbozlik, bo‘lar-bo‘lmas
ma’lumo‘llar to‘plash kabi nuqsonlar tilga olindi. Kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yishdagi
rasmiyatchilik va to‘rachilik illatlariga barham berish alohida ta’kidlandi. Jo‘qarg‘i Kenges
amalda tarixga aylanib qolgan va o‘tmish sarqiti hisoblangan sho‘rolar davridagi «Oliy Sovet
Prezidiumi» rolini bajarayotgani ko‘rsatib o‘tildi. Jo‘qarg‘i Kenges qo‘rnitalari faoliyati o‘z
maqomiga va o‘z oldiga qo‘ygan vazifalarga mos kelmaydi. Jumladan, ular muhokama qilayotgan
masalalaning aksariyati ishlab chiqarishga doir muammolardir. Aksincha, qonunchilik bilan
shug‘ullanish, har bir qo‘rnita o‘z sohasi bo‘yicha qonunlar tizimini yaratish lozim. Qonunchilik
hokimiyati - Jo‘qarg‘i Kenges o‘z vazifasi, Ijro hokimiyati - Ministrlar kengashi va sud
hokimiyatlari o‘z maqomi 163 doirasida ish olib bormog‘i lozim. Ana shunda haqiqiy demokratik
jamiyat shakllanadi. 1991-2008-yillar, aytish mumkinki, Qoraqalpog‘iston davlatchiligi
shakllanish davri bo‘ldi. Ayni paytda bu o‘lkada hozirgi zamon davlatchiligi ilg‘or tajribalari
asosida, O‘zbekiston davlatining ko‘magi va yordami bilan amaldagi konstitutsiyalar doirasida har
tomonlama rivojlanmoqda. Fuqarolik jamiyati tamoyillari tobora chuqurlashmoqda.
Iqtisodiy taraqqiyot O‘zbekistonda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlarni amalga
oshirishda ko‘p millatli Qoraqalpog‘iston xalqining, ana shu mo‘tabar yurt kishilarining ham
munosib hissasi bor. Shu bois mamlakat hukumati bu masalada Qoraqalpog‘iston Respublikasini
har tomonlama qo‘llab-quvvatlamoqdaki, 1996-yili ushbu maqsadlar uchun 10 milliard so‘m
mablag‘ ajratildi. Bu Qoraqalpog‘iston milliy daromadining 55 foizini tashkil qilardi. Bundan
tashqari, Qoraqalpog‘istonga berilayotgan moliyaviy yordam miqdori 1994-yilga nisbatan 18
barobar ko‘paydi. 2006-yilga kelib O‘zbekiston markaziy budjetidan Qoraqalpog‘istonga
berilayotgan subvensiya, ya’ni moliyaviy yordam miqdori yana ham ko‘paydi yoki butun
Qoraqalpog‘iston budjeti xarajatlarining 75 foizini tashkil etmoqda. O‘zbekiston hukumatining
amaliy yordami qoraqalpoq xalqining fidoyi mehnati tufayli keyingi yillarda Qoraqalpog‘istonda
aholi turmush sharoitini yaxshilash, tub iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish borasida qator ijobiy
natijalarga erishildi. Eng avvalo, elda tinchlik va barqarorlik mustahkamlandi. Hamjihatlik bilan
yurt istiqboli yoiida mehnat qilishga sharoit yaratildi. Mustaqillikning dastlabki yillaridayoq
Respublikada mulkchilikning yangi shakllari paydo bo‘la boshladi. Ishlab chiqarish va xizmat
sohasida nodavlat sektoming hissasi oshib bordi. 2006-yilga kelib sanoat, qishloq xo‘jaligi va
savdoda bu ko‘rsatkich 90 foizni tashkil etmoqda. Respublika iqtisodiyotining boshqa
yo‘nalishlarida ham modernizatsiyalash jarayoni tobora chuqurlashmoqda. Jumladan, bank
tizimida jiddiy islohotlar amalga oshirildi. Bu yerda davlat banklari bilan birga tijorat va xususiy
banklar ham faoliyat ko‘rsatmoqda. Agrosanoat banki va sanoat-qurilish banki ixtisoslashtirilgan
hissadorlik tijorat banklariga aylantirildi. Qoraqalpog‘iston tarixida birinchi marta tashqi iqtisodiy
faoliyat milliy banki tashkil etildi. 164 Qoraqalpogistonda ulguiji va birja savdosi bilan
shug‘ullanuvchi hissadorlik uyushmalari keng faoliyat ko‘rsatmoqda. Tovar ishlab chiqaruvchilar,
iste’molchilar va ishbilarmonlaming butun imkoniyatlarini ishga solish maqsadida ularning
erkinligi va teng huquqliligini ta’minlash choralari ko‘rildi. Qoraqalpog‘istonda 1996-yili 51 ta
ulguiji tizim, shu jumladan 2 ta savdo uyi, 13 ta ulguiji savdo do‘konlari va omborlar, 17 ta ko‘tara
savdo bozor hamda O‘zbekiston tovar xomashyo birjasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi 19 ta
supermarket do‘konlari faoliyat ko‘rsatdi. 1997-yilning birinchi yanvarigacha bo‘lgan
ma’lumotlarga qaraganda xususiylashtirishdan tushgan mablag‘larning umumiy hajmi 330 million
so‘mni tashkil etdi. Uning 20 foizi respublika ijtimoiy taraqqiyotiga ajratildi. 50 foizi esa
tadbirkorlami qo‘llab quvvatlash maqsadida imtiyozli kreditlar ajratishga sarflandi. Shu bilan
birga
Qoraqalpog‘iston
Respublikasi
davlat
mulkini
xususiylashtirish
qo‘rnitasi
xususiylashtirilgan korxonalar va tadbirkorlami qo‘llab-quvvatlash maqsadida 13,8 million so‘m
kredit ajratdi. Bozor fondining faoliyati sezilarli ravishda faollashdi. 1996- yilda respublika fond
birjalari filiallarida 191,6 million so‘mlik aksiyalar sotildi. O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining davlat korxonalarini aksionerlik jamiyatlariga aylantirish, qimmatbaho qog‘ozlar
bozorini rivojlantirishga oid farmonlarini bajarish amalda o‘z samaralarini bera boshladi. 1997-yil
1-yanvar holatiga qaraganda respublikada soliq idoralari tomonidan 318 ta aksionerlik jamiyatlari
ro‘yxatga olindi. 1996-yil yakuniga ko‘ra ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi 10355,7 min
so‘mlikni tashkil etdi, bu 1995-yilga nisbatan 2,2 marta ko‘pdir. Jami sanoat ishlab chiqarish
hajmida nodavlat korxonalarining ulushi 90 foizga o‘sdi. 144ta sanoat korxonalari va
birlashmalaridan 113 tasi mulkchilikning turli shakllariga o‘tib ishlay boshladi, jumladan, xususiy
korxonalar 20, jamoa korxonalari 50, davlat aksionerlik jamiyatlari 41, qo‘shma korxonalar 2ta
bo‘ldi. Kichik va xususiy korxonalar, yakka tartibda mehnat faoliyati bilan shug‘ullanuvchi
korxonalar rivojlandi. Ular bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlashga moslasha boshladilar. Mehnat
unumdorligi va mahsulot ishlab chiqarish hajmi o‘sa boshladi. Respublikada 1996-yilda amaldagi
narxlarda 10754,4 min. so‘mlik sanoat mahsuloti ishlab chiqarildi, bu solishtirma narxlarda
olganda 1995-yildagiga nisbatan 101,5 foizni tashkil etadi. 1991-1996-yillarda natural
ko‘rinishida mahsulot ishlabchiqarish ham ko‘paydi, xususan past voltli apparaturalar, yo‘1
qurilishi mashinalari ehtiyot qismlari, yengil sanoat texnologik uskunalari va 165 ularning ehtiyot
qismlari, mebellar va boshqalar ana shular jumlasidandir. Paxtadan ip ishlab chiqarish, ip
gazlamalari, tayyor trikotaj buyumlar, iste’mol mahsulotlaridan un, makaron, mineral suv va
boshqa salqin ichimliklar ishlab chiqarish ko‘paydi. 1996-yilda yig‘ma temir-beton
konstruksiyalari va detallar, toshdan bezakli materiallar tayyorlash, qandolatchilik mahsulotlari,
o‘simlik yog‘i, uzum vinosi, salqin ichimliklar va osh tuzi ishlab chiqarish hajmi va turi o‘sdi.
Sanoatda bir qator ijobiy o‘zgarishlar yuz berdi. Jumladan, 1995- yilda Xo‘jayli shahrida shisha
idishlar zavodi qurilib foydalanishga topshirildi, natijada respublikaga chetdan shisha idishlarni
tashib keltirish sezilarli darajada kamaydi. 1996-yilda Qo‘ng‘irotdagi Urgagaz sanoati
korxonasida gaz kondensati va tabiiy gaz qazib chiqarilishi boshlab yuborildi. Aholini tabiiy gaz
bilan ta’minlash darajasi keskin oshdi. «Qoraqalpoqqurilish» aksionerlik jamiyatida Italiya
firmalarining yuqori sifatli jihozlari bilan jihozlangan, yiliga 60 ming kv. m. marmar bloklari va
plitalari ishlab chiqaradigan yangi marmar sexi ochildi. «Nukusun» zavodida esa spirt ishlab
chiqaradigan yangi sex qurildi. Yengil sanoat ishlab chiqarishining bazasi kengaya bordi. 1993-
yilda Nukus shahrida «Kateks» to‘qimachilik majmuasi, 1995-yilda Ellikqal’a tumanida ham
«Elteks» nomli xuddi shunday to‘qimachilik majmuasi foydalanishga topshirildi. Moliyaviy
qiyinchiliklarga qaramay qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash bo‘yicha qator chora-
tadbirlar amalga oshirildi. Nukus va Qo‘ng‘irot un kombinatlari, To‘rtko‘lda 3 million shartli
banka konserva mahsulotlari ishlab chiqaradigan zavod, Ellikqal’a tumanida esa shunday
quvvatga ega bo‘lgan konserva sexi foydalanishga topshirildi. 1995-yilda Qo‘ng‘irot tumanida
Markaziy Osiyoda yagona hisoblangan, yiliga 190 ming tonna kalsiyli soda ishlab chiqaradigan
zavod qurilib ishga tushirildi. Zavod tarkibida kimyoviy yo‘l bilan ekologik toza va energiya
sarflanmaydigan kaustik soda ishlab chiqarish ham ko‘zda tutilgan. Mulkni davlat tasarrufidan
chiqarish va xususiylashtirish natijasida 144 ta sanoat korxonasidan 113 tasi mulkchilikning turli
shakllariga o‘tib ishlay boshladi. Nodavlat shakliga o‘tib ishlayotgan korxonalaming rivojlanish
darajasi oshdi. Shuningdek, korxonalar iqtisodiy samaradorligi, foyda olish borasida ham sezilarli
yutuqqa erishdi. Bu borada xususiy korxonalar ayniqsa, peshqadamlik qila boshladi. Lekin shuni
ham alohida ta’kidlash joizki, ayrim sanoat korxonalarining asosiy ishlab chiqarish fondlari
(dastgohlar, mexanizmlar) ma’naviy va jismoniy jihatdan eskirgani sezilib qoldi. Ularning eskirish
darajasi 35 foizdan yuqori. Eng avvalo yigiruv-to‘quv fabrikalari, go‘sht-sut va oziq-ovqat sanoati
korxonalari (konserva zavodi, vino zavodi) ishlab chiqarish parklarini yangilash talab etiladi.
Qoraqalpog‘istonda mehnatga layoqatli aholining asosiy qismi qishloqda istiqomat qiladi.
Mustaqillik yillarida boshqa sohalar qatorida agrar sektorda ham iqtisodiy qayta qurish, bozor
munosabatlariga o‘tish ro‘y berdi. Qishloq xo‘jaligi ilgarigidek, respublika iqtisodiyotining
yetakchi tarmog‘i bo‘lib qoldi. 1997-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra respublikada 263 ta qishloq
xo‘jalik korxonasi faoliyat ko‘rsatdi. Nodavlat sektorining jami ishlab chiqarilgan mahsulotdagi
ulushi 98,3 foizni tashkil etdi. Ayrim qishloq xo‘jalik mahsulotlari, jumladan, paxta yetishtirishda
nodavlat korxonalaming hissasi 97,9 foizni, donchilikda 98,1 foizni, kartoshkachilikda 99,7 foizni,
sabzavo‘lchilikda 98,8 foizni, polizchilikda 95,1 foizni, bog‘dorchilikda 98,5 foizni, pillachilikda
100 foizni, go‘sht yetishtirishda 98,9 foizni, sut va tuxum ishlab chiqarishda 99,4 foizni, qorakoi
teri va jun yetishtirishda 100 foizni tashkil etdi. Dehqonchilikda ekin maydonlarining tarkibi
o‘zgardi. Agar 1991-yilda g‘alla maydonlari ekin maydonlarining 27,1 foizini (jumladan, bug‘doy
1,9) tashkil etgan boisa, 1996-yilning oxirida bu 35,8 foizga yetdi (bug‘doy maydonlari 8,3 foiz).
Shu davr mobaynida bug‘doy yetishtirish 13,6 ming tonna, ya’ni 3 marta, kartoshka 6,7 ming tonna
yoki 2,3 marta, sabzavo‘l 11,4 ming tonna, uzum yetishtirish 4 martaga ko‘paydi. Respublika oziq-
ovqat majmuasida shaxsiy yordamchi xo‘jaliklaming hissasi tobora ko‘paydi. Paxtachilik keskin
rivojlandi. Xususan, 2005-2006-yillarda paxta yetishtirish va uni eksport qilish rejalari oshirib
bajarildi. Shu bilan birga chorvachilikda ahvol ancha mushkullashdi. Murakkab iqlim sharoiti
tufayli respublikada mustaqillikning dastlabki yillarida hayvonlar soni kamaydi. Jumladan,
1991—1996-yillarda xo‘jaliklar, davlat xo‘jaliklari, ijara korxonalari, kooperativlarda va boshqa
qishloq xo‘jalik korxonalarida 22 ming 588 bosh yirik shoxli qoramol, 23 ming 236 cho‘chqa, 176
ming 603 bosh qo‘y va echkilar yo‘qo‘lildi. Qoraqaipogistonda dehqon fermer xo‘jaliklari tashkil
etish bo‘yicha yetarli tajriba to‘plandi. Masalan, Ellikqal’a tumanida dehqonlarga yer, ishlab
chiqarish vositalari va yetishtirilgan mahsulotlarga egalik qilish imkonini berish maqsadida
mavjud 14 ta jamoa 167 xo‘jaliklari dehqon-fermer xo‘jaliklari uyushmasiga aylantirildi.
Dehqonlarga meros qilib qoldirish huquqi bilan yerlar uzoq muddatga ijaraga berildi. Ana shu
tajribani ma’qullab, O‘zbekiston hukumati maxsus qaror qabul qildi. Xo‘jalik yuritishning bu
yangi usuli boshqa viloyatlarda yaxshi natija berdi. Lekin, Qoraqalpog‘istonning o‘zida ana shu
tajribani ommalashtirishga jiddiy e’tibor berilmadi. Oqibatda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari
hajmida ularning hissasi nihoyatda kam bo‘ldi. Buning asosiy sababi fermer xo‘jaliklariga xizmat
ko‘rsatuvchi korxonalar yaxshi ishlamadi, bo‘rdoqichilik bazasi sust rivojlandi, zotdor
hayvonlarni ko‘paytirish qoniqarsiz ahvolda, moddiy-texnika va pul mablag‘lari bilan ta’minlash
past darajada, agro‘lexnik va zooveterinariya xizmati ko‘rsatish juda bo‘sh tashkil etildi. Biroq,
tajribalar o‘z samarasini berdi. 2000-yildan boshlab bu sohada katta siljishlar yuz berdi. 2006-
yilga kelib, dehqonchilik qilinadigan yerlarning asosiy qismi o‘z egalarini topdi, mulkchilikning
fermerlik shakli rivojlandi. Keyingi yillar ichida investitsiya faoliyatida sezilarli o‘zgarishlar ro‘y
berdi. Kapital qurilishda korxonalaming mablag‘lari hisobidagi qurilishlar hajmi ko‘payib, budjet
mablag‘ining hissasi kamaydi. Bozor munosabatlariga o‘tish sharoitida ishlab chiqarish
korxonalari qurilishiga ajratilgan mablag‘lar noishlab chiqarish obyektlariga ajratilgan mablag‘ga
nisbatan ancha ko‘p bo‘ldi. Masalan, 1995- yilda ishlab chiqarish korxonalari qurilishiga ajratilgan
mablag‘i 61,2 foizni tashkil etgan bo‘lsa, birgina 1996-yilda bu 78 foizga yetdi. Bir vaqtning o‘zida
noishlab chiqarish obyektlari uchun ajratilgan mablag‘1lar miqdori 38,8 foizdan 22 foizgacha
kamaydi. Respublikada xususan 2000-2006-yillarda tashqi iqtisodiy aloqalarga ham katta e’tibor
berildi. 1996-yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasining tashqi savdodagi asosiy sheriklari hissasi
Rossiya 11,4 foiz, AQSH 14,1 foiz, Janubiy Koreya 11,1 foiz, Shveysariya 9,4 foiz, Niderlandiya
7,2 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2006-yilga kelib bu ko‘rsatkichlar ancha oshdi. Eksport qilingan
tovarlar hajmi 122,9 million dollarga teng bo‘ldi. Uning tashqi savdo oboro‘sidagi ulushi 53,8
foizni tashkil etdi. G‘arb mamlakatlariga eksport qilingan xomashyo 113,6 million AQSH
dollarini, yaqin g‘arb mamlakatlariga jo‘natilganlari esa 9,3 million AQSH dollarini tashkil etdi.
Uzoq g‘arbga asosan paxta tolasi, toladan olingan mahsulotlar, qayta ishlangan neft mahsulotlari
sotildi. Paxta tolasi jami eksport mahsulotlarining 95 foizini tashkil etdi. Tashqi savdo oboro‘sida
importning salmog‘i 1996-yilda 46,2 foizni tashkil qildi. Uning hajmi 1995-yildagiga nisbatan 3,4
marta ko‘paydi. Import mahsulotlari tarkibida asosan xalq iste’mol mollari 60,9 foiz, qora va rangli
metallar 18,9 foiz, oziq-ovqat mahsulotlari 13,1 foizni tashkil etdi. Uzoq g‘arb mamlakatlaridan
keltirilgan mahsulotlar 70,1 million AQSH dollariga teng bo‘lib, bu jami importning 66,4 foizini
tashkil qildi. Yaqin xorijiy mamlakatlardan respublikaning 130 korxonalari orqali 35,4 million
dollarlik mahsulotlar olib kelindi. Yaqin xorijiy mamlakatlardan asosan shakar, bug‘doy, mashina
va jihozlar, agregatlar va ularning ehtiyot qismlari, quvurlar, avtomashinalar, ishlab chiqarishni
komplektlovchi materiallar va boshqa turdagi mahsulotlar keltirildi. Bular Mustaqillikning o‘tgan
davrida qo‘lga kiritilgan dastlabki yutuqlar. Biroq, respublikaning hali foydalanilmagan,
iqtisodiyotni rivojlantirishga muhim omil bo‘lgan imkoniyatlari to‘la ishga solinmagan.
Qoraqalpog‘iston
Respublikasini
2006-yilda
ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlantirish
makroiqtisodiyotning barqaror o‘sishi ta’minlandi, xalq xo‘jaligini modemizatsiya qilish borasida
salmoqli qadamlar qo‘yildi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka keng yo‘l ochib berildi.
Xususan, 2006-yilda Qoraqalpog‘istonning yalpi hududiy mahsuloti avvalgi yildagiga nisbatan
106,3 foiz o‘sdi. Agar sektorda» erishilgan bu yutuqlaming bosh omili qishloq mulkdorlari sinfi,
mamlakat iqtisodiyotining tayanchi va suyanchi - fermerlar mavqeyi yanada mustahkamlandi.
Qoraqalpog‘iston iqtisodiyotining o‘zak tarmoqlaridan biri hisoblangan sanoatda 175 milliard
so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilib, 2005-yildagiga nisbatan 110 foiz o‘sishga erishildi. Biroq,
sanoatdagi bugungi o‘sish - o‘zgarishlami yuksak talablar daraj asida, deb boimaydi. 2007- yilda
yengil sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini 2 baravar ko‘paytirish, xorijiy sarmoyalarni
jalb etishni tubdan chuqurlashtirish vazifalari belgilandi. Yog‘-moy sanoatidagi tarkibiy
o‘zgarishlar sust, yangi texnologiyalar bilan jihozlash orqada qolgan. Qoraqalpog‘istonning
yerosti boyliklarini o‘zlashtirish, xususan, uglevodorod zaxiralarini mamlakat manfaatlariga
bo‘ysundirishda ilg‘or xorij sarmoya va texnologiyalaridan samarali foydalanishga katta e’tibor
berilmoqda. 2008- yili Qoraqalpog‘istonda iqtisodiy va ijtimoiy sohalarga jami 250 milliard
so‘mlik investitsiyalar kiritildi. Natijada yangi maktablar, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari
qad rostladi.
Ijtimoiy sohaning rivojlanishi Mustaqillik yillarida respublikada ijtimoiy sohalar
rivojlanishiga e’tibor kuchaydi. 1991-1996-yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasida ma’lum
demografik o‘zgarishlar ro‘y berdi. Tug‘ilish (ming kishi hisobida) 1991-yildagi 36,4 dan 1996-
yilda 25,0 kishiga qisqardi. Tug‘ilishning kamayishi o‘z o‘rnida respublika aholisining o‘sish
darajasiga ta’sir etdi. Jumladan, O‘zbekistonning viloyatlar ichida aholi o‘sishi eng past bo‘lgan
Toshkent viloyati (23,4) pasayib ketdi (18,6). Demografik o‘zgarishning asosiy sabablaridan biri
tug‘ilishning kamayishiga, aholining ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik yashash sharoitlariga
bog‘liqdir. 1991-1996-yillarda respublikadan (kelganlami chiqarib tashlaganda) 26,7 ming kishi
ko‘chib ketgan. 1997-yil 1-yanvar holati bo‘yicha respublika aholisi 143 ming 764 kishini,
shundan shahar aholisi 694,1 ming kishini, qishloq aholisi 74 ming 363 kishini tashkil etdi. 1996-
yilda aholining o‘rtacha yillik o‘sishi 1,36 foizga teng bo‘ldi. Ishsizlar soni har yili o‘zgarib turibdi,
1996-yil oxirida ular 4,2 ming kishiga yetdi. 1996-yilda 16 ming ishchi o‘rinlari yaratildi,
jumladan, qishloq joylarida 8,5 mingta. Bu esa shahar va turnan mehnat birjalariga murojaat qilgan
fuqarolarni ish bilan ta’minlash imkonini berdi. 1996-yilda aholi jon boshiga pul daromadlari
9628,8 so‘mni, xarajatlar esa 6300 so‘mni tashkil etdi yoki 1995-yilga nisbatan 2,2 va 2,3 marta
ko‘paydi. Daromadlaming ko‘payishi iste’mol bozoridagi vaziyatni jonlantirdi. Aholi jon boshiga
tovar aylanishi hajmi amaldagi narxlarda 5 ming 36 so‘mlikni tashkil qildi va 2,1 martaga,
solishtirma narxlarda esa 8,8 foizga o‘sdi. Pullik xizmat 2,8 marta, maishiy xizmat 2,7 martaga
ko‘payib jon boshiga 679 va 108 so‘mni tashkil etdi. Lekin shunga qaramasdan aholi jon boshiga
xizmat ko‘rsatish hajmi O‘zbekiston Respublikasi ko‘rsatkichidan 2,2 marta kam bo‘ldi. 1996-
yilda aholiga 7,2 milliard so‘mlik iste’mol mollari sotilgan. Bu amaldagi narxlarda 1995-yildagiga
nisbatan 2,1 marta ko‘p. Tovar aylanishining jami hajmi 10,3 foizga yoki 350,5 million so‘mlikka
ko‘paydi. Tovar oboro‘l hajmida davlat sektorining ulushi pasayib, nodavlat sektoriniki o‘sib
bordi. Rasmiy savdo tarmoqlariga nisbatan iste’mol va buyum bozorlarida holat ancha
yaxshilandi, jami tovar oboro‘lida ularning ulushi 20 foizga yetdi. 170 Ishchi va xizmatchilaming
o‘rtacha ish haqi izchil o‘sib bordi. 1996-yilda u 1409 so‘mdan 2761,1 so‘mga yetdi yoki 1,96
marta ko‘paydi. Respublika tibbiyoti erishgan natijalardan eng muhimi - onalar o‘limi soni
kamaydi. «Homilador ayollarni va bolalar salomatligini mustahkamlash bo‘yicha milliy Dastur»i
hamda «Yosh avlodni sog‘lomlashtirish kompleks Dasturi»ning ishlab chiqilganligi va amalga
oshirilganligi natij asida 1996-yilda onalar o‘limi 1991-yildagiga nisbatan 4,4 marta, chaqaloqlar
o‘limi esa 1,8 martaga kamaydi. Homilador ayollarning 56 foizi statsionarlarda tug‘ishgacha
bo‘lgan davolanishdan o‘tkazildi. Respublikada jarrohlik, maxsus davolash ambulatoriya
markazlari tashkil topdi. Tarmoqni moliyalashtirishda davlat mablag‘lari bilan birga nodavlat
manbalaridan ham foydalanilmoqda. Xo‘jalik hisobida, yakka tartibda, kooperativ usulda
ishlaydigan tibbiyot tarmoqlari kengayib bormoqda. «Medtexnika», «Optika», «Tibta’minot»
dorixona muassasalari to‘la davlat tasarrufidan chiqarilib, xususiylashtirildi. Lekin shu bilan birga
respublikadagi ekologik tanglik tufayli aholining kasallanishi kamaymadi. Masalan, bu
ko‘rsatkich 1996- yilda 1991-yilga nisbatan 26,3 foizga ko‘paydi. O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti I.Karimovning tashabbusi bilan 1992-yilda Nukusda Orol muammosiga bag‘ishlangan
xalqaro ilmiy konferensiya bo‘ldi. Bu konferensiya qarorlaridan kelib chiqib, O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 1992-yil 2-sentabrda «Qoraqalpog‘iston Respublikasi
hududidagi tabiiy ofatlar oqibatlarini bartaraf etish, ijtimoiy va ekologik muammolarni yechishni
jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 405-sonli qaror qabul qildi. Bu qarorning bajarilishini
ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi hukumati katta kuch sarfladi. Qoraqalpog‘iston
Respublikasi aholi punktlarini elektrlashtirish to‘la hal qilindi. 1992-1996-yillarda Tuyamo‘yin
suv omboridan respublika aholi punktlariga 2 ming 885 kilometr vodoprovod tarmog‘i olib
kelindi, aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlanish darajasi 59,5 foizga yetdi. Shu yillarda 16,3
kilometr kanalizatsiya va 4057,5 kilometr gaz tarmoqlari yo‘lqizildi. Respublika aholisining tabiiy
gaz bilan ta’minlanishi 85,4 foizni, shu jumladan, shaharda 100 foizni, qishloqda 72,4 foizni
tashkil etdi. Qoraqalpog‘iston xalqi I.Karimovning BMT minbaridan turib dunyo mamlakatlarini
Orol dengizini saqlab qolishga qarata 171 chaqirig‘ini katta qoniqish bilan kutib oldi. Uning
tashabbusi bilan 1994-yil (14-yanvar) Nukusda Markaziy Osiyoning beshta davlat Prezidentlari
hamda Rossiya Federatsiyasining vakillari ishtirokida o‘tkazilgan uchrashuvda Orolga va
Orolbo‘yi aholisiga amaliy yordam berish masalasi muhokama etildi. 1995-yil sentabrda
I.Karimov tashabbusi bilan Nukusda o‘tkazilgan xalqaro konferensiya esa tarixiy voqea bo‘ldi. Bu
anjumanning asosiy hujjatlaridan biri - Nukus Deklaratsiyasi bo‘lib, unda butun dunyo
jamoatchiligi e’tibori Orol muammosiga qaratildi. 1997-yil mart: oyida Almatida Markaziy Osiyo
respublikalari Kengashi yig‘ilishi bo‘ldi. Bu yig‘ilishda ham I.Karimov tashabbusi bilan Orolbo‘yi
xalqlariga ijtimoiy muammolarini yechishda amaliy yordam berish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
O‘zbekiston hukumatining Orolbo‘yi muammolari to‘g‘risidagi tashabbuslari yerlik xalqlar
tomonidan ham qo‘llab-quvvatlanmoqda. Amudaryo bo‘yidagi mehnatkashlar ekologik
vaziyatning yaxshilanishiga, xalqaro forumlarda Orol dengizi muammolarini hal qilishga doir
qabul qilingan qarorlar o‘z samarasini berishiga qat’iy ishonch bildirmoqdalar. Belgilangan chora-
tadbirlami tezda amalga oshirish natijasida qishloq joylarida, sanoatda mehnat unumdorligi
o‘sayapti, ishlab chiqarish rivojlanyapti, aholining ish bilan bandligi oshmoqda. 2000-2007-yillar
Qoraqalpog‘iston uchun ijtimoiy taraqqiyotning o‘ziga xos davri bo‘ldi. Shu yillar mobaynida
sog‘liqni saqlash, ekologik muammolami hal etish, fuqarolami mehnat bilan bandligini ta’minlash,
qo‘shimcha ish joylarini tashkil etish borasida izchil ish olib borildi. Aholiga tibbiy xizmat
ko‘rsatish darajasi ancha oshdi. Chunonchi, 2002-yilda Respublikada eng zamonaviy meditsina
asbobuskunalari va dori-darmonlar bilan ta’minlangan 95 ta qishloq vrachlik punkti faoliyat
ko‘rsatgan bo‘lsa, 2008-yilga kelib ular soni 171 taga yetdi. Aholini ish bilan ta’minlash, ularning
foydali mehnat bilan shug‘ullanishi borasida qator chora-tadbirlar majmui amalga oshirildi.
Natijada quyidagi yutuqlarga erishildi: 2002-yilda 22000 ta, 2003-yilda 21000 ta, 2004-yilda ham
21000 ta, 2005-yilda 23000 taga yaqin, 2006-yilda 22000 ta, jami 109000 ta ish joyi tashkil etildi.
Shulardan 79000 taga yaqini qishloq joylarida faoliyat ko‘rsatmoqda. Ishlab chiqarishning
kasanachilik usuliga ham katta e’tibor berilmoqda. Jumladan, ayni paytda o‘lkada 650 ta
xonadonda aholi kasanachilik bilan shug‘ullanmoqda. 172 Respublika aholisining o‘rtacha oylik
ish haqi 2002-yildagi 17,5 ming so‘mdan 2006-yilga kelib 96 ming 300 so‘mga yetdi. 0
‘qituvchilar maoshi ham keskin oshdi. Bu sohada 2008-yil yakunlariga ko‘ra ko‘rsatkich qariyb 2
baravarga yetdi.
Xalq ta’limi, fan va madaniyat Qoraqalpoq xalqi qadimiy va boy tarixga ega. Uning milliy
madaniyati, jozibali san’ati, mumtoz adabiyo‘li, qadriyatlari, udum va an’analari olamga
mashhurdir. Mustaqillik tufayli qoraqalpoq xalqi juda ko‘p qadriyatlarini qayta tiklash
imkoniyatiga ega bo‘ldi. Adolat va tenglik, ozodlik va erk uchun kurashgan Emazar o1ako‘z,
Ollayor Do‘stnazarov singari xalq qahramonlarining - jasoratli, o‘t yurakli Qoraqalpoq
farzandlarining orzu-armonlari amalga oshdi. Milliy madaniyat va ma’naviyatning qaror
topishiga, qoraqalpoq xalqining klassik shoirlari Berdaq, Ajiniyoz bobolar ijodiy meroslarining
to‘la tiklanishiga, aziz xo‘liralarining ulug‘lanishiga yo‘l ochib berdi. Bugungi kunda Ibroyim
Yusupov, To‘lepbergen Qaipbergenov, Tilovbergen Jumamuratov kabi qoraqalpoq yozuvchi va
shoirlarining asarlari xalqlarimiz ma’naviy xazinasidan munosib joy oldi. Sobir Kamo‘lev,
Charjau Abdirov kabi yirik olimlar O‘zbekiston fani rivojiga juda katta hissa qo‘shdilar. Bugungi
kunda respublika xalq ta’limi tizimi milliy uyg‘onish, ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy rivojiga
xizmat qilishda yetakchi rol o‘ynamoqda. Respublikada yangi tipdagi o‘rta umumta’lim
muassasalari - litseylar, gimnaziyalar va alohida fanlami chuqurlashtirilgan holda o‘qitiladigan
maktablar tez rivojlanmoqda. 1996-yil oxirida respublikada 743 ta umumta’lim maktabi faoliyat
ko‘rsatdi, shu jumladan, ayrim fanlami chuqurlashtirilgan holda o‘qitiladigan maktablar 1991-
yilda 31 ta bo‘lgan bo‘lsa, 1996-yilda 169 taga yetdi, litsey va gimnaziyalar 19 taga yetdi. O‘tgan
yilning o‘zida o‘quvchilar soni 1743 nafarga ko‘paydi. Barcha qishloq hunar-texnika bilim
yurtlarida traktorchimashinistlar tayyorlash chegaralanib, o‘rniga turli mintaqalar uchun zarur
bo‘lgan kadrlar tayyorlashga e’tibor kuchaytirildi. Milliy hunarmandchilikni rivojlantirishga,
gilam to‘qish, keramik tftíyumlar tayyorlash, ganchkorlar va boshqa shu kabi hunar egalarini
tayyorlashga ahamiyat berila boshlandi. 173 Respublikadagi 22 ta o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida,
shu jumladan, kunduzgi bo‘limda 11,8 ming o‘quvchi ta’lim olmoqda. Berdaq nomidagi
Qoraqalpog‘iston Davlat Universiteti hamda Ajiniyoz nomli Nukus Davlat pedagogika institutida
oliy ma’lumo‘lli mutaxassislar tayyorlanmoqda. Bu o‘quv yurtlarining kunduzgi bo‘limlarida 9
ming nafar talaba o‘qimoqda. Universitetda qishloq xo‘jaligi va tibbiyot ixtisosligi bo‘yicha
fakultetlar ham mavjud. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish davri qiyinchiliklariga qaramay respublika
hukumati xalq ta’limi moddiy-texnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlarini ko‘rmoqda.
Keyingi 6 yilda 42 ming 778 o‘rinli maktab, 6 ming 660 o‘rinli bog‘cha, 6 ming 840 o‘rinli
kasbhunar kollejlari binolari qurilib foydalanishga topshirildi. Birgina 1996-yilning o‘zida esa
3126 o‘rinli maktab qurib ishga tushirildi. 1991- 1996-yillarda fan sohasida ham sezilarli
o‘zgarishlar bo‘ldi. 1992-yilda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining Qoraqalpoq
filialiga Qoraqalpoq bo‘limi maqomi berildi. Uning tarkibida ilgari 3 ta instituí mavjud bo‘lgan
bo‘Isa, yana ikkita institut qo‘shildi. Tarix, arxeologiya va etnografiya hamda bioekologiya
institutlari ham shu bo‘lim tarkibiga kirdi. Botanika bog‘i bo‘linmasiga esa bo‘lim maqomi berildi.
1994-yilda esa Fanlar Akademiyasi tarkibiga O‘zbekiston Sogiiqni saqlash vazirligiga qarashli
tajriba instituti va tibbiyot klinikasi ham kiritildi. Fanlar Akademiyasida tashkil etilgan bunday
tadbirlar olimlarga tabiiy va ijtimoiy fanlami yanada rivojlantirish, xalq xo‘jaligi va madaniyatni
yuksaltirishda muayyan muvaffaqiyatlami qoiga kiritishga yordam berdi. Qoraqalpoq fanida
erishilgan yutuqlar hamda to‘rt jildlik «Qoraqalpoq tilining izohli lug‘ati»ni yaratishdagi
xizmatlari uchun fanlar akademiyasi bo‘limining 4 nafar ilmiy xodimlari (M.Qalandarov,
R.Yesemuratova, A.To‘raboyev, D.Qozoqboyev) 1996-yilda O‘zbekiston Respublikasining
Beruniy nomidagi Davlat mukofo‘li bilan taqdirlandilar. 1992- yilda O‘zbekiston Respublikasi
Qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasining Qoraqalpoq bo‘limi tashkil etildi. Uning tarkibiga
Sh.Musayev nomidagi Chimboy yer ishlari instituti hamda sholichilik va chorvachilik
institutlarining filiallari kiritildi. Nukusda SANIIRIning bo‘limi faoliyat ko‘rsatmoqda.
Respublika oliy o‘quv yurtlarida ham ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Keyingi yillarda
Toshkent olimlari ko‘magida katta miqdordagi yuqori malakali mutaxassislar tayyorlandi.
Respublikadagi 60 nafar fan doktorlari va 600 nafar fan nomzodlaridan deyarli 30 foizi
O‘zbekiston Mustaqilligi yillarida ilmiy daraja oldilar. fanlar akademiyasi haqiqiy a’zoligiga
saylangan
Ch.A.Abdirov,
S.K.Kamolov,
A.B.Baxiyevlar
qatoriga
1994-2000-yillarda
T.Yeshanov, A.Dauletov, U.Hamidov va J. Bozorboyev ham qabul qilindilar. 1997-yilda esa ikki
nafar rassom (J.Izentayev va J.Quttimuratov) O‘zbekiston Respublikasi Badiiy akademiyasining
akademikligiga saylandilar. Respublikada yuqori malakali kadrlar o‘sishida ayniqsa, ijtimoiy
fanlar sohasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Attestatsiya Komissiyasi tomonidan tarix va
arxeologiya, etnografiya, til va adabiyot bo‘yicha nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalarining
himoya qiluvchi ixtisoslashgan Kengashlarning tashkil etilayotganligi muhim ahamiyat kasb
etmoqda. Respublika olimlari keyingi yillarda chet el mutaxassislari bilan hamkorlikda ilmiy
izlanishlar olib bormoqdalar. Respublika Fanlar Akademiyasining Qoraqalpoq bo‘limi
bioekologiya instituti xodimlari Germaniya olimlari bilan birgalikda 1993-yildan beri Orolbo‘yi
ekologiyasi muammolari bo‘yicha tadqiqotlar olib borishmoqda. Tarix, arxeologiya va etnografiya
instituti Avstraliyaning Sidney universiteti olimlari hamda fransuz arxeologlari bilan birgalikda
ish olib bormoqdalar. 1995-yilda Mo‘ynoqda Germaniya Federativ Respublikasi yordamida
bioekologiya institutining xalqaro ekologiya stansiyasi ochildi. Mustaqil O‘zbekiston va
Qoraqalpog‘istonning dolzarb masalalari respublika shoir va yozuvchilari ijodida katta o‘rin
egallaydi. O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq shoiri Ibroyim Yusupov, O‘zbekiston va
Qoraqalpog‘iston xalq yozuvchisi To‘lepbergan Qaipbergenovlar qatoriga yangi nomlar kelib
qo‘shildi. Saginbay Ibrohimov, Kenesboy Rahmonov kabi shoirlar, Guloysha Yesemuratova, 0
‘zarboy Abdurahmonov, Muratboy Nizanovlar ana shular jumlasidandir. Xalq ta’limi, fan,
madaniyat ravnaqini ta’minlash Qoraqalpog‘iston Respublikasi va uning xalqi uchun muhim
vazifalardan hisoblanadi. 2007-yildagi ma’lumo‘llarga ko‘ra, o‘lkada 761 ta umumtaTim
maktablari faoliyat ko‘rsatmoqda. Eng zamonaviy o‘quv qurollari bilan jihozlangan 76 ta kasb-
hunar kollejlari, 7 ta akademik litsey yosh avlodga zamonaviy bilim berish bilan shug‘ullanmoqda.
San’at va madaniyatning boshqa sohalari rivojiga katta e’tibor bilan qaralmoqda. Ayni paytda
Respublikada 3 ta teatr»; 4 ta konsert muassasalari, 3 ta muzey faoliyat ko‘rsatmoqda. Muzeylar
eksponatlari yangidan yangi asarlar va jihozlar bilan boyib bormoqda. 175 Ular soni 2002-yilda
78 mingta bo‘lgan bo‘lsa, 2006-yilga kelib 82 ming 600 tadan oshdi. Badiiy adabiyo‘l milliy
madaniyatining muhim bo‘g‘ini sifatida rivojlanmoqda. 2002-2007-yillar mobaynida ikki atoqli
qoraqalpoq adiblari - Toiepbergen Qaipbergenov va Ibroyim Yusupovlarga milliy madaniyatning
rivojlanishidagi g‘oyatda katta xizmatlari uchun davlatimizning oliy mukofo‘li - «O‘zbekiston
qahramoni» unvoni berildi. Bir qator san’atkorlarga « O‘zbekiston xalq artisti», «O‘zbekiston xalq
rassomi», «O‘zbekiston san’at arbobi» unvonlari berildi. Ayni paytda O‘zbekiston Fanlar
Akademiyasining Qoraqalpog‘iston bo‘limi oikada fan taraqqiyotining asosiy tayanchi vazifasini
bajarmoqda. 2002-yilda 3 ta oliy o‘quv yurti ishlagan bo‘lsa, 2007-yilga kelib ular soni yana
ikkitaga ko‘payib, jami 5 taga yetdi. Ularda zamonaviy kadrlar tayyorlash, o‘quv-pedagogik ishlar
bilan birga fan taraqqiyotiga xizmat qiladigan keng miqyosli ilmiytadqiqot ishlari ham olib
borilmoqda. 1993-yil yanvarda Toshkentda Qoraqalpog‘iston madaniyati kunlari, noyabr oyida
esa Qoraqalpog‘istonda Toshkent madaniyati kunlari o‘tkazildi. Bu tadbirlar Nukus va Toshkent
madaniyat xodimlari faoliyatini bir-birlariga yaqinlashtirdi. 1996-yilda Qoraqalpoq xoreografiyasi
tarixida birinchi marta «Oyjamol» nomli qoraqalpoq baleti (N.Muxammedinova musiqasi,
T.Xodjayev asari) sahnalashtirildi. 1996-yilda O‘zbekiston Mustaqilligining 5 yilligi oldidan
o‘tkazilgan « O‘zbekiston - Vatanim manim» qo‘shiq-tanlovida yosh qo‘shiqchi Roza Kutekeyeva
«Mustaqillik gullari» qo‘shig‘i bilan ishtirok etib, faxrli ikkinchi o‘rinni oldi. Shu yili yana Amir
Temur rolining eng yaxshi ijrosi uchun konkursida Berdaq nomidagi drama teatri artisti Bozorboy
Uzoqberganov qatnashib, birinchi o‘rinni oldi. Bu misollar Qoraqalpog‘iston san’atkorlari
Mustaqillik yillarida erishgan muvaffaqiyatlardan dalolat beradi. Qoraqalpog‘iston san’atida
erishilgan muvaffaqiyatlami keng targ‘ib etishda Rassomlar uyushmasi, I.V.Savitskiy nomidagi
san’at muzeyi, tarix-o‘lkashunoslik muzeyi katta targ‘ibo‘l-tashviqo‘l ishlarni olib bormoqda.
Moliyaviy qiyinchiliklarga, qog‘oz taqchilligiga qaramay Qoraqalpog‘iston Jo‘qarg‘i Kenges,
Ministrlar Kengashining «Yorqin Qoraqalpog‘iston», «Qoraqalpog‘iston xabarlari» gazetalari,
yozuvchilar uyushmasining «Amudaryo» jumali, «Respublika Fanlar akademiyasining
Qoraqalpoq bo‘limi xabarlari» ilgarigidek muntazam chiqarilmoqda. 1991-yildan respublikada
hukumatga qarashli bo‘lmagan «Orol qizlari» jumali chop etila boshladi. 176 1991—1996-yillarda
Nukus shahrining 60 yilligi, To‘rtko‘l shahrining 120 yilligi, Ajiniyoz Qosiboy o‘g‘lining 170
yilligi, Amir Temuming 660 yilligi keng nishonlandi. Bular o‘zbek va qoraqalpoq xalqlari
do‘stligining ramziy belgilaridir. Bular O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston tarixidagi eng muhim
voqealar, o‘zbek va qoraqalpoq xalqlari o‘rtasidagi do‘stlik ramzidir. O‘zbekiston Prezidenti I.
Karimovning Nukus shahri 60 yilligi bayramida: « O‘zbekiston taqdiri bu - Qoraqalpog‘iston
taqdiridir, o‘zbek xalqining taqdiri bu - qoraqalpoq xalqining kelajagidir» degan o‘lashnafas
so‘zlari qoraqalpoq xalqi xo‘lirasida abadiy saqlanib qoladi. Bugun Qoraqalpoq xalqi shuni yaxshi
biladiki, uning amaldagi suvereniteti, Mustaqilligi faqat O‘zbekiston bilan birga bo‘lgandagina
ta’mirlanishi mumkin. Shuning uchun ham qoraqalpoq xalqi o‘z taqdirini o‘zbek xalqi va
O‘zbekiston bilan abadiy bog‘lagan. O‘zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog‘iston
Respublikasining Konstitutsiyalari buning yorqin kafolatidir.
Dostları ilə paylaş: |