sintaktik-uslubiy.
1. Bir so’zni qayta-qayta ishlatish. Bunday xatoning kelib chiqishiga sabab,
birinchidan, o’quvchi so’zni ishlatishga kam e’tibor beradi va faol lug’atidagi
so’zdan takroriy foydalanadi; ikkinchidan, o’quvchining so’z boyligi kam,
sinonimlarni bilmaydi, takrorlanadigan so’zlar o’rniga olmoshlardan foydalana
olmaydi.
Agar o’qituvchi bir so’zni qayta-qayta ishlatmaslik uchun uning
ma’nodoshlaridan yoki shu so’z o’rniga olmoshlardan foydalanish kerakligini
yaxshi tushuntirsa, kichik yoshdagi o’quvchi matnni e’tibor bilan o’qib, takrorlarini
nisbatan tez tuzata oladi.
2. So’zning ma’nosini yoki ma’no qirrasini tushunmaslik natijasida uni aniq
ma’nosida ishlata olmaslik. Bunday xato bolaning nutqi yaxshi rivojlanmaganligi,
so’z boyligining kamligi sababli yuzaga keladi.
Leksik xatolar xilma-xil bo’lgani uchun uni to’g’rilash va tushuntirish usullari ham
turlicha, ammo bunday xatolarning oldini olishning umumiy yo’li bor: bu yaxshi
nutqiy sharoit yaratish, o’qilgan va qayta hikoya qilingan matnni til tomondan tahlil
qilish, matndagi so’zlarning ma’no qirrasini tushuntirishdir.
3. Morfologik-uslubiy xatolarga so’z shaklini, so’z o’zgartuvchi va so’z yasovchi
qo’shimchalarni noto’g’ri qo’llashdan kelib chiqadigan xatolar kiradi.
Sintaktik-uslubiy xatolarga so’z birikmasi va gap tuzishga oid xatolar kiradi.
Bunday xatolar juda xilma-xildir.
Kompozitsion, mantiqiy va dalillarni noto’g’ri bayon qilish nutqiy xato
hisoblanmaydi.
Tipik kompozitsion xatoga insho, hikoya, bayonning tuzilgan rejaga mos
kelmasligi, ya’ni voqea, kuzatishlarni bayon etishda izchillikning buzilishi kiradi.
Mantiqiy xatolar:
1. Tasvirlanayotgan voqea-hodisa uchun zarur bo’lgan so’z, ba’zan zarur lavha, dalil
tushirib qoldiriladi. Bunday xatoning sababini tushunish uchun o’quvchining insho
yozish vaqtidagi ruhiy holatini kuzatish talab etiladi. U sekin yozadi, ammo ishga
berilib ketib, tez fikrlaydi, ya’ni u hikoya mazmunini biladi, ammo tez fikrlash va
sekin yozish natijasida ayrim o’rinlar yozuvda aks etmay qoladi.
2. Mantiqiy izchillik buziladi. Masalan, Zavodda paxtadan ip qilinadi. Terimchi
paxtani paxta terish mashinasida teradi. Bunday mantiqiy xatolarni o’quvchilar
matnni qayta o’qish va tahlil qilish jarayonida oson to’g’rilaydilar.
Dostları ilə paylaş: |