Mavzu: Tarix fanlari va tarixiy muzeylarning o’zaro bog’liqligi. Reja: Muzeylar o’tmishni tavsvirlovchi ko’zgu.
Tarixiy yodgorliklar ota-bobolarimizning hayot obrazidir.
1. Muzeylar tariximizning ko’zgusi Muzeylar faoliyatiga va talabalarni yaxshi o’qitish masalalariga O’zbekiston Respublikasi prezidenti Islom Karimov katta e’tibor berib kelmoqda. «Ta’lim to’g’risida»gi qonunda, «Kadrlar Tayyorlash milliy dasturi»da, I.Karimovning qator ma’ruzalarida bu coha yoritilgan. Tarix fanini o’qitishning qayta ko’rish takomillashtirishi qo’yildi.
Tarixni o’rgatuvchi muzeylarimizning siyosiy ijtimoiy, tarbiyaviy faoliyatlari ham O’zbekiston tarixini to’g’ri, odilona haqqoniy ko’rsatishlari lozim. Buning uchun muzeylar hayoti tubdan, qayta qurilishlari kerak. Aks xolda muzeylar talabga javob bera olmaydi.
1989 yil 10 noyabrda Davlat tili to’g’risidagi qonun qabul qilindi. Bu biz uchun juda katta yutuq, muvaffaqiyat. 1993 yil Lotin alifbosiga o’tish to’g’risidagi qonun qabul qilindi. 1994 yilda «Ma’naviyat va ma’rifat markazi» tuzildi. Toshkentda bunday markazni ochilishi ma’naviyatimizni rivojlantirishga olib keldi. 1996 yili Toshkentda Temuriylar tarixi davlat muzeyi ochildi. Samarqand, Shahrisabzda Amir Temurga atab xaykallar qurildi. 1996 yilda Toshkentda Olimpiya shon-shuhrat muzeyi ochildi. 1997 yil 29-avgust «Ta’lim to’g’risida»gi qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to’g’risida» gi qonun qabul qilindi.
1997 yilda Buxoro va Xivaning 2500 yilligi nishonlandi. Bundan ko’rinib turibdiki, qadimgi obidalarimizga davlat tomonidan berilgan e’tibor bizni quvontiradi. 1997 yil Xorazm Ma’mun akademiyasi tiklandi. 1998 yil 26 iyunda Islom Karimov «Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q» ma’ruzani tarixchi olimlari bilan uchrashuv bo’ldi. Bunda tarix davlat siyosatiga ko’tarildi. 1998 yil Samarqandda Imom al-Buxoriyning 1225 yilligi, Farg’onada Al-Farg’oniyning 1220 yilligi nishonlandi. 2002 yilda Toshkentda qatag’on qurbonlari xotirasi muzeyi ochildi. Bunda shahidlar xotirasiga yuksak extirom ko’rsatildi.
Tarixi fanlarni o’qitish takomillashdi. 1996 yil fevralda Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining O’zbekiston tarixini o’qitishning yagona kontseptsiyasi qabul qilindi. 1996 yil 27 iyulida Vazirlar Maxkamasi O’zFA tarix instituti faoliyatini takomillashtirish to’g’risida qaror qabul qilindi. 1998 yil 26 sentyabrda «Ma’rifat» O’zbekiston tarixi darsliklar, qo’llanmalar ruyxatini berdi.
«Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q» ma’ruzasidan.
Islom Karimov 1998 yil 26 iyunda tarixchi olim va jurnalistlar bilan suhbatda shunday dedi. «Jamiyat taraqqiyotining asosi, uni muqarrar haloqatdan qutqarib qoladigan yagona kuch ma’rifatdir» 7 t. 135 bet.
«Odamzod borki, avlod-ajdodi Vatanining tarixini bilishini istaydi» 7 t. 136-bet.
«O’zlikni anglash tarixni bilishdan boshlanadi» 7 t. 136-bet.
«Faqat baxs, munozara, taxlil mevasi bo’lgan xulosalarini bizga to’g’ri yo’l ko’rsatadi» 7 t. 137-bet.
«Ma’naviyat, ma’rifatni targ’ib qilish har bir ziyolining vijdon ishidir» 7 t. 138-bet.
«Inson uchun tarixdan judo bo’lish hayotdan judo bo’lish demakdir» 7 t. 139-bet.
«Tarixiy xotirasi bor inson irodali inson. Tarix saboqlari, insonni xushyorlikka o’rgatadi» 7 t. 140-bet.
«O’zbek xalqining iligi to’q, baquvvat. Biz o’zbekligimizdan faxrlanamiz, g’urulanamiz» 7 t. 144-bet.
«Tarix - xalq ma’naviyatining asosidir» 7 t. 146-bet.
«Biz Beruniy, Buxoriy, Amir Temur, Mirzo Ulug’bek, Mirzo Boburlarga vorismiz» 7 t. 148-bet.
«Fan - jamiyat taraqqiyotini olga siljituvchi kuch vositasidir» 7 t. 150-bet.
«Haqqoniy tarixni bilmasdan turib o’zlikni anglash mumkin emas» 7 t. 154-bet.
Bu uchrashuvda tarixning davlat siyosati darajasiga ko’tarilganligi biz uchun quvonarlidir.
Vazirlar Maxkamasining 1998 yil 27 iyulda e’lon qilingan «O’zbekiston fanlar akademiyasi Tarix institutining faoliyatini takomillashtirish to’g’risida» gi qarorida xalqimiz tarixni xolisona o’rganishning ilmiy asoslarini shakllantirishi saloxiyatli tarixchilar ilmiy maktabini yaratish, yosh avlod tafakkurida haqqoniy tarixni idroq etish ruhini tarbiyalash vazifalari belgilanadi.
1998 yil 30 oktyabrda O’zbekiston Urta va Oliy ta’lim vazirligining 305 son buyrug’ida Oliy o’quv yurtlarining tarix fakultetlarida «Muzeyshunoslik» fanini o’qitish-o’rgatish masalasi qo’yildi. «O’zbekistonda ijtimoiy fanlar» 2000 yil, №4 35-bet.
Tarix fanlarini o’tilishini takomillashtirib borish boshlandi.
1999 yil 7 yanvarda «Davlat va Jamiyat» akademiyasi qoshida «O’zbekiston tarixi markazi» tuzildi. «O’zbekiston tarixi» jurnali tashkil qilindi. 1999 yil 8 yanvarda Prezident maslahatchisi Narzillo Jo’raev «Tarix falsafasi va siyosat» maqolasini berdi. Siyosiy-ijtimoiy fanlar o’zaro aloqada. O’zbekiston xalqlarining yangi 3 tomli tarixi yozildi va e’lon qilindi. Litsey, kollej va maktablar uchun yangi «O’zbekiston tarixi» tayyorlandi. Muzeylar faoilyatini yaxshilash bobida qator qarorlar, farmonlar chiqdi va amalga oshirilmokda.
Vazirlar Maxkamasining qarorlari, Prezidentimizning farmonlari va Oliy Majlisning qabul kilgan qonunlari asosida tarix fanlarini o’qitish, muzeylar faoliyatini tubdan yaxshilash va takomillashtirish, hamda O’zbekiston Respublikasining mustaqillik, ozodlik mafkurasini yaratish va rivojlantirish bobida juda katta ishlar olib borilmokda.
1998 yil 24 iyuldagi Vazirlar Maxkamasining «Ma’naviy-ma’rifiy ishlarni yanada chuqurlashtirish va uning samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi qarori ayniqsa yoshlarni mustaqillik ruhida tarbiyalashning milliy mafkurasini yanada kuchaytirish vazifalarini oldinga surdi. Buning uchun muzeylar faoliyatini ham kuchaytirish kerak. Muzeylarimiz tarixiy xaqqoniyatni, adolatni keng ko’rsatishi kerak.
Tarixiy fanlarning barchasi, turli xil muzeylar faoliyati, eksponatlari, rasmlari, eski arxitektura yodgorliklari, san’at-imoratlari maxsulotlari tarixiy badiiy asarlar bilan uzviy va chambarchas bog’liqdir. Chunki muzeylar o’tmishning yana tarixni aks ettiradilar, shuning uchun ham muzeylarni o’tmishning tarix ko’zgusi deydilar. Barcha muzeylarning xodimlari, tarixchilar, adabiyotchilar, ilmiy izlovchilar, ijodkorlar bo’lib hisoblanadi. Tarixiy yodgorliklarni bilmay turib, ular haqida gapirib bo’lmaydi. Masalan, ayrim xujjatli tarixiy kinofilmlarga tushuntirishi berilmaydi, faqat muzika berilib turiladi. Demak, bunday xujjatli filmlar chalasavod kishilar tomonidan tayyorlangan. Bu filmlar kishini unchalik qiziqtirmaydi, o’ziga tortmaydi. Har bir tarixiy xujjatli film olinar ekan, unga keng tushuntirish berilishi kerak. Bu imoratlar qaerda, kachon qurilgan, kaysi podsholik davrida, qaysi ustalar tomonidan yaratilganli aytilishi kerak.
Tarixiy fanlar adabiyot va adabiyot muzeylari bilan aloqada bo’lgani ma’qul. Tarixiy badiiy asarlar juda ko’p materiallar beradi. Ana shu materiallar tarixiy voqealar bilan solishtirilishi kerak. Badiiy adabiyotlar tarix fanini boyitadi, unga badiiy tus beradi, voqealarni jonantiradi. Muzey arxivlari taraxiy ilmiy ishlar uchun asosiy manbalardan biri bo’lib hisoblanadi. Demak, muzey arxivlarini ko’paytirishimiz, asrashimiz va shu xujjatlar asosida ilmiy ishlar yozishimiz kerak.
Badiiy adabiyot tarixiy voqealarni mubolag’alashtirib buzib yubormasligi kerak.
Muhammad Narshaxiyning «Buxoro tarixi», Abulqosim Firdavsiyning «Shohnoma», A.Temurning «Temur tuzuklari» asari, Sh.A.Yazdiyning «Zafarnoma», A.Navoiyning «Hamsa»si e’tiborga loyiqdir. Shu bois birga Gulxaniyning «Zarbulmasal», I.Ibratning «Farg’ona tarixi», S.Ayniyning «Qullar», «Sudxo’rning o’limi», Oybekning «Qutlug’ qon», «Navoiy», Mirzo Olim Mushrafiyning «Qo’qon xonligi va xonlar tarixi» kabi asarlari bizning boy me’rosimizdir.
Tarixiy badiiy asarlarning asl nusxalari muzeylarda saqlanishi lozim. Tarixchilar asl nusxalarini o’qishlari, o’rganishlari kerak. O’zbekiston oliy o’quv yurtlarining tarix fakultetlarida muzeyshunoslik fani yaqinda o’quv rejalariga kiritilib, bu fan o’qitila boshlandi. Afsuski, bu fandan xozirgacha dastur, darslik, qo’llanmalar, ko’rgazmalar yo’q.
Shuning uchun ham bizlar shu fandan talabalarni o’qish, o’rganish va o’zlashtirish faoliyatiga juda kata e’tibor berishimiz kerak. Yana talabalar kulidan kelguncha muzeyshunoslik fanidan ko’rgazma qurollar tayyorlab, aloxida ballar olishlari mumkin. Masalan, «Qo’qon shahridagi muzeylar» yoki «O’zbekistondagi muzeylar» va boshqa ko’rgazma qurollar uchun ham yuqori baho berilishi kerak. Talabalar o’z faolliklarini o’zlari harakat qilib, oshirishlari mumkin. Yana talabalar ishiga tushgach maktabda muzey tashkil qilish rejalarini xozirdan boshlab tuzgani ma’qul. Har bir talaba o’z rejasini yozib borsa, bu ilmiy uslubiy ishiga ham ball quyilishi lozim. Shunday qiziqtirishlar bilan talabalar tashabbusini, faolligini o’stirish bizlarning vazifalarimizdir.
Rejalar tuzishda tajriba almashtirib turishimiz kerak. Amaliy mashg’ulotlar boshida talabalar bilan bir ikki marta tashkiliy darslar o’tkaziladi. Bu darslarda amaliy mashg’ulotlar davridagi talabalarning ilmiy uslubiy, amaliy vazifalari batafsil tasvirlanadi. Muzeyshunoslik fanidagi amaliy mashg’ulotlar o’ziga xos xususiyatlarga ega. Bu mashg’ulotlarda talabalar muzeyda ishlash usullarini o’rganib borishlari, muzey ishlarini tashkil qilish eksponatlarni bo’limlarga bo’lish, eksponatlar tarixini yozib tayyorlash usullarini o’rganishlari kerak.
Viloyatlardagi institut talabalari albatta o’z shahar muzeylaridan tashqari markazdagi muzeylarni ko’rishlari, o’rganishlari, yaxshi bilishlari kerak.
Bizlar Toshkentdagi O’zbekiston xalqlar muzeyi, A.Temur muzeyi, San’at muzeyi va boshqa muzeylarni yaxshi bilishlarimiz shart va shu muzeylar faoliyati haqida kurs ishlari, referatlar yozishlarimiz lozim. O’z shahrimizdagi muzeylarni yaqin kunlardan boshlab borib ko’rib o’rganib muzeylar hayoti, faoliyatini o’rganamiz.
Amaliy mashg’ulotlardan biri tarixiy o’lkashunoslik bo’lib, talabalar o’z ona qishloqlari, tuman, viloyatlarini chuqur o’rganishlari lozim. Joylarning nomlarini, kelib chiqishi, yoshi, yodgorliklari, machit, mozorlari, ularning nomi, shu erli mashhur kishilar, olimlar, yozuvchilar, shu erdagi buyuk voqealar, urushlar tarixini bilishlari shart.
Etnografik toponomika bo’lsa, shu erdagi xalqlar millatlar, ularning hayot obrazi, kelib chiqishlari, madaniyati, urf-odatlarini bilishi darkor.
Tarixchi talabalar har biri o’z qishlog’i, guzar, mahallasi, shahari, tumani nomini tarixini yozib borishlari shart.
Muzeylar o’z ko’rgazmalari bilan talabalarni darslarda olgan ilmlarini chuqurlashtiradi, mustahkamlaydi va ularni xotiralarini abadiylashtiradi va yoshlar tarbiyasi, madaniyatini oshiradi.
Muzeylar talabalarga tarixiy jumboqlar muammolar, xali echilmagan, yozilmagan tarixiy voqealarni ko’rsatib, yoshlarni ilmiy ish qilishga chakira boshlaydi, tashabbuskor bo’ladi.
Insonda eshitishdan ko’ra, ko’rish qobiliyati kuchli bo’ladi. Shuning uchun ham inson ko’rgan narsalarini xotirasida uzoq saqlaydi. Xalqimizda «Yuz marta eshitgandan ko’ra bir marta ko’rgan afzal» degan naql bor. Bu haqiqatdan juda to’g’ri. Odamlar voqea, xodisalarni o’z ko’zlari bilan ko’rib o’rgansalar xotiralarida uzoq qoladi.
Shuning uchun ham muzeylarda nafaqat rasmlar, xaykallar, eksponatlar bo’lishi kerak, muzeylarda televizor va video apparatlari, tarixiy kassetalar bo’lishi lozim.
Muzeyshunoslik fanidan amaliy mashg’ulotlar muzey eksponatlari ko’rgazmalari zaminida olib boriladi. Arxiv xujjatlar, qaxramonlar, g’oliblar faoliyati o’rganiladi. Yana ilmiy ishlar qilinadi. Yosh mutaxassislarda muzeylarda ishlash ilmiy ishlar qilishga qiziqish kuchayadi. Tarixiy o’lkashunoslik muzeylari yoshlarda vatanparvarlik, mehnatsevarlik tuyg’ularini kuchaytiradi.
Yosh o’quvchilar o’z maktab, ishxona, tashkilot muzeylarini yangi rasmlar, eksponatlar bilan boyitib boorishlari ma’qul. Ayniqsa shu erli eski odamlar faoliyati haqida faktlar, misollar to’plab o’z muzeylarini rivojlantirishlari mumkin. Bunday izquvarlar qancha ko’p va qiziquvchan bo’lsalar muzeylar shunchalik boyib, qiziqarli bo’lib boradi.
Ayniqsa ochiq osmon ostidagi muzey - shaharlarimiz, undagi xalq me’morchiligi, madrasalar, ajoyib imoratlar, machitlar ularning qurilishi tarixi yoshlarni quvontiradi, ularni faxrlantiradi, g’ururini oshiradi. Shu bilan birga, biz yoshlar uchun juda katta ma’suliyat yuklaydi.