Mavzu: Amerika va Evropa muzeylari haqida. Reja:
Amerika muzeylari tarixidan.
Evropa muzeylarining o’ziga xos xususiyatlari.
Qadimiy shahar-muzeylar.
1. Amerika muzeylari tarixidan. Evropa-Amerika muzeylari Osiyo-Afrika muzeylaridan tubdan farq qiladi va bu muzeylar o’zlariga xos spetsifik xususiyatlarga ega bo’lib hisoblanadi.
Evropa, Amerika qit’alari o’zining dini, madaniyati, san’ati, urf-odatlari, demak, hayot obrazlari, xatto ob-xavo va tabiatlari bilan Osiyodan, ayniqsa, Afrikadan tubdan farq qiladi. Ana shu farqlari muzeylar hayotida ham yaqqol ko’rinib turadi.
Amerika va Evropa qit’asidagi muzeylar, arxeologik tarixiy yodgorliklar o’ziga xos xarakterga ega. Bu qit’alar xalqi asosan xristianlar bo’lib, ikki okimga bo’linib ketadi. Provaslavlar va katoliklar.
Amerika va Evropada muzeylarning birinchidan ko’pligi, ikkinchidan go’zalligi, uchinchidan boyligi va keksaligi bilan insonni o’ziga jalb qiladi.
XV-XVI asrlarda tashkil topgan muzeylar, albatta boy, go’zal, katta tajribaga egadir.
Amerika va Evropa muzeylarining ayrimlari kutubxonalar bilan birgalikda faoliyat ko’rsatadi. Bu odat xozir ham davom etmokda.
Amerika va Evropada shaharsozlik fani, general rejalar taraqqiy etgan. Arxitektura rivojlangan. Shuning uchun ham Amerika va Evropa shaharlari o’zining ko’rkamligi, go’zalligi, kattaligi, rejali ekanligi bilan Osiyo va Afrika shaharlaridan farq qiladi. ayniqsa Osiyoda feodalizm davrida shaharlar qal’a devorlar bilan o’rab olinib shaharlarni kengayishi sekin bordi. Ayrim shaharlar sekin, rejasiz o’sdi.
2. Eng qadimiy muzeylar Ispan muzeyi Prado eramizdan avvalgi III asrda tashkil topgan bo’lib, asosan ov qurollari bilan jihozlangan. Italiyaning Florentsiya shahridagi Medichi muzeyi XV asrda tashkil topgan. Italiyadagi Rim-Vatikan muzeyi XVI asrda tashkil topgan. Germaniyadagi Drezden shahridagi avgust Saksonsk muzeyi XVI asrga oid. Angliyaning London shahridagi Britaniya muzeyi 1753 yilda, Frantsiyadagi Parij shahrining Luvr muzeyi 1793 yil tashkil topgan.
Muzeylarning ko’pligi buyicha:
AKSh da - 2000 dan ko’proq; Italiyada - 1200 ta; Frantsiyada - 1000 ta; Angliyada - 900 ta; Germaniyada - 800 tadan ortiqroq muzeylar faoliyat ko’rsatmokda.
Muzeylarning kattaligi buyicha;
Ispaniyaning Madrid shahridagi Prado muzeyi 1819 yildagi; Sankt-Peterburgdagi (Rossiya) Ermitaj; AKSh ning Nyu-York shahridagi Metropoliten muzeyi; Rossiyaning Moskva shahridagi tarixiy muzey;
O’zbekistonning Toshkent shahridagi O’zbekiston xalqlar tarixi muzeyi shular jumlasidandir.
Amerikaning sobik poytaxti - Nyu-Yorkdagi Janubiy port muzeyi o’zining qadimiy papirusli kemalari bilan mashhurdir. Yana bu shahardagi jahondagi eng katta muzeylardan biri Metropoliten Art muzeyi joylashgan. Amerika tabiat tarixi muzeyida esa dinozavrlar kollektsiyasini ko’rish mumkin. Xozirgi Garb san’ati muzeyi ham katta ahamiyatga ega.
Chikago - ham AKSh dagi shahar-muzey hisoblanib, unda shaharsozlik va arxitektura san’ati uta darajada rivojlangan. U erdagi 100, 109 xovuzli, 440 metrli uylar o’zining balandligi va ko’rkamligi bilan kishini jalb qiladi.
Bu erdagi 1969-1971 yillar qurilgan «Djon Xenkok Senter» uyi; 1970-1974 yillar ko’rilgan 109 xovuzli, 442 metr balandligi «Sirs va Robak» uyi shular jumlasidandir. Bu erda tasviriy san’at keng rivojlangan bo’lib, Rossomlar instituti va rassomlar muzeyi yana tasviriy san’at muzeyi faoliyat ko’rsatadi.
Braziliyadagi shahar va muzeylar ham o’zining go’zalligi bilan ajralib turadi. Jumladan, Rio-de-Janeyro - milliy tarixiy muzeyi - imperator Kinta saroyida joylashgan. 1937 yilda ochilgan Milliy San’at muzeyi ham o’ziga xosdir. San-Pauloda joylashgan 1906 yilda tashkil topgan Badiiy muzeydan ham adabiyot, sag’at, rassomchilik, xaykaltaroshlik, teatr, musikaning oliy namunalari o’zaro mujassamlashgandir. 1875 yilda Vashingtonda tashkil topgan milliy muzey va 1907 yil tashkil topgan Filadelfiya muzeylari ham AKShning eksponatlarga boy muzeylari jumlasidandir.
Angliya - poytaxti - London bo’lib, bu shahar o’zining qadimiy va tarixiyligi bilan mashhurdir. Bu erda XV asrdayok rassomlar galereyasi tashkil topgan. London Rossomlar akademiyasi esa 1768 yil ochildi. Shahardagi eng mashhur muzey Britaniya muzeyi bo’lib, 1823-1852 yillarda tashkil topgan. Muzey kutubxonasi juda boy bo’lib, unda 6 mln kitob bor. 1881 yil esa muzeydan Tabiat va Tariz muzeyi ajralib chiqdi. Keyinroq Arxeologiya va etnografiya muzeyi ajralib chikdi. Bundan tashkari, Viktoriya va Albert muzeyi; Fan (Politexnika) muzeyi; Janubiy Konsington; Tabiatshunoslik tarixi; Geologiya va San’at-Savdo muzeylari ham bor. Londonda me’moriy yodgorliklar juda ko’plab ko’rilgan bo’lib, jumladan, XI asrda qurilgan Tauer kasri; XIII-XIV asrlarga oid Gotiches cherkovi; 1503-1519 yillarda qurilgan Genrix VIII saroyi; 1515 yilda qurilgan Hamipton Kort saroyi va 1675-1710 yillarda qurilgan Muqaddas Pablo soborlaridir. XV-XVIII asrlarda Londonda ko’plab saroylar qurilgan. Lord Mer Siti saroyi 1739 yil qurilgan; 1753 yil qurilgan Menish Xauzu saroyi; XV asrga tegishli Gildxoil davlat boshqarmasi; Bukengem saroyi 1705-1825 yillarda qurilgan; Xristian saroyi kabilardir.