Mashinasozlik sanoati



Yüklə 86,48 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix01.07.2023
ölçüsü86,48 Kb.
#135598
  1   2
Mashinasozlik sanoati - Vikipediya



Mashinasozlik
sanoati
Mashinasozlik sanoati -xalq xoʻjaligi
uchun mehnat qurollari, shuningdek,
isteʼmol buyumlari va mudofaa
ahamiyatiga ega boʻlgan mahsulotlar
ishlab chiqaruvchi ogʻir sanoat sohalari
majmui. Mashinasozlik sanoati butun
xalqxoʻjaligini texnika bilan taʼminlashda
moddiy asos hisoblanadi, ijtimoiy mehnat
unumdorligi, texnika progressi, xalqning
moddiy farovonligi va mamlakatning


mudofaa quvvati Mashinasozlik
sanoatining taraqqiyot darajasiga bogʻliq.
Mashinasozlik sanoatining asosiy
vazifasi xalq xoʻjaligining hamma
sohalarini yuqori unum bilan ishlaydigan
mashina va asbob-uskunalar bilan
taʼminlashdir. Bu soha oʻz navbatida,
mashinasozlik va metallga ishlov berish,
metall buyumlar, metall konstruksiyalar
ishlab chiqarish hamda mashina va
asbob-uskunalarni tuzatish
tarmoqlarining tarkibiy qismini tashkil
etadi. Mashinasozlik sanoatiga
energetika mashinasozligi,
elektrotexnika, stanoksozlik va as-
bobsozlik, traktorsozlik va q. h.


mashinasozligi kabi yirik tarmoqlar
kiradi.
Mashinasozlik sanoati sanoat sifatida
18-asrda vujudga keldi, dastlab 19-asrda
Buyuk Britaniyada, Gʻarbiy Yevropaning
baʼzi mamlakatlarida, keyinchalik
AQShda tez rivojlana boshladi. Rossiyada
1mashinasozlik zavodi 18-asrda qurilgan.
Oʻzbekistonda Mashinasozlik
sanoatining dastlabki korxonalari 20-asr
boshlarida vujudga kelgan. Bu davrda
metallga ishlov berish sanoati, asosan,
14 ta kichik tuzatish ustaxonalaridan
iborat edi. Ularda, asosan, temir yoʻl,
paxta tozalash va yogʻ zavodlarini


taʼmirlash ishlari bajarilardi. Yalpi sanoat
mahsuloti umumiy hajmida ogʻir sanoat
va metallga ishlov berish tarmogʻining
hissasi 1,3% ni tashkil etgan. 1920-
yillardan qishloq xoʻjaligi, sanoat va
transportning rivojlantirish zaruriyatidan
mavjud taʼmirlash korxonalari
kengaytirildi, yangilari kurila boshladi.
1927-yil noyabr da Toshkentda
"Boshpaxtasanoat"ning mexanika zavodi
ishga tushirildi. 1931-yilda bu zavod
negizida taxta tozalash zavodlari uchun
asbobuskunalar ishlab chiqarish va q.h.
texnikasi taʼmiri bilan shugʻullanadigan
"Qishloqmash" (hozirgi "Toshkent qishloq
xoʻjaligi mashinasozligi zavodi" ak-
siyadorlik jamiyati) tashkil etildi. Zavodda


chigit seyalkalari, borona va kultivatorlar
tayyorlash yoʻlga qoʻ-yildi.
1941—45 yillardagi oʻrush davrida res-
publikada 16 mashinasozlik zavodi ishga
tushirildi. Sanoatning tarmoq tarkibi
oʻzgardi. Urush davrida ishga tushirilgan
mashinasozlik korxonalari front
ehtiyojlari uchun qurolyarogʻ, oʻqdori va
boshqa mahsulotlar ishlab chiqardi.
1945-yildan keyin paxtachilik va
irrigatsiya qurilishi mashinalari ishlab
chiqarish tiklandi, toʻqimachilik, kimyo va
xalq xoʻjaligining boshqa tarmoqlari
uchun yangi jihozlar ishlab chiqarish
boshlandi. Paxta terish mashinalari,
ekskavatorlar, koʻprik elektr kranlari,


yigirish mashinalari ishlab chiqarish
oʻzlashtirildi, korxonalarning
ixtisoslashuvi va koopera-siyasi
rivojlandi.
Respublikada Mashinasozlik sanoati 15
tarmoqqa mansub 100 dan ortiq yirik
korxonalardan iborat. Ularning orasida
traktorsozlik va q. h. mashinasozligi,
toʻqimachilik mashinasozligi, paxta
tozalash mashinasozligi, elektrotexnika
sano-atining salmogʻi katta. Ayni paytda
respublika iqtisodiyoti uchun yangi
boʻlgan avtomobilsozlik, radioelektronika
kabi sanoat tarmoqlari barpo etilmoqda.


Avtomobilsozlik. Avtomobillar, avtomobil
dvigatellari, avtomobillarga ehtiyot
qismlar, turli ji-hozlar va boshqa asboblar
ishlab chiqarish Oʻzbekiston
mustaqillikka erishganidan keyin
shakllana boshladi. 1990-yillarga qadar
respublikada avtomobilsozlik sanoati
yoʻq edi. Oʻzbekistondagi bir necha
avtomobil tuzatish zavodlari (Toshkent
avtotuzatish zavodi 1939-yilda ishga
tushirilgan), yengil mashinalarga xizmat
koʻrsatadigan "Oʻzavtotexxizmat",
"OʻzavtoVAZxizmat" ishlab chiqarish
birlashmalari korxonalar, tashkilotlar va
aholining avtomobillariga texnika xizmati
koʻrsatib kelgan. Avtomobilsozlik sanoati
sohasida ishlab turgan va yangi


qurilayotgan zavodlar negizida avtomobil
in-dustriyasini barpo etish, yengil va yuk
avtomobillari, avtobuslar, trolley-buslar
hamda ularga ehtiyot qismlar ishlab
chiqarish, servis xizmatini yoʻlga qoʻyish,
respublika xalq xoʻjaligining
avtotransport texnikasiga boʻlgan
ehtiyojlarini qondirish, avtomobil
sanoatining raqobatbardosh mahsulotlar
bilan jahon bozoriga chiqish vazifalari hal
etilmoqda (qarang 
Avtomobil sanoati
).
Traktorsozlik va qishloq xoʻjaligi
mashinasozligi. Respublika
mashinasozligida ishlab chiqariladigan
jami mahsulotning qariyb 20% shu
tarmoq hissasiga toʻgʻri keladi. 90-yil


boshigacha tarmoqning koʻpgina
mahsulotlari sobiq Ittifoq ahamiyatiga
ega boʻlgan. MDH mamlakatlari boʻyicha
paxta terish mashinalari, chigit
seyalkalari, paxtachilikka moslashtirilgan
chopiq traktorlari, traktor tirkamalarining
asosiy kismi Oʻzbekistonda ishlab
chiqariladi. 30-yillar boshida
paxtachilikda ishlatiladigan ekish va
tuproqqa ishlov berish mashinalari, paxta
tozalash zavodlari uchun texnologik va
boshqa jihozlar Oʻrta Osiyoda yagona
"Boshpaxtasanoat"ning mexanika
zavodida tayyorlangan. 90-yilga kelib
traktorsozlik va q. h. mashinasozligi
tarmogʻida 20 dan ortiq zavod, birlashma
va tashkilotlar faoliyat koʻrsatdi. Bu


tarmoqda paxtachilik traktorlari,
dvigatellar, traktor tirkamalari, paxtachilik
texnikasi kompleksi, bogʻdorchilik va
tokchilik mashinalari, q. h. mashinalari
reduktorlari, chorvachilik, ozuka
tayyorlaydigan mashinalar, ehtiyot
qismlar va h. k. ishlab chikariladi. 20-
asrning 90-yillar boshida quvvati 30 ot
kuchi boʻlgan TTZ - 30 traktori va unga
moslangan q. h. mashinalari va qurollari
majmui yaratildi. Traktorsozlikning yirik
korxonalari — "Toshkent traktor zavodi"
davlat-aksiyadorlik jamiyati va
"OʻzKeystraktor" qoʻshma korxonasida
TTZ-30, MT-30, TTZ-100K.10, TTZ-
100K.11, SX-100 ("Keys"), SXR-100 va
boshqa paxtachilik, universal traktorlari,


traktor tirkamalari, yuklagichlar, metall
quymalar, shtampovkalar ishlab
chiqaradi. Qishloq xoʻjaligi
mashinasozligi tarmogʻidagi yirik
korxonalardan biri "Uzqishloqmash"
aksiyadorlik jamiyati chigit se-yalkalari,
koʻsak chuvish mashinalari, rotorli oʻrim
mashinalari, TTZ-30 va boshqa
traktorlarga tirkab va osib ishlatiladigan
mashinalar, kartoshka ekkichlar,
"Kimyoqishloqmash" aksiyadorlik
jamiyati qishloq xoʻjaligida ishlatiladigan
tirkamali purkagichlar ishlab chiqariladi.
Paxtachilikni kompleks
mexanizatsiyalash uchun mashina va
mexanizmlar, gʻoʻza kultivatorlari,
chizelkultivatorlar, oʻgʻit solgichlar, ariq


qazgichtekislagichlar, koʻsak terish
mashinalari, pluglar, chorvachilik uchun
turli mashinalar va boshqa mahsulotlar
"Chirchiqqishloqmash" aksiyadorlik
jamiyatida ishlab chiqariladi. 1959-yildan
"Toshqishloqmash" aksiyadorlik jamiyati
paxta terish mashinalarini ishlab
chiqarishga ixtisoslashdi (dastlabki
paxta terish mashinasi 1949-yil
tayyorlangan). Hozirgi davrda korxonada
yangi, gorizontal shpindelli XMG-04 va
XMG-12 oʻrnatiluvchi paxta terish
mashinalari, "OʻzKeysmash" qoʻshma
korxonasida "2022 Kotton Ekspress" ikki
qatorli, gorizontal shpindelli oʻziyurar
paxta terish mashinalari ishlab
chiqariladi. Bogʻdorchilik, tokchilik va


polizchilikda foydalaniladigan mashina
va moslamalar "Bogʻdorchilik
mashinasozligi zavodi" aksiyadorlik
jamiyatida ishlab chiqariladi. 3-d 1969-yil
ixtisoslashtirilgan konstruktorlik byurosi
tarzida tashkil etilgan, keyinchalik
Toshkent tajriba eksprimental zavodi
bilan "OʻrtaOsiyoqishloqmash"
birlashmasiga aylantirilgan.
"Urganchozuqamash" aksiyadorlik
jamiyati (1987) osma traktor urok,
mashinalari, traktor xaskashlari, sholi
oʻrish mashinalari, Buxoro
ixtisoslashtirilgan tajriba zavodi
chorvachilik jmhozlari, gʻoʻzapoya
yulgichlar ishlab chiqarishga
ixtisoslashgan.


Respublikada umumiy mashinasozlik,
toʻqimachilik sanoati, paxta tozalash
sanoati mashinasozligi, asbobsozlik
sanoati mashinasozligi va boshqa
sanoat korxonalari 1994-yilda tashkil
etilgan Oʻzbekiston mashinasozligi
sanoati uyushmasi ("Oʻzmashsanoat"),
qishloq xoʻjaligi mashinalari va
traktorsozlik korxonalari
"Oʻzqishloqxoʻjalikmashxolding"
kompaniyasi, avtomobilsozlik sanoati va
unga texnika xizmati koʻrsatish
korxonalari Oʻzbekiston avtomobilsozlik
korxonalari uyushmasi ("Oʻzavtosanoat"),
elektrotexnika, radiotexnika sanoati
korxonalari Oʻzbekiston radioelektronika,
elektrotexnika sanoati korxonalari


uyushmasi ("Oʻzeltexsanoat") tarkibiga
kiradi. 2002-yilda Oʻzbekiston
Mashinasozlik sanoatida 716 dona kuchli
tok transformatorlari, 35130 dona
avtomobil (shu jumladan, 414 avtobus),
3148 dona traktor, 65 dona paxta terish
mashinasi ishlab chiqarildi (yana qarang
Asbobsozlik sanoati

Paxta tozalash
sanoati mashinasozligi

Radioelektronika
sanoati

Elektrotexnika sanoati va b
.).
Ortiqali Oʻrimboyev.
[1]
Qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash
Yana q.


1. 

Yüklə 86,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin