Nanozarrachalarning o’lchami kichiklashishi bilan u klaster holatiga o’tadi. Bu klasterlar 10 tadan bir nechta mingta (~2000-10000) atomlardan tashkil topgan bo’ladi. Kristall zarrachalardan farqli o’laroq klasterlarga translyatsion simmetriyani yo’qotish xarakterli (xos). Nanozarrachalarga hozirda yarim o’tkazgichli kvant nuqtalari va polimer dendrimerlar kiradi. O’quv qo’llanmada asosan kompakt (konsolidirovanniy, biriktirilgan) nanomateriallarga ko’proq asosiy diqqat qaratiladi. Hozirda faqat shu ob’yektlar uchun keng va yetarli ma’lumotlar to’plangan. Qolgan nanomateriallar bo’yicha ma’lumotlar yetarli darajada emas.

14.5 Nanokukunlarda tayyor detallarni ishlab chiqarish usullari.

Nano strukturaga ega bo‘lgan materiallarni ishlab chiqarish uchun albatda xomashyo sifatida nanokukunlar zarur. Nano kukunlardan xajmiy materiallar olish uchun yuqorida o‘rganib chiqilgan kukunlarga shakl berish usullaridan foydalaniladi. Kukun konstruksion materiallarni ishlab chiqarishda ko‘laniladigan presslash usullari nano kukunlarni preslashda xam ko‘laniladi.
Kukunlarini presslash - bu qolipga qo’yilgan kukunlarin bosim ta’sirida shu qolipning ichki gometrik shaklini berishdan iborat. Buni natijasida press-qolipdan chiqgan yarim kukun maxsulati ma’lum darajada mustaxkamlikga ega bo‘lib oladi.