C60 va C70 klasterlari fullerenlar deb ataldi (Nobel mukofoti laureatlari N.Kroto, R.Kerlu va R.Smollilarning ishlari). 1991 yilda yapon olimi S.Ishima grafitni elektr yoy yordamida bug’lantirilgan mahsulotida uglerod nanotrubkalar borligini aniqladi.

Nanog’ovak materiallardagi g’ovaklarning o’lchami 100 nm dan kichik bo’ladi. Shu qatorda adabiyotlarda: mikrog’ovakli (g’ovak o’lchami 2 nm dan kam), mezog’ovakli (g’ovak o’lchami 2 – 5 nm), va makrog’ovakli (g’ovaklar o’lchami 5 nmdan katta) terminlar ham uchrab turadi.
Katalizatorlar – ancha oldindan o’rganilib kelayotgan va keng qo’llanilayotgan nanoob’yektlarga kiradi.
Supramolekulyar strukturalar –nokovalent sintez natijasida hosil bo’ladi. Bu struktura Van-der-vaals, vodorod va boshqa bog’lanishlar hisobiga hosil bo’ladi.

Shunday qilib, quyidagicha hulosa qilish mumkin. Yuqorida ko’rib o’tilgan nanomateriallarning olish texnologiyasi turlicha, funktsional xususiyatlari ham har hil, ularni fakat zarrachalarni kichik o’lchamigina bir guruxga birlashtiradi. Struktura elementlarining minimal o’lchami (0,1-1,0)10-9 nm, ya’ni alohida atom va molekulalar o’lchamlariga to’g’ri keladi, maksimal o’lchami 100 nm – shartli olingan.
Gohida nanokristall xolatning yuqori chegarasi (elementning maksimal o’lchami) ma’lum bir xarakterli fizik parametr (erkin yugurish uzunligi, dislokatsiya surilishi uchun Frank-Rid sirtmog’i diametri, domen yoki domen devori o’lchami va de Broyl elektron to’lqini uzunligi) bilan bog’liq bo’lishi kerak degan fikrlar ham mavjud. Ammo qattiq jism ob’yektlarining elektr, magnit, deformatsion va boshqa hossalarini aniqlovchi xarakterli fizik parametrlarning o’zgarish diapozoni juda keng, shuning uchun ma’lum bir yuqori chegarani belgilash mumkin emas. Terminlar bo’yicha quyidagini ta’kidlash zarur, «nano» qo’shimchali terminlar keng qo’llanilmoqda, masalan «nanotexnologiya», «nanoelektronika», «nanoximiya» va boshqalar.