Og‘zakilik. Xalq ijodidagi so‘z san’atiga oid asarlar yozuv madaniyati kashf qilinmasdan oldin ham yaratilgan, ijro etilgan. Og‘zaki ijoddagi topishmoqlardan tor tib maqollargacha, dostonlardan qo‘shiqlar gacha og‘zaki tarzda aytiladi. Har bir ijrochi o‘zi aytayotgan ijod namunasiga hayot tajribasini, dunyo qarashini, yonveridagi yurtdoshlari bilan bo‘lgan munosabatini singdirib ijro etgan. Yaqin kunlargacha og‘zaki ijod namunalari avloddan avlodga meros bo‘lib o‘tar ekan, folklor namunasi sayqal topib boradi degan tushuncha mavjud edi.
Aslini olganda, og‘zaki ijod asarining badiiy jihatdan mukammallashuvi yoki zaiflanishi ijrochining mahoratiga bog‘liqdir. Agar asarni yaxshi ustoz ko‘rgan, badiiy ijod qilish iste’dodiga ega bo‘lgan shaxs ijro etsa, asar badiiy jihatdan sayqal topadi. Aks holda, asarning go‘zalligiga zarar yetishi ham mumkin. Ijrodagi og‘zakilik ijobiy va salbiy xususiyatga ega bo‘ladi.
Xususan, og‘zakilik folklor asarining keng tarqalishiga, xalq orasida ommalashuviga bosh sabablardan bo‘lgan omildir. Bu — og‘zakilikning ijobiy jihati. Ammo, shu bilan birga, og‘zaki ijod asari o‘tmish zamonlarda yozma tarzda saqlab qolinmaganligi uchun mohir ijrochining vafot etishi asarning ham yo‘q bo‘lib ketishiga olib kelgan. Xalq dostonlari va ertaklarini o‘qir ekanmiz, faraz yo‘li bilan ularnnig naqadar mukammal va go‘zal nusxalari mavjud bo‘lganini payqaymiz. Ammo asarlarning og‘zaki tarzda ijro eti lishi bugungi kunda u nus - xalarning yo‘qolib ketishiga olib kelgan. Improvizatorlik bevosita og‘zakilik xususiyati bilan bog‘liqdir. Bu atama badihago‘ylik ma’nosini bildiradi.
Baxshi doston ijro etar ekan, asarga tinglovchilarni qi - ziqtirish uchun yo‘l-yo‘lakay o‘zgarishlar kiritadi. Bunday o‘zgarishlarni qo‘shiq, ertak, askiya, latifa kabi janrlar ijrosida ham kuzatish mumkin. Jumladan, hamma taniydigan tinglovchilarning nomini, mahalliy hududda ro‘y bergan o‘ta qiziqarli voqealarni yoki mamlakat miqyosidagi ijodiy yoki salbiy hodisalarni eslab o‘tish ko‘rinishida namoyon bo‘ladi.
Ayniqsa, to‘ylarda ijro etiladigan askiyalarni improvizatsiyasiz tasavvur qi lish mumkin emas, chunki og‘zakilik bilan bog‘liq bu xususiyat har bir asar ijrosini jonlantiradi, qiziqish darajasini oshiradi, unga alohida fayz bag‘ishlaydi. Ba’zan ilhomi kelib turgan baxshi tinglovchilarning qo‘llab-quvvatlashi oqibatida o‘zi bilgan an’analarga suyangan holda tomomila boshqa mazmundagi yangi asarni yaratib yuborishi ham mumkin bo‘ladi.