Jamoalik. Jamoalik deganda biron ish — harakatning ma’lum bir guruh odamlar ishtirokida birgalikda amalga oshirish nazarda tutiladi. Jamoa bo‘lib imorat qurish mumkin, paxta terish yoki yer chopish, hosil yig‘ishtirish mumkin bo‘ladi. Ammo biron asarni jamoa bo‘lib yaratish nisbiy tushunchaga egadir, chunki doston, ertak, qo‘shiq kabi badiiy asar namunalarini misrama-misra, jumlamajumla yaratish amaliy jihatdan mumkin emas. To‘g‘ri, folklorshunoslik tarixida ba’zan qo‘shiq janriga oid badiiy asarni bir guruh odamlar aynan jamoa bo‘lib yaratgan hollar bo‘lgan, bunda qo‘shiq misralari har biri kelishgan holda bitta-bitta guruh vakili orqali aytilgan va oxir pirovard qo‘shiq vujudga kelgan. Ammo bari bir bu asar badiiy jihatdan talabga javob bermagani tufayli omma e’tiboridan chetda qolib ketgan. Binobarin, xalq og‘zaki ijodiga oid boshqa janr namunalarining yaratilishida ham jamoaning ishtirokini yuqorida qayd qilganimizdek, hosil yig‘ish, imorat qu rish kabi mehnat ko‘rinishlari bilan tenglashtirib bo‘lmaydi.
Xalq og‘zaki ijodi asarlari qaysi janrga mansub bo‘lishidan qat’i nazar uni badiiy ijod qilish iqtidoriga ega bo‘lgan yakka shaxs yaratadi. Yaratilgan asar omma tomonidan ma’qullangan taqdirda, boshqa ijodkor xalq vakillari tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi va ularga asta-sekinlik bilan ijodiy o‘zgarishlar kiritiladi. Yaratilgan asar og‘zaki shaklda vujudga kelgani tufayli turli o‘zgarishga duch kelishi rasmiylashtirilmaydi, ya’ni ijod namunasi ning qaysi qismi kim tomonidan yaratilgani aynan qaysi o‘rinlarga kim o‘zgarishlar kiritgani qayd etilmaydi. Natijada, ma’lum muddat o‘tgandan so‘ng, asarning dastlabki nusxasi juz’iy yoki muhim yangiliklarga ega bo‘la boshlaydi. Shunday qilib, mazkur ijod namunasini birinchi yaratgan ijodkor o‘zo‘zidan mualliflik da’vosini qilolmaydi.
Xalq og‘zaki ijodi asarlarini to‘plash uchun chiqilgan ekspeditsiyalardan shu narsa ma’lum bo‘ladiki, xalq orasida yashab og‘zaki ijod xazinasiga o‘zining iste’dodi bilan hissa qo‘shgan ko‘pchilik yurtdoshlarimiz mazkur asarlarga muallif yoki muallifdosh 16 bo‘lishni tabiatan xohlamaydilar ham. Bunday odamlar o‘z ijodlarini xalqqa bag‘ishlagan bo‘ladilar. Har qanday tamagirlik ular uchun yotdir. Ko‘p yillik tajribalar shuni ko‘rsatadiki, bunday odamlar o‘zlari yaratgan namunalarni boshqa yurtdoshlari tomonidan ijro etilganini bilib, olamolam bahra oladilar. Biz, o‘zbeklar, millatdoshlarimiz o‘rtasida ana shunday oliyhimmat odamlar borligidan faxrlanmog‘imiz lozim. Shunday qilib, bugungi kunda hech qanday moddiy qimmat bilan baholab bo‘lmaydigan og‘zaki ijod xazinasi yuqorida aytganimizdek, olijanob va o‘z xalqi uchun beminnat xizmat qiladigan ajdodlarimiz tomo nidan jamoa bo‘lib yaratilgandir.
Xalq og‘zaki ijodi asarlari sayqal topishida, ko‘pincha yangi namunalar bilan to‘lib borishida oddiy tinglovchilar jamoasining bilvosita ishtirok etishini ham aytib o‘tish foydadan xoli emas. Biz ertakchi, qo‘shiqchi, doston aytuv chi baxshi, askiyachi va boshqa janr ijrochilarining tabiatan nozik hissiyotga beriluvchi odam bo‘lishlarini unutmasligimiz lozim. Asarni ijro etish paytida tinglovchilar eshitayotgan san’at namunasiga nihoyatda qiziqish bilan munosabatda bo‘lsalar, ijrochi o‘zi aytayotgan asarga yo‘l-yo‘lakay yangi obrazlarni, yangi lavhalarni kiritib yuboradi. Bunday ehtirosli damlarda yangi asar namunasining rejasi tuziladi. Natijada, oddiy tinglovchi bo‘lib o‘tirgan xalq o‘zi bilmagan holda yangi asar ning paydo bo‘lishiga yoki juda bo‘lmaganda, avvaldan an’anaviy tarzda aytib kelingan asarga muhim o‘zga rishlar kiritilishiga hissa qo‘shadi. Shunday qilib, xalq og‘zaki ijodining paydo bo‘lishi, shakllanishi va rivoj lanishida umumxalq vakillari ijodkor yoki ehtirosli tinglovchi sifatida jamoa bo‘lib ishtirok etadilar. Demak, xalq og‘zaki ijodidagi jamoalik xususiyati deganda, asar yaratilishida jamoaning ishtirokini aynan, sodda tarzda emas nisbiy tushunmog‘imiz ma’qul bo‘ladi.