Mukammal raqobat sharoitida ishlab chiqaruvchi (yoki sotuvchi) hamda iste’molchi (yoki xaridor)larning soni juda ko‘p bo‘lib, ularning ishlab chiqarish hajmini o‘zgartirish orqali narx shakllanishiga ta’siri umuman sezilmaydi.
Nomukammal raqobatsharoitida esa ishlab chiqaruvchilar (sotuvchilar) yoki iste’molchilar (xaridorlar)dan birining soni cheklangan bo‘lishi ularning bozordagi ishlab chiqarish hajmiga va, pirovardida, bozordagi narxning shakllanishiga sun’iy ta’sir ko‘rsatish imkonini beradi. Bunday raqobat turli darajalaridagi narxlarning shakllanish xususiyatlari bir-biridan farq qiladi
Narxlarning shakllanishiga ko‘plab omillar ta’sir etadi. Ularning orasida ta’kidlash kerakki, birinchi o‘rinda korxonaning o‘z faoliyati bilan bog‘liq omillar turadi. Korxona uchun narx uning tushumi, foydasi, hayot tarzi manbasi hisoblanadi, u korxona strukturasiga, savdo hajmi va uning bozordagi ulushiga, imijiga ta’sir o‘tkazadi.
Narxning shakllanishi Korxonalar o‘z tovarlariga narx belgilashdan oldin unga ta’sir etuvchi tashqi omillarni chuqur tahlil qilishlari zarur. Jahon tajribasida iste’molchilarni xaridiga qarab turli bo‘limlarga ajratib o‘rganiladi.
1. Ishlab chiqaruvchi. So‘ralgan narxni xarajatlarning to‘liq, qisman hisobiga mos kelishi.
2. Iste’molchilar. Narx darajasining potensial sotib oluvchilar nuqtayi nazaridan maqbulligi.
3. Raqobatchilar. Raqobatchilar tomonidan so‘ralgani bo‘yicha sotilgan narxlar darajasi.
Narxning shakllanishi
Dastlab narxlarni belgilashda ichki ajralmas omillarni hisobga olish kerak, shu jumladan kompaniyaning savdo maqsadlarini tan olish, mahsulot narxini qoplash va qo'shilgan qiymat uchun narxlarni sozlash.
Narxlarni belgilash raqobatbardosh bozor doirasini hisobga olishi va maqsadli bozorning haqiqiy talablarini aks ettirishi kerak.
Marketing kanallari tanlangandan so'ng, narxlarni minimallashtirish bilan mahsulotlarni kerakli bozorga yetkazib berishda qo'shimcha ichki samaradorlik va xaridor tomonidan qabul qilingan qo'shimcha qiymatni aks ettirish uchun narxlarni tuzatishlarni ko'rib chiqish lozim