2.2- Bir sanoq sistemasidan boshqa sanoq sistemasiga o’tish
Asosi t ga teng bo’lgan sanoq sistemasidan doimo boshqa biror g asosga ega bo’lgan sanoq sistemasiga o’tish mumkin. Buning uchun t sistemali sonni avvalo o’nlik sanoq sistemasidagi songa aylantirib, so’ngra oxirgi sonni g sistemadagi songa aylantirish kerak. O’nlik sistemada berilgan sondan g lik sistemaga (g < 10) o’tish uchun berilgan sonni g ning darajalari bo’yicha yozib olamiz. Shu yoyilmadagi koeffitsientlar (darajalarining pasayishi tartibida olinadi) g asosga nisbatan yozilgan sonning raqamlari bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: |