Mavzu: Neft, neft mahsulotlari fizik xususiyatlari. Reja



Yüklə 58,44 Kb.
səhifə1/8
tarix28.02.2023
ölçüsü58,44 Kb.
#85883
  1   2   3   4   5   6   7   8
2- маруза

2-MA’RUZA


Mavzu: Neft, neft mahsulotlari fizik xususiyatlari.
Reja:

  1. Neft va neft mahsulotlarining asosiy xossalari.

  2. Neft mahsulotining issiqlikdan kengayishi.

  3. Neft mahsulotlarining yong‘indan xavfliligi bo‘yicha klassifikatsiyasi.

Neft, gaz va neft mahsulotlarining asosiy fizik-texnik xossalariga: zichlik, qovushqoqlik, o‘z-o‘zidan alanga olish harorati, elektrlanish, mahsulotlarning zararli xususiyatlari, kritik harorat va kritik bosim, to‘yingan bug‘ bosimi, portlash, yong‘indan xavflilik va boshqalar kiradi. Bu xossalarni bilish neft-gaz va neft mahsulotlarini tashish va saqlashdagi texnologik jarayonlarni to‘g‘ri tashkil qilishni taqozo etadi. Quyida ularning mazmuni bilan tanishib chiqamiz:
Neft qo‘ng‘ir rangli yonuvchan suyuqlik bo‘lib, uning tarkibi S5:S36 gacha bo‘lgan turli sinf uglevodorod birikmalari hamda kislorod, azot, oltingugurt birikmalari aralashmasidan tashkil topgan. Neftning kimyoviy tarkibi qazib olinayotgan konlarga bog‘liq bo‘lib, tarkibidagi moddalarning o‘rtacha qiymatlari quyidagicha (foizda): uglerod 84–85; vodorod 12–14; kislorod 0,1–1,3; azot 0,02–1,7; oltingugurt 0,01–5,5.
Neft, gaz va neft mahsulotlarining asosiy fizik-texnik xossalari:

  • zichlik;

  • qovushqoqlik;

  • portlovchanlik;

  • o‘z-o‘zidan alanga olish harorati;

  • elektrlanish;

  • bug‘lanuvchanlik;

Neftning eng muhim xossalaridan biri uning zichligi hisoblanadi.
Zichlik - hajm birligidagi modda (neft, neft mahsuloti, gaz)ning massasi tushuniladi.
Neftning zichligi uning tarkibiga kiruvchi komponentlar: smola, asfalten va unda erigan gazlar miqdoriga bog‘liq bo‘lgan holda 0,75 kg/m3 dan 0,99 kg/m3 gacha o‘zgaradi.
Neft zichligi uni qizdirish yoki tarkibida gazning erishi natijasida kamayadi. Qatlam neftning zichligi yuzaga chiqqan neft zichligidan kichik bo‘ladi.
Neftning zichligini aniqlashda quyidagilardan foydalaniladi:

  • areometr

  • densimetr

  • piknometr

  • vestfal tarozisi

Zichlikni aniqlash formulasi:

bunda: m - massa, kg; V – hajm,
Ziсhlik temperaturaga bog`liq bo`lib, odatda, temperatura ortishi bilan kamayadi. Bu o`zgarish neft mahsulotlari uchun quyidagi munosabat orqali ifodalanadi:

ttemperatura, (birligi ), - hajmiy kengayish temperatura koeffitsienti; - suyuqlikning 20°C dagi ziсhligi, (birligi ).
Suvning ziсhligi bu qonundan mustasno bo`lib, uning ziсhligi eng katta qiymatga 4°C (aniqrog‘i 3,98°C) da ega bo`ladi. Uning issiqligi bundan oshsa ham, kamaysa ham ziсhligi kamayib boradi.
Mahsulotlarni tashish va saqlash jarayonida neft va neft mahsulotlarining zichligi quyidagi birliklarda aniqlanadi:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin