Bug‘lanuvchanlik - neft va uning mahsulotlari oddiy sharoitda ochiq yuzadan bug‘ holatiga o‘tish qobiliyatiga ega. Hosil bo‘lgan bug‘lar atrof-muhitga tarqalib (isrof bo‘lib), mahsulot miqdorining kamayishiga va sifatining yomonlashishiga olib keladi.
Neft mahsulotlarining bug‘lanuvchanligi ma’lum darajada ularning to‘yingan bug‘lari bosimi (Ru) orqali harakterlanadi. Mahsulotlar to‘yingan bug‘ining bosimi qanchalik katta bo‘lsa, ular shunchalik bug‘lanishga moyil bo‘ladi. To‘yingan bug‘ bosimi bug‘lanayotgan mahsulot yuzasining haroratiga ham bog‘liq bo‘ladi.
2.1-rasm.Neft mahsuloti to‘yingan bug‘ bosimining (Ru) haroratga (t) bog‘liqligi.
Yong‘indan xavfliligi - neft va uning mahsulotlari yengil alanga oluvchi va yonuvchi materiallar hisoblanadi. Ularning yong‘indan xavfliligi bo‘yicha bo‘linish kriteriyasi uchun ochiq olov ta’sirida o‘t oladigan (lov etib yonadigan) mahsulot bug‘ining havo aralashmasini hosil qiluvchi harorat (eng past harorat) ko‘rsatkichi qabul qilingan. Harorat ko‘rsatkichlari mahsulotlarning turiga ko‘ra har-xil bo‘ladi.
Neft mahsulotlari yong‘indan xavflilik ko‘rsatkichlari bo‘yicha 4 sinfga bo‘linadi:
Neft mahsulotlarining yong‘indan xavfliligi bo‘yicha klassifikatsiyasi 2.3-jadval