Mavzu: neft va gaz sanoati



Yüklə 393 Kb.
səhifə1/14
tarix11.11.2022
ölçüsü393 Kb.
#68505
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
NEFTNI TOZALASH00


MAVZU: NEFT MAHSULOTLARINI TOZALASH
REJA:
KIRISH

  1. O’ZBEKISTON KIMYO SANOATINING O’ZIGA XOSLIGI

  2. NEFT VA UNDAN OLINADUGAN MAHSULOTLAR

  3. NEFTNI QAYTA ISHLASHNING ASOSIY USULLARI

  4. NEFT MAHSULOTLARINI TOZALASH USULLARI

XULOSA
ADABIYOTLAR


Kirish
Organik birikmalarni ishlab chiqarish qadimdan boshlangan, ammo u uzoq yillar davomida tabiiy materiallar tarkibidagi mahsulotlarni (qand-shakar, skipidar, o'simlik va hayvon moylari hamda yog'lari va boshqalar) ajratib olishga asoslangan yoki murakkab tabiiy mahsulotlarni oddiy moddalarga (oziq-ovqat mahsulotlarini spirt va sirka kislotasiga, yog'larni sovun va gliseringacha) parchalashga asoslangan edi.
XIX asrning o'rtalariga kelib organik kimyo taraqqiyotida yirik muvaffaqiyatlar qo'lga kiritildi. A.M.Butlerovning organik modda­larning tuzilish nazariyasi yaratildi, fizika, kimyo va texnik fanlarning yutuqlari, toshko'mirni kokslashdan hosil bo'luvchi qo'shimcha mahsulotlarga asoslangan xomashyo bazasining yaratilishi va boshqalar, organik sintezning paydo bo'lishiga, ya'ni, oddiy moddalardan murakkab moddalarni olishga olib keldi.
Hozirgi zamon jahon neftni qayta ishlash sanoati yoqilg’ilar sifatiga, chiqindi gazlarning midqoriga bo’lgan talabning ortishi bilan xarakterlanadi. Yonganida atmosferaga qo’rg’oshinning zaharli birikmalari chiqaradigan etilirlangan benzin ishlab chiqarish tabora kamayib bormoqda.
Hozirgi kunda rivojlangan davlatlarda benzinning oktan sonini oshirishda aromatik aminlar, oksigenatlar- alifatik spirtlar, oddiy efirlar (metil-uchlamchi butil efiri) metallosenlardan foydalanilmoqda. Aromatik aminlar va metallosenlarning qimmatligi va xom ashyo bazasining mavjud emasligi ulardan katta miqdorda foydalanishga imkon bermaydi. Shuning uchun ham arzon sanoat xom ashyolari asosida yangi, ekologik toza oktan sonini oshiruvchi qo’shimchalar yaratish va ishlab chiqarish eng dolzarb muammolardan biri hisoblanadi.
Respublika hoyob yoqilg’i – energetika resruslariga va qudratli energetik bazaga ega. Bizda 160 dan ziyod neft konlari bor. Neft zahiralari o’z talablarimizni to’la ta’minlabgina qolmay, energiya manbalarini chetga chiqarish imkonini ham beradi. Bugun bu sarmoya sarflashning eng foydali sohalaridan biridir.
Bugungi kunda O’zbekistonning yer ostida juda katta neft qatlamlari bor. Respublika hududining salkam 60 % ni ularni qazib olish uchun istiqbolli hududlar hisoblanadi.



Yüklə 393 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin