Mavzu: Nerv to‘qimasi



Yüklə 63,28 Kb.
səhifə1/5
tarix27.04.2023
ölçüsü63,28 Kb.
#103304
  1   2   3   4   5
Mavzu Nerv to‘q-WPS Office



Mavzu:Nerv to‘qimasi
Nerv to’qimalari ja'mi bir butun bo’lib, organizmda yuqori darajada ixtisoslashgan va takomillashgan murakkab nerv sistemasini tashkil etadi. Bu sistema har qanday tashqi va ichki ta'sirni qabul qilib, markaziy nerv sistemasiga etkazib berish va u erda analiz-sintez jarayonida hosil bo’lgan javob impulsini (reaktsiyasini) harakat organlariga etkazib berish kabi o’ta murakkab vazifani bajaradi. Demak, nerv sistemasi orqali organizmda doimo tashqi va ichki muhit bilan uzluksiz bog’lanish bo’lib turadi.
Ma'lumki, organizmning tashqi va ichki organlarida har xil ta'sirni qabul qiluvchi apparatlar - retseptorlar joylashgan. Tashqi ta'sirni qabul qiluvchi retseptorlar ekstero-retseptorlar, ichki ta'sirni qabul kiluvchi retseptorlar intero-retseptorlar deyiladi.Yuqorida aytib o’tilganidek, tashqi va ichki retseptorlar qabul qilgan ta'sir impuls tariqasida markazga intiluvchi nerv (afferent) hujayralari (neyronlar) orqali tezda markaziy nerv sistemasiga (MNS) etkaziladi. U erda analiz-sintez qilinib, javob impulsi harakat neyronlari, ya'ni markazdan qochuvchi (efferent) neyronlar orqa-li harakat organlariga (muskul yoki bezlarga) etkaziladi.
Shundan keyin bu organlar qisqaradi yoki bo’shashadi, bezlar esa mahsulot (sekret) ishlab chiqaradi.
hayvonlar tashqaridan qabul qiladigan impulslarning analiz-sintezi bilan atrof-muxitda o’zining turgan joyi va yo’nalishinn aniqlab oladilar. Odam esa dunyo sirlarini chuqur o’rganib chiqib, o’rgangan narsa-hodisalarni amalda qo’llaydi.
Nerv to’qimasi tarknbida faqat sezuvchi (markazga intiluvchi) va harakat (markazdan qochuvchi) nervlari uchrab qolmay, balki uchinchi guruh - oraliq (assotsiativ) neyronlar ham uchraydi. Ular bir neyrondan ikkinchi neyronga impuls o’tkazish vazifasini bajaradi. Masalan, impulsni ular afferent neyrondan efferent neyronga o’tkazishi mumkin.
Umuman olganda, nerv to’qimasi ikkita katta tarkibdan: o’ziga xos vazifani bajaruvchi nerv hujayralaridan va to’qimada tayanch, trofik, sekretor, himoya vazifalarini bajaruvchi bir necha xil neyrogliyadan tashknl topgan. Bular hammasi bir butun holda organizmda morfologik va funktsional jihatdan yaxlit nerv sistemasini tashkil etadi.

Yüklə 63,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin