MAVZU: NODAVLAT MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASALARINI TASHKIL
REJA:
Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasini tashkil etish
Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasining maqsad va vazifalari
Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasining ta’lim muassasini faoliyatini tashkil etish.
Foydalanilgan adabiyotlar
Sh.Shodmonova. Maktabgacha ta’lim pedagogikasi.Fan va texnologiya.-T:,2008 y.
F.Qodirova, N. Qayumova Maktabgacha pedagogika. Darslik. Toshkent. Tafakkur nashriyoti. 2019
Karimova V.M. “Oila pedagogikasi”. Darslik-T.: Fan va etxnologiya, 2008-y
Shoumarov G.B. tahriri ostida. “Oila pedagogikasi”. T.: Sharq. 2009-y.
Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasining maqsadi va vazifalarini, uning faoliyatini tashkil etish, moliyalashtirish va nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasini boshqarish foliyatini tartibga solidi.
Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi o’z faoliyatida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa qonun hujjatlariga, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi.
Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi yuridik shaxs hisoblanadi va o’z ustaviga mustaqil balansiga, bank hisob raqamlariga, o’z nomiga ko’rsatilgan muhrga ega bo’ladi.
Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasining maqsad va vazifalari
Quyidagilar nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasining maqsadi hisoblanadi:
Maktabgacha yoshdagi bolalarni (keyingi o’rinlarda bolalar deb ataladi) har tomonlama intellectual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish;
Ta’lim-tarbiya berish orqali bolalarni maktab ta’limiga sifatli tayyorlash;
Bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish.
Quyidagilar nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasining vazifalari hisoblanadi:
Ta’lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarini joriy etish;
Bolalarning hayotini muhofaza qilish va sog’ligini mustahkamlash;
Bola shaxsini sog’lom va yetuk, maktabda o’qishga tayyorlangan tarzda shakllantirish;
Bolaning intellectual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlanishini ta’minlash;
Bolaning rivojlanishidagi(nutqida, ko’rishida, eshitishda) yengil nuqsonlarni korreksiyalashni amalga oshirish;
Bolalarda xalqimizning yuksak ma’naviyati va insonparvarlik an’analariga sadoqat tuyg’ularini shakllantirish.
Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasining ta’lim muassasini faoliyatini tashkil etish.
Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi qonun hujjatlariga muvofiq muassasa shaklida tashkil etiladi.
Davlat maktabgacha ta’lim muassasasining muassislari toifasiga kirmaydigan barcha yuridik va jismoniy shaxslar nodavlat majtabgacha ta’lim muassasasining muassislari bo’lishi mumkin.
Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi qonun hujjatlariga muvofiq belgilangan tartibda letsenziya olgan vaqtdan vaqtdan boshlab ta’lim faoliyatini amalga oshirish huquqiga ega bo’ladi.
Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasida ta’lim mazmuni maktabgacha ta’limga qo’yiladigan davlat talablariga asosan ishlab chiqilib, O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan yoki tavsiya qilingan dasturlar bilan belgilanadi.
Muassasa o’z(mualliflik) dasturlaridan foydalanishga haqlidir. Ushbu dasturlarni tartibi O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan belgilanadi.
Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasining ish tartibi va bolalarning muassasada bo’lish vaqti muassasa ustavi hamda muassisning qarori bilan belgilanadi.
Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasida 5 kunlik ish haftasi uchun, qoida tariqasida quyidagi ish tartibi joriy etiladi:
12 soatli;
10,5 soatli;
9 soatli;
4 soatli;
Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi joylashgan hududda yashaydigan aholi talablaridan kelib chiqib, nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasida yoki uning alohida guruhlarida 6 kunlik ish haftasi ham joriy etilishi mumkin.
Savollar
Nodavlat MTMni kimlar tashkil etishi mumkin?
Davlat MTMlari bilan Nodavlat MTMlar o’rtasida qanday o’xshashliklar bor?
Nodavlat MTMda ish haftasi asosan necha kunlik?
Necha soatli ish haftasi tashkil etilishi mumkin?
Dostları ilə paylaş: |