Nukleoziddifosfat va nukleotidtrifosfat tarkibidagi fosfat kislotalari bir-birlari
bilan yuqori potentsial energiyaga ega bo’lgan angidrid bog’lari orqali bog’lanib,
ularni makroerglar deb ataladi. Makroergli ribonukleatidtrifosfatlar
RNK va
DNKlarning biosintezida dastlabki substrat hisoblanadi.
Hujayra metabolizmida ATF markaziy o’rin egallab oksidlanishi, substratli
va fotosintetik fosforlanish reaktsiyalarining mahsuli bo’lib,
organizmda
akkumulyatorlik vazifasini o’taydi. Har qanday biologik
jarayonlarda energiya
manbai sifatida ATF xizmat qiladi. ATF dan tashqari bo’lgan
trifsfatlar ham
muayyan
biologik
vazifalarni
bajaradilar.
Jumladan,
GTF
oqsilning
translyatsiyasida, UTF uglevodlar sintezida va TSTF
esa glitserofosfolipidlar
biosintezida ishtirok etadilar.
Nukleotidlarning molekulyar og’irligi 330 ga teng. Bakteriofagdagi nuklein
kislotasining molekulyar massasi 1,9.10
6
Da. Demak, tarkibida 5760
nukleotid
qoldig’i bor (900000:330).
Hujayrada oddiy nukleotidlardan tashqari yana tsiklik -3
/
,5
/
-adenil va tsiklik
3
/
,5
/
guanil kislotalar ham uchraydi:
TSiklik nukleotidlar biologik faol moddalar bo’lib,
hujayraga tashqaridan
keladigan xabarlar (gormon, neyromediator va boshqa)
uchun vositachilik rolini
bajaradilar. Ular tsiklaza fermentlari
yordamida sintezlanib,
faolliklari esa har xil
effektorlar, jumladan, gormonlar orqali boshqariladi.
Dostları ilə paylaş: