DNK ning ikkilamchi strukturasi DNK ning nukleotid tarkibi to’g’risidagi analitik ma’lumotlar asosida Uotson
bilan Krik 1953 yilda DNK molekulasining qo’sh spirallarini bir-biriga o’ralgan
tuzilishi to’g’risidagi g’oyani taklif etdi. Keyinchalik bu nazariya eksperimental
tasdiqlandi. DNKning ikkilamchi strukturasini muvofiqlashtiradigan asosiy omillar
quyidagicha: A va T o’rtalaridagi vodorod bog’lari bo’lib, bu juftlikda ikkita bo’ladi.
G va TS juftligida esa vodorod bog’lari uchta. Azot asoslarini komplementar (bir-
birini to’ldiruvchi) deyiladi.
Komplementar juft azot asoslari A-T va G-TS lar faqat katta-kichik o’lchami
bir xil bo’lishi bilan birgalikda, ularning shakli ham bir xilda bo’ladi.
14-rasm. DNK ning komplementar asoslari
(A-T, G-TS asoslar o’rtasidagi vodorod bog’lari)
Qo’sh spiralli strukturaning o’zagi fosfat va dezoksiriboza guruhidan tashkil
topgan. U fazoviy o’qqa nisbatan o’ngga buralish xususiyatiga ega. Spiralning ichki
qismiga azot asoslari u fazoviy o’qqa nisbatan perpendikulyar joylashgan. Qo’sh
spiraldagi har bir zanjir o’zaro antiparalelь,ya’ni uning kimyoviy tuzilishi bir-biriga
qarama-qarshi holda shakllanadi. Bir zanjirdagi bog’ 5
/
-3
/
shaklida bo’lsa,
ikkinchisida, aksincha 3
/
-5
/
fosfat ko’rinishda (14-rasm) bo’ladi.
N N O C H 3 O H N N H H N N N Аденин Тимин 1.11нм 0.28 нм 0.3 нм 56о 51о N N O N H H H H H N N N O