miqdori har xil bo’ladi. Tez harakat qiladigan hayvonlar qonida kislorod miqdori
yuqori bo’ladi. Masalan, tez harakat qiladigan osьminoga va dengizlardagi ayrim
bo’g’imoyoqlilar qonida gemokianinning miqdori 100 ml qonda 10 g bo’ladi. Kam
harakat qiluvchi mollyuskalarda uning miqdori 100 g qonda 0,03 g atrofida
uchraydi.
Ma’lumki, boshoyoqli malyuskalarning qoni ularning jabralaridan (oyquloq)
o’tish jarayonida zangori ranga aylanadi. Qonning zangori ranga o’tish sababi,
kislorodning mis tutuvchi oqsil bilan bo’lgan reaktsiya natijasidir. Mazkur oqsil
kislorodni yo’qotishi bilan rangsiz holga qaytadi. Eritmaga mis ioni qo’shilsa
gemokianing o’z rangi va faolligini tiklaydi. Gimokianning tarkibidagi misning
oksidlanish darajasi +1 holatda bo’ladi. Muhitda kislorod bo’lmagan taqdirda
kislorodning miqdori qonda ko’p bo’lsa metal ionlarining bir qismi oksidlanadi.
Gemokianindagi bitta molekula kislorodga ikki molekula mis atomi to’g’ri keladi.
SHunday qilib, gemokianing tarkibidagi kislorod mis atomini yarmisini oksidlaydi.
Gemokianinning shu xususiyati bilan hayvonlarda keng tarqalgan gemoglobindan
farq qiladi. M’lumki gemoglobin tarkibidagi temir atomlarining oksidlanish darajasi
+2 bo’lib, u erkin holatida bo’ladimi, yoki kislorod bilan kompleksda bo’ladimi
baribir temirning zaryadi +2 bo’lib qolaveradi.
Dukkakli o’simliklar doni tarkibida qondagi gemoglobinga o’xshash oqsil
borligi aniqlangan. Legoglobin deb ataladigan bu oqsilning asosini ham gem tashkil
qiladi. O’simliklardagi gemoglobinga o’xshash oqsillar havodan molekulyar azotni
o’zlashtirilishida ishtirok etishi aniqlangan.
Nukleoproteidlar oqsil bilan nuklein kislotalarning birikishidan hosil bo’ladi.
Ular barcha hujayralarda yadro va tsitoplazmaning asosiy qismini tashkil etadi.
Ba’zi nukleoproteidlar maxsus zarrachalar (viruslar) holida uchrab, organizmlarda
turli kasalliklar keltirib chiqaradi. Prostetik guruhning harakteriga qarab,
dezoksiribonukleoproteinlar (DNP) va ribonukleoproteinlar (RNP) ga bo’linadi.
Nuklein kislotalar organizmda benihoya katta o’rin tutganligi uchun kitobning ayrim
boblarida ular haqidagi ma’lumotlar batafsil bayon etilgan.
Dostları ilə paylaş: