Mavzu. Nuklein kislotaning genetik roli


Dezoksiribonuklein kislotasining struktura va vazifasi (DNK)



Yüklə 1,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/21
tarix20.04.2023
ölçüsü1,15 Mb.
#100879
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Mavzu. Nuklein kislotaning genetik roli

4.2. Dezoksiribonuklein kislotasining struktura va vazifasi (DNK) 
Oqsillarga o’xshash DNK ham birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi 
strukturaga ega. 
DNK ning birlamchi strukturasi 
Dezoksiribonuklein kislota barcha tirik organizmlarda va ayrim viruslarda 
mavjud. U genetik (irsiy) axborotlarni o’zida saqlab, uni avloddan-avlodga 
uzatishda bevosita ishtirok etadi. DNK molekulasining birlamchi strukturasida irsiy 
belgilar rejalashtirilgan, ular birin-ketin joylashgan dezoksiribonukleotidlar 
qatoridan iborat. DNK tarkibida to’rt xil dezoksiribonukleotid bo’lib, oqsildagi 
aminokislotalar sonidan kam bo’lsa ham ularning ketma-ket qator soni oqsildan 
uzun bo’ladi. 
DNK nukleotid qatorini ya’ni, birlamchi strukturasini aniqlash (sekvenirlash) 
oxirgi yillarda juda yaxshi yo’lga qo’yilib, faqat alohida genlar emas, balki butun 
xromosoma genlaridagi nukleotid qatori aniqlangan. Jumladan, odam genomi ham 
sekvenirlanib, boshqa jonzotlar genomi qatorida kompyuterga joylashtirilib, bank 
axboroti sifatida saqlanadi. 
Bakterifaglar DNK sining nukleotid qatori unikal, ya’ni bir marta uchrab, 
boshqa qaytarilmaydi. Ayrim organizmlarda DNKdagi nukleotidlarning ketma-
ketligi unikal bo’lsa ham, ayrim qismlarida qaytariladigan nukleotid qatori bir necha 
marta uchraydi (t-RNK va u-RNKlarning kodlovchi qismlari) jumladan, 
bateriyalarda. Eukariot genomlarda DNKning 60%ni strukturali, ya’ni oqsil 
sintezini belgilovchi qismlar tashkil qiladi. Hayvon DNKsining 10-25%ini tashkil 
qiluvchi bo’limlar qaytariladigan nukleotid qatoridan iborat bo’lib, ular ribosom, t-
RNK, gistonlar, immunoglobulinlarning genlaridan iborat. Ular DNK molekulasida 
bir gen ikkinchisi bilan ketma-ket joylashib, ularni qaytariluvchi tandemlar deyiladi. 
Ya’ni bir gen ikkinchi gendan speyser (inglizcha spaser-oraliq) orqali ajraladilar. 
Qaytariladigan nukleotid qatorlari, ularni satelit (kichik-sayyor) qismlaridir, bular 

Yüklə 1,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin