Mavzu. Nuklein kislotaning genetik roli



Yüklə 1,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/21
tarix20.04.2023
ölçüsü1,15 Mb.
#100879
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Mavzu. Nuklein kislotaning genetik roli

 
 
 
Ribonuklein kislotalar 
RNK 


Ribonuklein kislotalar hujayraning hamma qismida uchraydi. Hujayra 
tarkibida uchraydigan RNK lar molekulasining massasi, kimyoviy tuzilishi va 
vazifasiga qarab bir-biridan farq qiluvchi bir necha xillari mavjud: 
1. Hujayradagi RNKning 65-80% ga yaqinini ribosom RNK (r-RNK) tashkil 
qiladi. Mazkur RNK hujayraning maxsus organoidi ribosomalarda to’plangan. Ular 
tarkibida bir-biridan farq qiladigan r-RNK turlari -5S, 8S, 28Slar aniqlangan. 
Ularning molekulyar massasi 1,5-2 mln ga teng va 4000-6000 mononukleotid 
qoldig’idan tashkil topgan. R-RNK hujayrada oqsillar bilan birikib, 
ribonukleoproteid zarrachalarini tashkil qiladi. Ribosom RNKlar oqsil sintezlovchi 
organoidlarning strukturasini tashkil qilishda ishtirok etadilar. Ribosom RNKlardan 
(28S, 18S va 5S) ayrimlari yadrochada joylashadi. Ribosom RNK 2-10% ni 
yadrodagi getrogen yadroli (g-ya RNK) RNK tashkil qilib, ular m-RNK ning 
dastlabki shakllanishida ishtirok etishi aniqlangan. 
Oqsil biosintezining asosiy mexanizmi ribosomalarda sodir bo’ladi. 
Ribosomalar oqsil va RNK dan tashkil topgan ribonukleoproteid (RNP) 
zarrachalaridir. Hujayrada ularning soni 10
4
(prokariot) dan 10
6
(eukariot)gacha 
bo’ladi. Ribosomalar asosan tsitoplazma, yadrocha, mitoxondriy xloroplastlarda 
uchraydi. Ular ikkita subbirliklardan tashkil topgan. Hajmi va molekulyar massasi 
bo’yicha ribosomalar uch guruhga bo’linadi: 1. 70S ribosom prokariotlarga tegishli 
bo’lib, 30S va 50S subbirliklardan tashkil topgan.2. 80S ribosom eukariotlarga 
tegishli bo’lib, 40S va 60S birliklardan tashkil topgan. 3. mitoxondriya va 
xloroplastlar ribosomi bo’lib, 70S ni tashkil qiladi. 
80S ribosomning kichik birligi bir molekula RNK (18S) va 33 xil oqsil 
molekulasidan tashkil topgan. Katta birlikda esa, uch xil RNK (5S, 8S, 28S) va 50 
ga yaqin oqsil molekulasidan iborat. Ribosoma oqsillari ribosomaning strukturasini 
mustahkamlashda va fermentativ vazifani bajarishda ishtirok etadilar. Ribosomada 
kichik va katta birliklar o’zaro magniy ionlari orqali bog’lanadilar. Ribosomada 
ikkita jo’yak (ariqcha) bo’lib, biri m-RNK ni bog’lashda, ikkinchisi esa polipeptid 
zanjirini uzaytirishda xizmat qiladi. Bulardan tashqari, ribosomada ikkita markaz 
joylashgan. Birini aminoatsil (A-markaz), ikkinchisi peptidil (P-markaz) bo’lib, ular 
oqsil sintezini amalga oshirishda xizmat qiladi. 
2. RNK ning ikkinchi guruhi transport RNK (t-RNK) deb ataladi. Bu umumiy 
RNKning 10-15% ini tashkil etadi. Uning 60 dan ortiq turi ma’lum. Ularning 
tarkibida 75-90 ta nukleotid qoldig’i bo’lib, molekulyar massasi 25000-30000 ga 
teng. Ular oqsil sintezida aminokislotalarni ribosomaga yetkazadi. Hujayrada har bir 
aminokislota uchun bir, ikki yoki ko’proq t-RNK to’g’ri keladi. T-RNK lar qanday 
aminokislotalarni tashilishiga qarab t-RNK
val
, t-RNK
ley
va hokazo shaklida yoziladi. 
Uning umumiy tasviri “beda bargi”ni eslatadi (18-rasm) 


18-rasm. t-RNK molekulasining beda bargi modeli. 
T-RNK chizmasidan ma’lumki, uning bir tomoni G, ikkinchi uchi esa TSTSA 
bilan yakunlanadi. Aminokislota har doim adeninga bog’lanadi. Mazkur 
molekulaning zanjirida triplet antikadoni bo’lib, oqsil sintezida m-RNKning 
kadoniga mos kelsa, t-RNK aminokislotani ribosomaga “uzatadi”. 
Hozirgi kunda 300 dan ortiq t-RNK larning nukleotid qatori aniqlangan. 
Molekula tarkibida purin va pirimidin azot asoslarining metillangan hosilalari 
uchraydi. Minor komponentlarga yana t-RNK tarkibida digidrouridin va 
psevdouridinlar kiradi. T-RNK birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi strukturaga ega. 
3. RNK ning uchinchi turi informatsion RNK (i-RNK) yoki vositachi m-RNK 
(mesenjer) deb ataladi. RNK ning bu turi umumiy RNK ning 5% ini tashkil etadi. U 
ham tsitoplazmada va yadroda uchrab, nukleotid tarkibi bo’yicha DNK molekulasini 
muayyan bir qism nukleotidlarning nusxasi hisoblanadi. Bu RNK DNK 
molekulasidagi axborotni oqsil sintezlaydigan orgonoid-ribosomalarga olib boradi. 
I-RNKning molekulyar massasi bir millionga yaqin bo’lib, ularning nukleotid 
tarkibi sintezlanayotgan oqsilning molekulyar og’irligiga qarab har xil bo’ladi. I-
RNK ning sintezlanishi yadroda boshlanib, so’ng tsitoplazmaga o’tib ribosomaga 
o’rnashadi va oqsil sintezida qolip (matritsa) rolini bajaradi.


Informatsiya RNK bir necha qismlardan tashkil topib, uning informativ qismi 
oqsil sintezida matritsa vazifasini bajaradi. Informativ bo’lmagan qismi poliadenin 
fragmentlaridan tashkil topgan (50-400 nukleotid qoldig’idan iborat). I-RNK 
molekulasidagi poli A yonida 30 nukleotiddan tashkil topgan aktseptor qismi bo’lib, 
u ribosoma bilan bog’lanishda ishtirok etadi. Molekulaning 5
/
oxirida alohida 
struktura bo’lib, uni KEP (inglizcha sar-qalpoq) deb ataladi. U 7-metil 
guanozintrifosfat bo’lib, RNKni ferment ta’siridan saqlab, translyatsiyada ishtirok 
etadi. I-RNK molekulasidagi noinformativ qismi, molekulani bir me’yorda turishini 
ta’minlaydi. Informatsiya RNKning sintezi yadrodan boshlanib, tsitoplazmada 
yakunlanishiga “jarayonning”, ya’ni RNK ning yetilish jarayoni deyiladi. 
Viruslar RNKsi alohida guruhni tashkil etadi. U birinchi navbatda vazifasi 
jihatidan hujayralar RNKsidan farq qiladi. Ularni genetik RNK deb ham ataladi. 
Uning molekulyar massasi katta bo’lib, 10
6
-10
7
atrofida bo’ladi. 

Yüklə 1,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin