2-MAVZU: DNK VA RNK TURLARI, STRUKTURASI, VAZIFASI VA BA’ZI
XUSUSIYATLARI
Reja:
1.
DNK va
RNK turlari
2.
DNK va RNK strukturasi
3.
DNK va RNK vazifasi
DNK, RNK tuzilishi va funksiyasi. Nukleotidlarning
tuzilishi va
xususiyatlari Dezoksiribonuklein kislota (DNK) – bu tirik organizmlarning
rivojlanishi va faoliyati uchun genetik dasturni saqlash,
avloddan avlodga
yetkazish va amalga oshirishni ta‘minlaydigan makromolekuladir. DNK
molekulasi biologik ma‘lumotlarni nukleotidlar ketma-ketligidan iborat genetik
kod shaklida saqlaydi. DNKda har xil turdagi RNK va oqsillarning tuzilishi haqida
ma‘lumotlar mavjud. Eukariot hujayralarda – hayvonlar, o‘simliklar va
zamburug‘larda DNK xromosomalarning bir qismi
sifatida hujayra yadrosida,
shuningdek ba‘zi hujayra organoidlarida – mitoxondriya va plastidlarda joylshgan.
Prokariot organizmlar – bakteriyalar va arxeylar hujayralarida aylana yoki chiziqli
DNK molekulasi, ya‘ni nukleoid deb ataladigan hujayra membranasiga
biriktirilgan.
Quyi taraqqiy
etgan eukariotlar masalan, achitqi zamburug‘ida plazmidlar
deb nomlangan kichik, avtonom, asosan aylana
shaklidagi DNK molekulalari
mavjud. Bundan tashqari, bitta yoki ikki zanjirli DNK molekulalari DNK –
tutuvchi viruslarda viruslar genomini hosil qilishi mumkin. Kimyoviy nuqtai
nazardan, DNK bu takrorlanadigan bloklar – nukleotidlardan
tashkil topgan uzun
polimer molekuladir. Har bir nukleotid azotli asos, shakar – dezoksiriboza va fosfat
kislota guruhidan iborat. Zanjirdagi nukleotidlar orasidagi bog‘lanishlar
dezoksiriboza va fosfat kislota guruhi fosfodiefir bog‘lari orqali hosil bo‘ladi.
Aksariyat hollarda bir qatorli DNKni o‘z ichiga olgan ba‘zi
viruslar bundan
mustasno. DNK makromolekulasidagi azotli asoslar bir-biriga komplementar
ikkita zanjir asosida tashkil topgan. Ushbu ikki 1-rasm. Ionlarning
kontsentratsiyasi va molekulaning
nukleotid tarkibiga qarab, tirik organizmlarda
DNKning ikki karra spirali turli shakllarda mavjud. Rasmda A , B ÁÁo‘ralgan.
Umuman olganda, DNK molekulasining tuzilishi an‘anaviy ―qo‘sh spiral shaklida
tan olingan, lekin, ushbu ko‘rinish noto‘g‘ri nomlangan bo‘lib,
aslida ikkita vint
shaklidagi nomlanish to‘g‘ri hisoblanadi. Spiral o‘ng tarafga og‘gan bo‘lsa,
DNKning A- va B shakllari, chap tarafga og‘gan bo‘lsa, DNKning Z-shakli deb
ataladi (1-rasm).