2-mavzu: dnk va rnk turlari, strukturasi, vazifasi va ba’zi xususiyatlari reja


-rasm. tRNKning beda bargi modeli tuzulishi



Yüklə 0,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/8
tarix24.05.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#121371
1   2   3   4   5   6   7   8
2-Мавзу (1)

4-rasm. tRNKning beda bargi modeli tuzulishi. 
Polipeptid 
zanjirining 
tuzilishida 
i-RNK 
kodonlari 
t-RNK 
dagi 
aminokislotalarning polipeptid zanjiridagi o`rnini aniqlab beruvchi t-RNK ning 
ma‘lum nukleotid izchilligiga ega bo`lgan qismi antikodon deyiladi. 
Antikodon tripletlari i-RNK kodonlariga mos keladi. Sxematik tarzda t-RNK 
shaklini - sebarga bargi shaklida ifodalash qabul qilingan.
Genetik kod. Genda sintezlanadigan oqsilning birlamchi tarkibi haqidagi 
axborotning joylashganligi F.Krik tomonidan - izchillik gipotezasida aytilgan. Bu 
gipoteza bo`yicha, gen nukleotidlarining izchilligi, polipeptid zanjirida 
aminokislotalarning izchillik bilan joylashishini aniqlaydi.


Kod to`g`risidagi nazariy ishlar 1953-yilda J.Uotson va F.Kriklar tomonidan 
DNK molekulasining tuzilishi e`lon qilinganidan keyin boshlangan. Avvalo, kod 
triplet ekanligi DNK tarkibidagi 4 ta nukleotid juftlari A-T, T-A, S-G, G-S lar kod 
tarkibini aniqlashi 4 juft nukleotid (4x4x4) 64 ta kodonni hosil qilishi aniqlangan.
F.Krik va uning shogirdlari T-4 fagi ustida olib borgan tajribalariga 
asoslanib, kod 3 ta nukleotiddan iborat, kodonlar orasida ajratuvchi belgi yo`q, 
kodning o`qilishi bir gen chegarasida, bir nuqtadan, bir yo`nalishda boradi deb 
ko`rsatadilar.
Ular genetik kodni o`rganishni davom ettirib, kodlar bir-birini yopib 
keladimi yoki yo`qmi, shuningdek har bir juft nukleotid 1 ta kodga yoki 3 ta 
kodonga to`g`ri keladimi degan savolga quyidagicha javob berishadi:
Agar kodlar bir-birini yopib kelsa, u holda kodning 1 ta asosining o`zgarishi 
oqsil tarkibida birdaniga 2 ta yoki 3 ta aminokislota o`rnining o`zgarishiga sabab 
bo`ladi. Ko`pincha 1 ta mutatsiya 1 ta aminokislotaning o`zgarishiga sabab bo`ladi. 
Demak, kodlar bir-birini yopib kelmaydi.
Mualliflar oldida yana bir savol, kod tug`mami? – degan savol turgan. 20 ta 
aminokislota uchun 20 tripletli kodonlar yetarli, sinonim kodonlar mavjudmi yoki 
qolgan 44 kodon ma‘nosiz kodlar hisoblanadimi? F.Krik va shogirdlari T-4 
fagining rII genida yuzaga kelgan mutatsiyalarni o`rganib shunday xulosalarga 
keladilarki, gen tarkibida biron nukleotidning tushib qolishi yoki qo`shib olinishi 
faqat 20 aminokislota joylashgan qismida o`zgarish yuzaga keltiradi. Agar kod 
tug`ma bo`lmaganda edi, nukleotidlarning tushib qolishi yoki qo`shib olinishi 
ma‘nosiz tripletlarning paydo bo`lishiga sabab bo`lar, bunda kodlarni o`qish 
imkoniyati bo`lmas edi. Demak, kod tug`ma.

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin