2-mavzu: dnk va rnk turlari, strukturasi, vazifasi va ba’zi xususiyatlari reja



Yüklə 0,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/8
tarix24.05.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#121371
1   2   3   4   5   6   7   8
2-Мавзу (1)

Frensis Krik 
Jeyms Uotson 
Moris Uilkins 
Rosalind Franklin 
1957 yilda amerikaliklar Aleksandr Rich, Gari Felsenfeld va Devid Devis 
uchta ipdan tashkil topgan nuklein kislotani tasvirlashdi. 1985-1986 yillarda 
Moskvada Maksim Davidovich Frank-Kamenetskiy ikkita emas, balki uchta DNK 
zanjiridan tashkil topgan H-shaklini isbotlashgan va qanday hosil bo‘lishini 
ko‘rsatishdi. 
DNK tarkibining asosiy tuzilmalari. Deoksiribonuklein kislotasi (DNK)–
bu monomerlar sifatida nukleotidlardan tashkil topgan, biopolimer polianion 
hisoblanadi. Har bir nukleotid 5‘-holatida shakar deoksiribozasiga biriktirilgan 
fosfor kislota qoldig‘idan iborat bo‘lib, unga to‘rtta azotli asoslardan biri 1-holatida 
glikozid bog‘lari (C–N) orqali bog‘lanadi. DNK va RNK o‘rtasidagi asosiy 
farqlardan birini tashkil etuvchi xarakterli shakarning mavjudligi, bu nuklein 
kislotalarning nomlarida qayd etilgan RNK tarkibida riboza shakari bilan 
tavsiflanadi.
Molekulalarning tuzilishi asosida nukleotidlarni tashkil etuvchi asoslar ikki 
guruhga bo‘linadi: purinlar – adenin (A) va guanin (G) bir-biriga bog‘langan besh 
va olti a‘zoli geterosikllar orqali hosil bo‘ladi va pirimidinlar – sitozin (S) va timin 


(T) olti a‘zodan iborat geterosikl orqali hosil bo‘ladi
Adenin (A) 
Guanin (G) 
Timin (T) 
 
 
Sitozin (S) 
3-rasm. DNK molekulasi tarkibidagi asosiy azotli asoslari. 
Nukleotidlar ketma-ketligi turli xil RNK turlari to‘g‘risidagi ma‘lumotlarni 
kodlaydi: informatsion yoki axborot- mRNA, ribosomal-rRNK va transport- 
tRNK. Ushbu turdagi RNKlarning barchasi transkripsiya jarayonida DNKdan 
sintezlanadi. Ularning oqsil biosintezidagi roli turlicha, m-RNK oqsil tarkibidagi 
aminokislotalar ketma-ketligi haqidagi ma‘lumotlarni o‘z ichiga oladi, ribosomal 
RNK ribosomalar uchun asos bo‘lib xizmat qiladi, murakkab nukleoproteinlar 
bo‘lib, ularning vazifasi m-RNK asosida aloxida olingan aminokislotalardan 
oqsillarni shakllantiradi, t-RNK aminokislotalarni oqsil shakllanadigan manzilga-
ribosomalar faol markaziga yetkazib berishda ishtirok etadi. 

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin