radioaktiv izotoplar uslubi yordamida bakteriofag DNKlari bilan yuqtirilgan
hujayraga faqat fag nuklein kislota o‘tkazishini ko‘rsatdi va yangi avlod fagida
boshlang‘ich fag bilan bir xil oqsillar va nuklein kislota mavjud irsiylanishini
isbotlashgan.
XX asrning 50-yillariga
qadar DNKning aniq tuzilishi, shuningdek irsiy
ma‘lumotni irsiylanishi uslublari aniq emas edi. DNK bir nechta nukleotidlardan
iborat ekanligi aniq ma‘lum bo‘lgan bo‘lsa-da, hech kim bu zanjirlarning miqdori
va qanday bog‘langanligini aniq bilmagan.
1949-1951 yillarda biokimyogar Ervin Chargaff guruhi olib borgan faoliyati
natijasida Chargaff qoidalari shakllantirildi. Chargaff va uning hamkasblari DNK
nukleotidlarini qog‘oz xromatografiya yordamida ajratishga
va har xil turdagi
nukleotidlarning aniq miqdoriy nisbatlarini aniqlashga muvaffaq bo‘lishdi. Adenin
(A), timin (T), guanin (G) va sitozin (S) uchun topilgan nisbat quyidagicha
bo‘lgan: adenin miqdori timin miqdoriga, guanin esa sitozin miqdoriga teng: A=T,
G=C. Ushbu qoidalar rentgenstruktur tahlillar asosida DNK tuzilishini aniqlashda
hal qiluvchi rol o‘ynadi.
DNK juft spiralining tuzilishi Frensis Krik va Jeyms Uotson tomonidan
1953 yilda Mauris Uilkins va Rozalind Franklin
tomonidan olingan rentgen
ma‘lumotlari va Chargaff qoidalari asosida taklif qilingan.
Dostları ilə paylaş: