5 – ma’ruza mavzusi. Mikroorganizmlarning hujayra tuzilishi va kimyoviy tarkibi (4 s.)



Yüklə 108,14 Kb.
səhifə1/6
tarix29.11.2022
ölçüsü108,14 Kb.
#71235
  1   2   3   4   5   6
5 MARUZA


5 – ma’ruza mavzusi. Mikroorganizmlarning hujayra tuzilishi va kimyoviy tarkibi (4 s.)
5.1 Prokariot xujayra tuzilishi. (2s)
Reja

  1. Eukariotlar va prokariotlar.Prokariotlar o’lchamlari.

  2. Prokariotlar o’lchamlari

  3. Bakteriya hujayrasining tuzilishi.



Tayanch so’z va iboralar: Eukariotlar va prokariotlar,mikrobiologiya mikroorganizmlar, mikroskopik zamburug’lar, suvo’tlari, bakteriyalar,


Adabiyotlar A-1,3,4,5. :Q-1 dan 13 gacha bo’lgan adabiyotlar


1.Eukariotlar va prokariotlar. Prokariotlar o’lchamlari.
Bir hujayrali va ko’p hujayrali organizmlar orasida o’xshashlik mavjud, chunki bir hujayrali organizmlarda organlar vazifasini hujayra organoidlari bajaradi. Masalan, bakteriyalarning Bakteriyalar x (mkm) va viruslarning (nm) o’lchami P.A. Genkel (1974) dan o’zgartirib olindi.
1-jadval



Bakteriya va viruslarning nomlari

Eni x bo’yi , mkm (viruslarda nm)

B.prodigiosus

750

Rikketsiylar

475

Psittakoz

455

Ospavaktsina

210 x 260

Plevropnevmaniyaning qo’zg’atuvchisi

150

Uchuq virusi

150

Gripp

115

Nyukastl kasalligi virusi

115

Stafilokokk bakteriofagi

100

Tovuqlar chumasi

90

T-2 bakteriofagi

60 x 80

T-3 bakteriofagi

45

Quyon papillomasi virusi

44

Otlar entsefalomieliti

42

Sichqon pnevmaniyasi

40

Tamaki mozaikasi

18 x 300

Orxidiya mozaikasi

12 x 480

Rift vodiysi bezgagi virusi

30

Loviyaning janubiy mozaikasi virusi

25

Gemotsianin molekulasi

22

Tamakining xalqali dog’lanishi

22

Oqsim yoki yashchur

20

Turneps (sholg’om)ning sariq mozaikasi

26

Tamaki nekrozi virusi

26

Qo’ylarning shotlandiya entsefaliti virusi

20

Gemoglobin molekulasi

3 x 15

Tuxum albumini molekulasi

2,5 x 10

harakatlanish organlari hivchinlaridir, yuksak o’simliklarning mitoxondriylari vazifalarini bakteriyalarning sitoplazmatik membranalari (mezosomalar) bajaradi va h. Bakteriyalar yer yuzida yashaydigan organizmlar ichida eng maydasi bo’lsa, mikoplazmalar, rikketsiylar, viruslar va bakteriofaglar bulardan ham maydadir. Ko’pchilik mayda sharsimon bakteriyalar hujayrasining diametri 0,1 mkm, tayoqchasimon bakteriyalarniki 0,5 mkm, uzunligi esa 2 - 3 mkm (ba’zan 30 mkm), gigantlarining eni 5 -10 mkm, bo’yi 30 – 100 mkm bo’ladi (1-jadval).






Eukariotlar va prokariotlar. Mikroorganizmlarning ko’pchilligi bir hujayralidir. Bakteriya hujayrasi tashqi muxitdan hujayra po’sti, ba’zan esa faqat Sitoplazmatik membrana bilan ajralib turadi. Hujayra ichida har xil strukturalar mavjud. Hujayra tuzilishiga qarab, organizmlar ikki tipga - eukariot va prokariot hujayrali organizmlarga bo’linadi (2-jadval). Agar mikroorganizm haqiqiy (chin) yadroga ega bo’lsa, unday hujayralarga eukariot hujayrali organizmlar (grekcha eu - chin, kario - yadro demakdir).



Yüklə 108,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin