Nukleoid. Sitoplazmada, yadro ekvivalenti - nukleoid bakteriya hujayrasining markazida joylashgan (17-rasm).
22-rasm. Nukleoid.
Ma’lumotlarga ko’ra, hujayraning rivojlanish bosqichiga qarab, nukleoid ikki holatda: diskret (uzuq - uzuq ayrim strukturalar) tayoqchasimon yoki xromatin to’ri (yadro moddasi Sitoplazmada dispers holatda yoyilgan) shaklida bo’ladi. Bakteriya nukleoidi molekulalar massasi 2 - 3.109 dalton DNK ga ega. Bu DNK o’ralgan xalqa shaklida bo’lib, uzunligi 1,1 – 1,4mm ni tashkil etadi. U bakteriya xromasomasi (genofor) deyiladi.
Tinch xolatdagi bakteriya hujayrasida 1 ta nukleoid bo’lsa, bakteriya hujayrasining bo’linishi oldidan ikkita nukleoid bo’ladi. Bakteriya ko’payish fazasining logarifmik davrida esa, u to’rtta va undan ham ko’p bo’lishi mumkin.
Ba’zan, bakteriya hujayralarining o’sish davrida muxitda bakteriya hujayrasiga salbiy ta’sir etadigan moddalar bo’lsa, bakteriya hujayrasidan ko’p yadroli ipsimon hujayra hosil bo’lishi mumkin. Bunday hujayra, hujayra o’sishi va bo’linishi sinxronligining buzilishidan paydo bo’ladi.
Bakteriya nukleoidini hujayradagi asosiy funktsiyasi- axborotlarni saqlab, uni irsiy xususiyatni avloddan - avlodga berishdir.
Nukleoiddan tashqari, hujayra sitoplazmasida undan yuzlab marta mayda DNK iplari ham mavjud. Ular irsiyat faktorlarini tutuvchi plazmidalardir.
Hamma hujayralarda ham plazmidalar bo’lishi shart emas. Ammo ular tufayli hujayra qo’shimcha, xususan, ko’payishda, dori moddalarga turg’unlik namoyon etishda, kasallik yuqtirish va hokazo xususiyatlarga ega bo’ladi.
Bakteriya hujayrasining tuzilishi. Bakteriya hujayrasi murakkab tuzilishga ega. Elektron mikroskopning yaratilishi, o’ta yupqa kesmalar tayyorlash usullarining ishlab chiqilishi, mikrobiologiya usullarini rivojlanishi bakteriya hujayrasining tashqi va ichki qurilmalarini o’rganishga katta imkon yaratdi.
Bakteriya hujayrasining sxematik ko’rinishi quyidagilarni o’z ichiga oladi:
Dostları ilə paylaş: |