Mavzu: «Nutq о ‘stirish nazariyasi va metodikasi» fanining boshqa fanlar bilan uzviy bog ‘liqligi.
Reja:
1.«Nutq о ‘stirish nazariyasi va metodikasi» fanining boshqa fanlar bilan uzviy bog ‘liqligi.
2. Nutq o‘stirish nazariyasi va mohiyati
1. «Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi» fanning boshqa fanlar bilan uzviy bog‘liqligi. Bolani har tomonlama rivojlantirish uning insoniyat tajribasi, bilimlari, qobiliyati va madaniyatining saqlovchisi bo‘igan kattalar bilan muloqoti tufayli insoniyatning ko‘p asrlik tajribasini o‘zlashtirish asosidagina amalga oshiriladi. Bu tajribani faqat insoniy muloqotning eng muhim vositasi - til orqaligina berish mumkin. Til - hayotimizning ajralmas qismi bo‘lib, biz unga o‘z-o‘zidan bo‘lishi shart be‘lgan narsa sifatida qaraymiz. Tilning o‘zi nima, biz unda qanday so'zlayapmiz, biz qanday qilib so‘zlashni o‘rganishimiz haqida esa unchalik ko‘p o‘ylab ham o'tirmaymiz. Bilimni uyushtiruvchi boshlang‘ich bosqich sifatida chiqadigan nazariya tilda shakllanadi, bu esa bilish jarayonida tilga alohida o‘rin beradi va shu bilan til haqidagi fan oldida yangi ilmiy ufqlami ochadi, uni o‘zining gumanitar mohiyati haqida orzu-xayollarga berilgan holda doimo tinch-osuda va jimgina o'tiradigan burchagidan chiqishga majbur qiladi. Ana shu nuqtayi nazardan «Nutq о ‘ stirish nazariyasi va metodikasi» fani bilan quyidagi fanlar o‘rtasida yaqin aloqadorlik mavjud:
1. Umumiy pedagogika - ijtimoiy tarbiyaning umumiy qonuniyatlari, muayyan jamiyatda yagona ijtimoiy maqsadga mu vofiq yosh avlodni tarbiyalash hamda unga ta’lim berishning mohiyati va muammolarini o‘rganadigan fan.
2. Nutq madaniyati - bu to‘g‘ri so‘zlay olish, ya’ni nutqiy muloqot shartlari va fikr bildirishdan ko‘zlangan maqsadni hisobga olgan holda hamda barcha til vositalaridan (til vositalaridan, shu jumladan intonatsiya, leksik zaxira, grammatik shakllardan) foydalangan holda bayon qilinayotgan mazmunga mos holda gapirishdan iboratdir.
3. Bolalar psixologiyasi - shaxsda ma ’naviy-axloqiy, ruhiy-intellektual, hissiy-irodaviy sifatlami tarkib toptirish uchun zamin yaratadi.
4. Maktabgacha pedagogika - maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalami tarbiyalash, ulami intellektual, ma’naviy-axloqiy va jismoniy jihatdan kamolotga yetkazish masalalarini o‘rganadi.
5. Etika - shaxs ma’naviyatini shakllantirish, unda eng oliy insoniy sifatlar, axloqiy ong va ma’naviy-axloqiy midaniyatni tarbiyalashda muhim o‘rin tutuvchi nazariy g‘oyalami pecagogik jarayonga tatbiq etishda alohida o‘rin tutadi.
6. Estetika - shaxs tomonidan go‘zalli;mmg his etilishi, unga intilishi, shuningdek, unda estetik didni tarbiyalashda muhim yo‘nalishlami aniqlashga xizmat qiladi.
7. Fiziologiya - o‘quv-tarbiya jarayonida bolalaming fiziologik, anatomik xususiyatlarini inobatga olinishi uchun boshlang‘ich asoslarni beradi.
8. Gigiyena - bolalaming salomatligini muhofazalash, ulami jinsiy jihatdan to‘g‘ri shakllantirishda nazariy va amaliy g‘oyalari bilan yordam beradi.
9. Falsafa - shaxs rivojlanishi jarayonining dialektik xususiyatlari, muayyan pedagogik g‘oya, qarash hamda ta’limotlaming falsafiy jihatlari kabi masalalami tahlil etishga imkon beradi.
10. Bolalar adabiyoti va adabiyotshunoslik asoslari - ta’limtarbiya jarayonlarini rivojlantirish, xalq maktabgacha pedagogikasi g‘oyalarini kelgusi avlodga uzatish uchun yo‘naltiriladi.
11. Madaniyatshunoslik - bolalarda insoniyat tomonidan yaratilgan moddiy va ma’naviy madaniyat asoslari haqidagi tasawumi shakllantirish, ularda madaniy xulq-atvor xislatlarini tarkib toptirish uchun xizmat qiladi.
12. Tibbiy fanlar - shaxsning fiziologik-anatomik jihatidan to‘ g‘ri rivojlanishini ta’minlash, uning organizmida namoyon bo‘layotgan (yrim nuqsonlami bartaraf etishga amaliy yondashuv, shuningdek, nuqsonli bolalarni o‘qitish hamda tarbiyalash muammolarini o‘rganishda ko‘maldashadi.
13. Ijtimoiy pedagogika - ijtimoiy munosabatlar mazmuni, ularni tashkil etish shartlari xususida ma’lumotlarga ega bo‘lish asosida ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining o‘zaro munosabatlarini samarali tashkil etish uchun imkoniyat yaratadi. Shaxsning shakllanishi kishilik jamiyati tomonidan yaratilgan ijtimoiy-tarkibiy tajribani o‘zlashtirish, ta’lim-tarbiya berish OFqali amalga oshiriladi. Bu har xil faoliyatlarda yuzaga keladi. Bolalar egallashlari lozim bo‘lgan mazmunni tanlash, lining egallab olishiga rahbarlik qilish kattalar tomonidan ta’lim-tarbiya jarayonida amalga oshiriladi. Tarbiya va ta’limning mazmuni, vositalari, metodlari, bolaning rivojlanish jarayoni ulaming yoshi bilan izohlanadi. Jumladan, kichik yoshdagi bolalar bilan ish olib borilganda ulaming mustaqil hayotga butunlay moslashmaganligi hisobga olinadi.
Bolalar nutqini o‘stirishning predmeti maqsadi va vazifalari. Insonning yana bir o‘ziga xos xususiyati, o‘ziga xos insoniy ehtiyoji mavjud, bu - boshqa odamlar bilan muloqotga ehtiyojmandHk, «emotsional muloqotga ehtiyojmandlik»dir (K.Obuxovskiy). Aynan shu ehtiyoj tufayli dastlab til paydo bo‘lgan. Muloqotga ehtiyojmandlik doimo tilni egallashga olib keladi. Bolaning so‘zlashni 0‘rganishining sababi shuki, unga kattalar bilan birgalikdagi faoliyatda ishtirok etishga to‘g‘ri keladi, buning uchun esa bolaning unga nitnalar deyishayotganliklarini tushunishi va o‘zi ham so‘zlashi lozim. Bu o‘rinda tilning uch sifati (tajribani jamlash va sintez qilish - fikrga jamlash - muloqotni amalga oshirish) haqida so‘z yuritish mumkin (V.A.Zveginsev). Tilni tadqiq qilish mustaqil, umumilmiy qiziqishdan tashqari ko‘plab dolzarb amaliy vazifalami hal etishda ulkan ahamiyatga egadir.
Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi maktabgacha ta’limtarbiyaning umumiy qonuniyatlari, muayyan jamiyatda yagona ijtimoiy maqsadga muvofiq maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalash hamda unga ta’lim berishning mohiyati va muammolarini o‘rganadigan fan. Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi ijtimoiy fanlar tizimiga kiruvchi fan sanalib, maktabgacha yoshdagi bolalami jismoniy va ruhiy kamolotini tarbiyalash, unga ta’lim berish muammolarini o‘rganadi. Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi fani yetti yoshgacha bo‘lgan bolalarga har tomonlama ta’lim - tarbiya berish qonuniyatlarini o‘rganadi. Maktabgacha ta’lim muassasasi sharoitida ta’lim-tarbiya ishini tashkil etishning mazmuni, shakl, metod va vositalar hamda maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalaming yosh va o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda ularning har tomonlama uyg‘un rivojlanishini ta’minlashga qaratilgan shartsharoitlami ishlab ehiqadi. Nutq o‘stirish metodikasi maktabgacha pedagogikaning alohida sohasi bo‘lib, uning umumiy qonuniyatlari, tamoyillari, metodologik asosi, tashkiliy shakl, metod va vositalariga: tayanadi.
Nutq o‘stirish nazariyasi va mohyiti maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarga yaxlit tarbiya berishning . maqsadi, bolaning yosh imkoniyatlari va uni ilk yoshdan bosh- ^ lab tarbiyalashning roli, maktabgacha ta’limni hayot, amaliyct va : zamonaviylik bilan bog‘liqlikda olib borishning zarurligi, bola shaxsining shakllanishida muhitning hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanligiga asoslaniladi. Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi fani bola shaxsini rivojlantirishning ikki muhim jihati - uni o‘qitish va tarbiyalashga asosiy e’tibomi qaratganligi bois didaktika (ta’lim nazariyasi) va tarbiya nazariyasi fanning muhim tarkibiy qismlari hisoblanadi.
Didaktika (ta’lim nazariyasi, yunoncha didaktikos - «o‘rgatuvchi», didasko - «o‘rganuvchi») ta’limning nazariy jihatlari, ta’lim jarayonining mohiyati, tamoyillari, qonuniyatlari, o‘qituvchi va o‘qituvchi faoliyatlari, ta’limning maqsadi, mazmuni, shakl, metod, vositalari, natijasi, ta’lim jarayonini takomillashtirish yo‘llari kabi muammolami tadqiq etadi. Tarbiya nazariyasi - pedagogikaning muhim tarkibiy qismlaridan biri bo‘lib, tarbiya jarayoni mazmuni, shakl, metod, vosita va usullari, uni tashkil etish muammolarini o‘rganadi. Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi fanining obyekti - yaxlit maktabgacha ta’lim jarayon.
Nutq о‘stirish nazariyasi va metodikasi fanining predmeti - maktabgacha ta’lim-tarbiya jarayoni, mazmuni, qonuniyatlari, shakl, metod va vositalari. Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi fanining maqsadi - maktabgacha yoshdagi bolalarda og‘zaki nutqni rivojlantirish tamoyillari, unga qo‘yilgan talablar, usullari, shakllari, nutqni rivojlantirish muammolari, barkamol avlod tarbiyasida nutqni to‘g‘ri shakllantirish yo‘llari va ish samaradorligi.
Zamonaviy pedagogik texnologiya. Ta’lim-tarbiya jarayonini ilmiy asosda tashkil etish, va uning tamoyillari, qonuniyatlari.
Maktabgacha yoshda bo‘lgan bolalarda og‘zaki nutqni rivojlantirish ishiga tayyorlashdan iboratdir. Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi fanining vazifalari
• maktabgacha yoshdagi bolalarda turli yosh bosqichlaridagi nutq rivojini ko‘ra olish va tushunish qobiliyatini shakllantirish;
• bola nutqiga ta’sir ko‘rsatishning eng samarali yo‘lini to‘g‘ri tanlash va bolaning nafaqat yoshini, balki uning о‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda o‘zaro birgalikda harakat qilish hamda olingan natijani tahlil qilish;
• bolalar nutqining turli jihatlarini rivojlantirish, aniq uslublari va usullari haqidagi bilimlar o‘zlashtirilishini hamda ulaming didaktik nutq muloqotlari paytida qo‘llay olinishini ta’minlash;
• uslubiy adabiyotlami tanqidiy tahlil qilgan holda maktabgacha yoshda bo‘lgan bola nutqiga ta’sir ko‘rsatishning o‘ziga xos usullari va uslublarini yaratishga intilishni rag‘batlantirish. Nutqni rivojlantirish metodikasining asosiy mazmuni - bolalarda og‘zaki nutqni, uning atrofdagilar bilan nutqiy muloqoti ko‘nikmalarini shakllantirishdir.
Nutqni rivojlantirish metodikasi quyidagi asosiy savollarga javob topish imkonini beradi: nimani o ‘qitish (bolalarda qanday nutqiy ko‘nikmalami tarbiyalash), qanday o‘qitish (bolalar nutqini shakllantirishda qanday sharoitlarda qaysi metod va usullardan foydalanish lozim), nega endi aynan shunday o ‘qitish zarur (nutqni rivojlantirishning taklif etilayotgan usullari nazariya va amaliyotning qaysi ma’lumotlariga asoslanmoqda). Nutqni rivojlantirish metodikasi har qanday rivojlanishning umumiy shakllari, tomonlari va o‘zaro bog‘liqligini aks ettiradigan dialektika qonunlari va toifalariga tayanadi.
Til - tarixiy va o‘zgaruvchan hodisadir. Har bir xalq, millat, elat va odamlar qabilasi o‘z tiliga egadir. Har bir xalqning tilida mazkur jamiyatning tarixiy rivojlanish jarayoni, uning turmush sharoiti, ijtimoiy hayotidagi o‘zgarishlar va yangilanishlar, ijtimoiy-mehnat fioliyatidagi yangi kashfiyotlar va erishilgan natijalari aks etgan.
Bolalar autqini rivojlatirishning tashkiliy pedagogik vmetodik ishlarr. Maktabgacha katta yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirishda nutqni tuza bilish darajasini ko‘tarish maktabgacha ta’lim tizimi metodistl iri oldidagi asosiy vazifalardandir. Shuni hisobga olgan holda tevarak-atrofni o‘rganishda maktabgacha tarbiya yoshidagi kafta bolalamin nutqini rivojlantirish muammosiga oid tadqiqotni nutqni rivojlantiiishni ta’minlaydigan omillami aniqlashdan boshlash . maqsadga muvciqdir. Maktabgacha katta yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirishning yuqori darajasig i quyidagilar evaziga erishilishi mumkin ekan: - tilning adabiy me’yorlari va qoidalaridan xabardorlik; - o‘z fikr-malohazalarini erkin bayon eta olish; - muloqotga kira bilish, kattalar va tengdoshlar bilan muomala qila olish; - suhbatdoshni tinglay bilish, so‘rash (savollami to‘g‘ri bera olish), javob berish, e’tiroz bildirish, zarur bo‘lganda esa tushuntirish, izohlash. Maktabgacha katta yoshdagi bolalar nutqini o‘stirishda nutqdialogik va monologik nutqni rivojlantirishga alohida e’tibor berish zarur bo‘ladi (1-jadvat). Maktabgacha katta yoshdagi bolalar dialogik nutqni nisbatan oson o‘rganadilar. Bu quyidagilar bilan ifodalanadi: bolalar uyda, bolalar bog‘chasida doimo dialogik nutqni eshitadi. Bundan tashqari, bolalar o‘zaro muloqotda bo‘lib, asosan dialogik nutqdan foydalanadilar. Metodik adabiyotlarda bayon qilinishicha, adabiy til negizida asoean monologik nutq yotadi. Shuning uchun ham nutqni rivojlantirish ta’lim-tarbiya tizimida muhim ahamiyat kasb etadi. Monologik nutq, muayyan mavzuga oid mantiqiy izchil gaplar shaklida ifodalangan hamda boshqalarga ta’sir ko‘rsatish uchun yo‘nalt>xilgan fikrlar (tovushlar)ning uyushgan tizimini namoyon etadi. Bok uchun monologik nutq, shubhasiz, psixologik jihatdan murakkab hisoblanadi. Gap shundaki, maktabgacha katta yoshdagi bola monologik nutqqa tayyorgarlik jarayonida, shuni tushunadiki, tinglovchilar (boshqalar) uning aytayotgan fikr-mulohazalaridan qandaydir qiziqarli narsani bilishni istaydilar. Bola intuitiv tarzda bo‘lsada, monologik nutq rejasini mantiqan tuzish, maqsadini bayon etishga oid iboralami to‘g‘ri tanlash, gap tuzish, tovushlami to‘g‘ri talaffuz qilishga harakat qiladi. Noqulay psixologik sharoit maktabgacha katta yoshdagi bolaga shunday muhit yaratadiki, uning o‘zi bayon qilmoqchi bo‘lgan so‘z, ibora, gap ma’nosini tushunib yetmaslik bilan bog‘liq bo‘lgan «noqulaylik»ni his etadi. Haqiqatan ham monologik nutq tinglovchiga maroqli va tushunarli bo‘lishi uchun maktabgacha katta yoshdagi bola, awalo, xotira va mantiqiy fikrlashga tayanmog‘i lozim.
Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish qonuniyatlari. Ma’lumki, bolaning nutqi til qonuniyatlariga to‘g‘ri amal qilish, kattalar nutqini idrok etish va o‘zining ijodiy faolligi natijasida rivojlanadi. Shunday qilib, til va nutq maktabgacha katta yoshdagi bolaning psixologik nvojlanishi hamda dastawal xotirasi, fikrlashi, idrok etishi, hissiyot; va ehtirosini ta’minlaydigan ikkita muhim vositadir. Birinchi qonuniyat: Ona tilidagi nutqni idrok etish qobiliyati bola nutq organlari muskullarining mashq qildirilishiga bog‘liq (shuning uchun ham so‘z, ibora va gaplami talaffuz etishni takomillashtirish uchun nutq organlarini mashq qildirishga yetarli darajada e’tibor bermoq muhimdir). Ikkinchi qonuniyat: Nutq ma’nosini tushunish bola tomonidan nutqning leksik va grammatik qonuniyatlarining o‘zlashtirilishiga bog‘liq. Uchinchi qonuniyat: Nutq ifodaliligini o‘zlashtirish bolada fonetika, leksika va grammatikaning ifoda vositalarini tushunishga bo‘lgan moyillikka bog‘liq (maktabgacha katta yoshdagi bolalarni nutq ifodaliligini tushunishga o‘rgatish hamda bu hissiyotlaming bola tomonidan o‘zlashtirilishiga erishish lozim). To‘rtinchi qonuniyat: Nutqni boyitish, awalo, nutq ko‘nikmalarini takomillashtirishga bog‘liq (agar oldingi yosh bosqichida maktab gacha katta yoshdagi bola nutqini shakllantirish muvaffaqiyatli bo‘lgan bo‘Isa, undan keyingi nutqni boyitish jarayoni hamda uni o‘zlashtirish oson va tez boradi). Bundan tashqari, tadqiqotchilar tomonidan nutqni boyitish jadalligi tilni his etish, bilish imkoniyatlari (sezish, xotira, idrok qilish, fikrlash), iroda kuchining rivojlanishiga ham bog‘liq. Beshinchi qonuniyat: Nutq m e’yorlarini o‘zlashtirish tilni his etishning rivojlanishiga bog‘liq. Bolalarning nutqini o‘zlashtirishda tinish belgilarini qo‘llash m e’yorini, eslab qolish qobiliyatini shakllantirish muhim o‘rin tutadi.
M e’yorlangan nutqda ona tili unsurlarini an’anaviy qo‘llashda inson hayotining asosan maktabgacha katta yoshdagi davri samarali bo‘lishi ona tili metodikasi ilmida allaqachon o‘z isbotini topgan. Maktabgacha katta yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish bilan bog‘liq bo‘lgan masalalar kompleksini hal etishda quyidagilar alohida hisobga olinadi:
1. Insondagi bilish instinkti, tug‘ma qiziquvchanlik nutq vositasida amalga oshiriladi.
2. Bola nutq ishtirokida olamni bilib boradi. Psixologlaming kuzatishicha, tevarak-atrof to‘g‘risidagi bilimlar nutq orqali o‘zlashtiriladi. Bundan shunday xulosaga kelish mumkinki, bolalarni tevarakatrof bilan tanishtirish nutqni rivojlantirishda keng imkoniyatlar tug‘diradi. Shunga ko‘ra tarbiyachilar maktabgacha katta yoshdagi bolalarning nutqini to‘g ‘ri yo‘naltirishni tevarak-atrof bilan tanishtirish orqali amalga oshiradi. Bolalar nutqini rivojlantirish samaradorligiga erishish uchun ulaming bilim darajasi, qiziqishi va shaxsiy qobiliyati xususiyatlarini hisobga olish muhimdir. Shu narsa aniqlanganki, maktabgacha katta yoshdagi bolalarning barcha harakat va xulqini boshqarishda bosh miya faoliyatining roli ortib boradi. Ya’ni bolalar boshqalaming xatti-harakatlarini, atrofda kechayotgan voqea-hodisalami bilishga va baholashga intiladilar. Shunga ko‘ra maktabgacha yoshdagi bolalar bajaradigan faoliyat turlari ham xilma-xil va mazmunli bo‘lib boradi. Demak, bolalar faoliyatining sermahsul turlari nutq o‘stirishda katta rol o‘ynaydi.
Bolalar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar tizimi birgalikda uyushtiriladigan o‘yinlarda yuqori darajada shakllanadi. Ijtimoiy foydali mehnat va o‘qish kabi faoliyat turlari tobora ko‘proq rol o‘ynay boshlaydi. Shu bilan birga, tengdoshlariga nima bilandir ko‘mak berish, ular uchun biron-bir foyda yetkazish maqsadida namoyon bo'Iadigan mehnatning ijtimoiy motivlari yanada ahamiyatliroq, ya’ni sezilarli bo‘lib qoladi. Maktabgacha katta yoshdagi bolalar o ‘z xulqlarini yanada asosliroq boshqara boshlaydilar. Bolalar tarbiyachisi tomonidan ular oldiga qo‘yilgan vazifalar ma’nosini aniq biladilar, topshiriqlami mustaqil va nuqsonsiz bajarisli uchun astoydil intiladilar. Bulaming barchasi nutqni rivojlantirishning muhim shart-sharoitlari b o iib xizmat qiladi. Ma’lumki, ta’limda biror-bir yutuqqa erishish tarbiyaga bogiiq. Shuning uchun ham maktabgacha yoshdagi bolalaming madaaiy xulqodatlarini shakllantirishga muayyan darajada e’tibor beris 1 lozim. Ularda yaxshilik, kamtarlik, adolatlilik, vijdonlilik to‘g ‘risid igi axloqiy tasawurlami tarkib toptirish kerak.
Nutqni samaraliroq rivojlantirish maqsadida bolalaming tevarak-atrof obyektlari (kishilaming hayoti va mehnati, hayvonlar, o'simliklar olami, suv osti dunyosi) to‘g‘risidagi tasawurlarini aniqlash va izchil, rejali tarzda kengaytira borish talab etiladi. Nutqni rivojlantirishning samaradorligini oshirish rejasida nafaqat tevarak-atrof obyektlari ustida oddiy kuzatishlar (mushohadalar) uchun, balki ulami o‘rganish uchun ham sayrlar, sayohatlar o‘tkazish muhimdir. Shu o‘rinda tevarak-atrof obyektlarini o‘rganishda nimalarga erishish mumkinligini aniqlab olishimiz lozim bo‘ladi. Buning uchun, aw alo, nutq o‘stirishga oid tevarak-atrof manbalarining o‘zini guruhlashtirish taqozo etiladi.
Tevarak-atrofni o ‘rganishda (tarbiyachilar yoki ota-onalar tomonidan) bolalar shunchaki kuzatmasliklari, balki predmetlami ularning qismlari, elementlarini ko‘rib, jarayonlar, hodisalami idrok eta borib, ular to‘g‘risida mulohaza yuritishlari ham lozim. Bunga erishish uchun tarbiyachi oldiga qiyoslash, taqqoslash, ajratish, umumlashtirish, ahlil qilish va boshqa shu kabi usullardan foydalanish vazifasi qc- yiladi. Bundan tashqari, о ‘rganish jarayonida) maktabgacha katta yoshdagi bolalarni mehnatning ular uchun qulay bo‘lgan turlari (ariqchalami tozalash, daraxtlar tagini yumshatish, gullami parvarish qilish)ga jalb qilish muhimdir. Bunday yondashuv shu bilan bog‘liqki, inson biron narsani o‘z qo‘li bilan bajarsa, uni ko‘proq va to‘laroq esda saqlaydi. Mazkur usul bilan maktabgacha katta yoshdagi bolalaming bog‘lanishli nutqidagi kamchiliklar narsa-predmetlaming nomlarini so‘zma-so‘z va eslash orqali to‘ldiriladi.
Maktabgacha katta yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish ko‘p jihatdan quyidagi narsalarning to‘g‘ri hal etilishiga bog‘liq:
- nutqni rivojlantirishga doir didaktik materiallar (tarbiyachi va ota-onalaming m a’lum maqsadga qaratilgan nutqi, bolalarga o‘qib yoki aytib beriladigan ertaklar, qo‘shiqlar, hikoyalar);
- ta’limning didaktik materiallami o‘zlashtirish uchun foydalaniladigan metod va usullari;
- ta’limni tashkil etish (tevarak-atrof obyektlarini saralash, shunga bog‘liq nutq o‘stirishni rejalashtirish).
- o‘quv materialining mazmuni, uni o‘rganishning ayrim usullari hamda ularga tegishli tamoyillarga tayanib, tarbiyachi nutq o‘stirish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha ishlami rejalashtirmog‘i zarur. Biz ayni muammoga oid tadqiqot ishlari olib borish jarayonida nutq o‘stirish borasida quyidagi didaktik tamoyillarga tayanib ish ko'rish yaxshi natija beradi degan xulosaga keldik:
- nutq organlari hamda qo‘lni o ‘rgatish uchun nutq materialini tushunish;
- nutq ahamiyatini tushunish hamda leksik va grammatik ko‘nikmalami rivojlantirish;
- nutq ifodaliligini baholash. Buning uchun maktabgacha yoshdagi katta bolalarda muayyan hissiyotni rivojlantiradigan didaktik materiallami tanlash maqsadga muvofiqdir;
- ona tiliga m uhabbat tuyg‘usini rivojlantirish tam oyili (bu o ‘rinda bolalarga, xususan, nutqda ona tili faktlarini q o ‘llash an ’anasini o ‘zlashtirish b o ‘yicha ta ’limni tashkil etish nazarda (utiladi); muayyan mavzuga oid yozma nutqni og‘zaki nutq bilan qiyoslash; - nutqning asta-sekin boyib borishi.
Xulosa:
- Til - hayotimizning ajralmas qismi bo‘lib, biz unga o‘z-o‘zidan bo‘lishi shart bo‘lgan narsa sifatida qaraymiz. Tilning o‘zi nima, biz unda qanday so‘zlayapmiz, biz qanday qilib so‘zlashni o‘rganishimiz haqida esa unchalik ko‘p o‘ylab ham o‘tirmaymiz.
- Nutq madaniyati - bu to‘g‘ri so‘zlay olish, ya’ni nutqiy muloqot shartlari va fikr bildirishdan ko‘zlangan maqsadni hisobga olgan holda hamda barcha til vositalaridan (til vositalaridan, shu jumladan intonatsiya, leksik zaxira, grammatik shakllardan) foydalangan holda bayon qilinayotgan mazmunga mos holda gapirishdan iboratdir.
- Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi ijtimoiy fanlar tizimiga kiruvchi fan sanalib, maktabgacha, yoshdagi bolalami jismoniy va ruhiy kamolotini tarbiyalash, unga ta’lim berish muammolarini o‘rganadi.
- Maktabgacha katta yoshdagi bqlalar nutqini rivojlantirishda nutqni tuza bilish darajasini ko‘tarish maktabgacha ta’lim tizimi metodistlari oldidagi asosiy vazifal irdandir.
- Maktabgacha katta yoshdagi bolalar nutqini. о‘stirishda nutqdialogik va monologik nutqni rivqrlanjirishga alohida e’tibor berish zarur bo‘ladi
Dostları ilə paylaş: |