Kasbiy-pedagogik muloqot uslubi va uning turlari.
Biz ko’z oldimizga birinchi darsni keltira olsak, o’sha paytdagi hayajonni, quvonchni, ijodiylik hissini tuyamiz. Bolalar bilan bo’lgan damlarimiz esda qolsa, iz qolsa, demak , bu muloqot uslubiga bog‗liq. Pedagog kommunikativ muloqotini mahsuldor bo’lishi uchun u pedagogik ta‘sir kuchining tizimlarini, uning har bir qismini bilishi zarur. Dars jarayonida o’qituvchi qaysi usulni qo’llayotganini doimo eslab turishi kerak. Buning uchun pedagog ikkita muhim muammoni hisobga olishi:
— o’zining hatti-harakatini to’g‗ri tashkillashtirishi;
— kommunikativ ta‘sir samaradorligini ta‘minlashi zarur.
Pedagogik faoliyat jarayonidagi muloqotning quyidagicha tavsiflash
mumkin:
1) o’quvchi va pedagog muloqoti tizimining umumiy tuzilishi(muloqotning
aniq usuli);
2) pedagogik faoliyatning aniq bosqichi uchun xos bo’lgan muloqot tizimi;
3) aniq pedagogik va kommunikativ masalalarni echishda namoyon
bo’ladigan muloqotning vaziyatli tizimi.
Pedagog va ta‘lim oluvchilarning ijtimoiy-psixologik ta‘sir xususiyatlarini muloqot uslublari orqali quyidagicha tushunish mumkin:
a) pedagogning kommunikativ imkoniyatlari ;
b) pedagog va tarbiyalanuvchilar o’rtasidagi munosabatlar tabiati;
v) pedagogning ijodiy individualligi;
g) o’quvchilar jamoasining xususiyatlari. (Kan-Kalik.Uchitelyu o pedagogicheskom obhenii. 97-bet).
Muloqot uslublariga quyidagilar kiradi:
1. Hamqorlikdagi ijodiy faoliyatga qiziqish asosidagi muloqot.
2. Do’stona munosabatlar asosidagi muloqot.
3. Masofadan turib muloqotga kirishish.
4. qo’rqitish(qo’rquv) asosidagi muloqot.
5. YOlg‗on obro’-e‘tibor qozonish uchun tashkil qilinadigan muloqot.
Birinchi uslub asosini pedagogning yuqori kasb etikasi tashkil etadi.Bu uslub haqida M.O.Knebel, I.P.Volkov, V.F. SHatalov kabilar o’z fikrlarini bildirganlar. Ularning fikricha, bolalar bilan bo’ladigan munosabat va pedagogik hissiyotlar mana shu uslub asosida shakllanadi.
Ikkinchi uslub asosan do’stona munosabatlar, o’quv-tarbiyaviy faoliyatda shakllanadi. Do’stona munosabatlar muloqotning boshqarilishini ta‘minlaydi.Maroqliliq bilan do’stona munosabat birgalikda rivojlanadi.Pedagog bir tomondan bolalar uchun yaqin o’rtoq, ikkinchi tomondan birgalikdagi faoliyat qatnashchisi bo’lishi lozim.
Uchinchi uslub, ya‘ni masofadan turib muloqotga kirishish muhim
ahamiyatga ega. Pedagog bilan o’quvchi o’rtasida ma‘lum bir masofa bo’lishi
kerak. Masofa juda uzoq bo’lmasligi lozim. Aks holda rasmiyatchiliq ko’chayib, ijodiylik muhiti shakllanmaydi. Pedagog masofani saqlasa obro’-e‘tibori ortadi.
To’rtinchi uslub-qo’rqitish asosidagi muloqot bo’lib, bu uslub muloqotning negativ shaklidir. Ba‘zi pedagoglar o’quvchilarni qo’rqitish orqali muloqotda bo’ladilar. CHunki ularda pedagogik mahorat yaxshi shakllanmagan bo’ladi. Ayniqsa katta auditoriyada ma‘ruza o’qiydigan ma‘ruzachilar auditoriyani shu uslub asosida boshqaradilar. Juda qattiq turib, tinglovchilarni qo’rqitib pedagogik muloqotni muvaffaqiyatli amalga oshiraman deb hisoblovchilar yanglishadi. Bu o’zaro tushunishga to’sqinlik qiladi.
Beshinchi uslub-yolg‗on obro’-e‘tibor qozonish uchun tashkil qilinadigan muloqot bo’lib, yosh o’qituvchilar malakasi etarli bo’lmagani uchun yolg‗on ishlatadilar. Bu bilan o’qituvchi o’quvchi bilan tezroq muloqotda bo’lib olishga harakat qiladi. Bunday usulni qo’llaydigan pedagogda umumiy pedagogik va kommunikativ madaniyat etishmaydi. Demak, pedagoglarning fikricha, birinchi va ikkinchi uslub asosida muloqotga kirishishi yaxshi natijalarga olib keladi.
Dostları ilə paylaş: |