• Ob’ektni matematik ifodalashda
analitik, eksperimental va
aralash usullardan foydalaniladi.
Analitik usul - fizika,
ximiya, biologiya kabi fanlar qonunlaridan foydalanadigan
masalalarning matematik ifodasini tuzishga mo’ljallangan.
Analitik usulda matematik ifodalash uchun ob’ekt
ustida
tajribalar o’tkazish shart emas. Tuzilgan matematik
ifodalarning murakkabligi analitik usulning kamchiligidir.
•
Eksperimental usulda ob’ekt ustida tajribalar o’tkazish
kerak bo’ladi. Bu usulning yutug’i – ob’ekt xossalarini
qisman o’rganib chiqishdan iborat bo’lsa, kamchiligi –
ayrim ob’ektlar ustida uzoq vaqt, har xil sharoitlarda ko’p
sonli tajribalar o’tkazishning zarurligidir.
•
Aralash usulda ob’ektni analitik ifodalash va eksperimental
tadqiqotlar birgalikda olib boriladi.
• Birinchi bosqichda qaralayotgan ob’ektning mexanik,
biologik, geometrik va boshqa xususiyatlari hamda ular
orasidagi bog’lanishlar batafsil o’rganiladi. Ob’ekt xossa
va xususiyatlariga qaysi omillar yetarlicha ta’sir etishi va
qaysi omillar esa kam ta’sir etishi aniqlanadi. Kam ta’sir
etuvchi omillar modelda e’tiborga olinmaydi.
• Ob’ektning matematik modelini tuzishda shu ob’ektning
asosiy xossa va xususiyatlari
matematik munosabatlar
yordamida yozib chiqiladi. Boshqacha qilib aytganda,
ob’ektni o’rganish jarayonida unga ta’sir etuvchi asosiy
omillar
matematik
apparat(tenglama,
tengsizlik,
mantiqiy ifoda yoki ularning tizimlari)
orqali
ifodalanadi.
•
Algoritm – berilgan masalani yechishda
bajarilishi lozim bo’lgan amallarning qat’iy
ketma-ketligidir. Har bir masalaning yechish
algoritmi
bir necha minglab, hatto millionlab
amallarni o’z ichiga oladi.
• Dastur tuzish bosqichida tanlangan yoki ishlab
chiqilgan algoritm biror algoritmik til orqali
ifodalanadi.
Masalani
yechish
uchun
algoritmik
til
tanlanayotganda
uning
soddaligiga
hamda imkoniyat darajasiga
e’tibor berish kerak.
• Modellashtirishning
oxirgi
bosqichida,
qaralayotgan ob’ektning boshlang’ich xossa va
xususiyatlarini ifodalovchi birlamchi sonli
qiymatlar tuzilgan dasturga kiritilib,
natija
olinadi hamda u atroflicha tahlil qilinib, xulosa
chiqariladi.
•
Model adekvatligini tekshirish.
Ob’ekt
Dostları ilə paylaş: