Mavzu: Obyektli ma’lumotlar bazasi haqida asosiy tushinchalar. Loyihalash, qayta ishlash va tadbiq qilish



Yüklə 34,47 Kb.
səhifə8/8
tarix07.01.2024
ölçüsü34,47 Kb.
#211438
1   2   3   4   5   6   7   8
3-Mavzu Obyektli ma’lumotlar bazasi haqida asosiy tushinchalar.

Majburiy yoki yo’q?

Munosabatlarni shakllantirishda qatorlardan (record) qaysi biri birlamchi ekanini aniqlashtirib olish ham muhim. Ya’ni bir jadvaldagi qator mavjud bo’lishi uchun ikkinchi jadvaldagi qator mavjud bo’lishi uchun majburiymi yoki yo’q. Misol uchun mualliflar va kitoblar jadvalida, muallif kitobsiz bo’lishi mumkin, lekin kitob muallifsiz bo’lmaydi. Ya’ni kitoblar jadvalida kitob mavjud bo’lishi uchun mualliflar jadvalida kitobning muallifi mavjud bo’lishi shart. Aksincha, mualliflar jadvalida biror muallifning mavjudligi, kitoblar jadvalida shu muallifning kitoblari bo’lishini taqozo qilmaydi (balki muallif hali kitob yozmagan, yoki kitobi bosmadan chiqmagan, yoki onlayn do’konda bu muallifning kitoblari mavjud emas).


Rekursiv munosabat

Ba’zida jadval qaytib o’ziga murojaat qilishi mumkin. Bu rekursiv munosabat deyiladi. Misol uchun korxona ishchilari jadvalida boshliq degan attribut bo’lsa, bu attribut shu jadvaldagi boshqa odamga (boshliqqa) ishora qiladi.


Ortiqcha munosabat

Ba’zida jadvallardagi qatorlar (record) bir-biri bilan birdan ko’p munosabatda bo’ladi. Masalan, talabalar o’qituvchilar bilan bo’glangan, o’qituvchilar fanlarga bog’langan, talabalar ham fanga bog’langan. Ya’ni talabalar o’qituvchilarga ikki marta bog’lanib qoldi, biri tog’ridan-to’g’ri, ikkinchisi fan orqali. Bunday holatda munosabatlardan biridan voz kechish MBga ta’sir qilmaydi va ishimizni osonlashtiradi. Yuqoridagi misolda, talabalar ham o’qituvchilar ham biror fanga bog’lanishi kifoya qiladi.


http://fayllar.org
Yüklə 34,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin