O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi
Genomika va bioinformatika markazi
AXBOROT XATI
HURMATLI KASBDOSHLAR!
Sizni “Genetika, genomika va biotexnologiyaning zamonaviy muammolari” Respublika
ilmiy konferensiyasida ishtirok etishga taklif qilamiz.
Konferentsiyaning o‘tkaziladigan joyi va vaqti
Toshkent viloyati,
Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy, Genomika va
bioinformatika markazi. 2022 yil 18 may.
Konferensiyaning asosiy yo‘nalishlari:
1.
Genomika,
proteomika, bioinformatika;
2.
Odam, o‘simlik va hayvonlar genetikasi;
3.
Molekulyar biotexnologiya.
Tezislarni taqdim etish shartlari:
Konferensiyada ishtirok etish uchun talabnoma va tezislar 2022 yil 18 aprelgacha
elektron pochta (
cgbconference22@gmail.com)
orqali qabul qilinadi.
Konferentsiya ish tillari:
ingliz, rus.
Konferensiya ishtirokchilaridan ro‘yxatdan o‘tish to‘lovi undirilmaydi.
Qabul qilingan ishlar tahrir qilinmaydi.
Tashkiliy qo‘mita konferensiya
yo‘nalishlariga to‘g‘ri kelmaydigan va talablarga mos ravishda rasmiylashtirilmagan
materiallarni qaytarish huquqiga ega.
Saralab olingan materiallar konferensiyaning elektron to‘plamida nashr etiladi.
.
Materiallarni rasmiylashtirish bo‘yicha talablar:
Material matni elektron ko‘rinishda *.rtf formatida yuboriladi. Birinchi muallifning
familiyasi faylni nomida keltiriladi. (Masalan, Aliyev.rtf.) Har bir tezis alohida fayl sifatida
tashkiliy qo‘mita elektron manziliga jo‘natiladi.
Tezislar Microsoft Word (kamida 2010) dasturida yozilish zarur. Qog‘oz formati A4,
shrift - Times New Roman. Tepadan va pastdan 2,0 sm, chapdan 3,0 sm hamda o‘ngdan 1,5
sm joy qoldiriladi.
Tezis 2 betdan ko‘p bo‘lmasligi kerak
.
Tezis mavzusi:
katta harflarda yoziladi, harflar 14 kegel kattalikda va to‘q-qora, interval
-1, joylashishi o‘rtada.
“GENETIKA, GENOMIKA VA BIOTEXNOLOGIYANING ZAMONAVIY
MUAMMOLARI” RESPUBLIKA ILMIY-TEXNIK KONFERENSIYASIDA
ISHTIROK ETISH UCHUN TALABNOMA
(2022 yil 18 may)
1
Familiyasi
2
Ismi
3
Sharifi
4
Ilmiy darajasi
5
Ish joyi va lavozimi
6
Elektron pochta manzili
7
Xizmat va mobil telefon raqamlari
8
Ma’ruza mavzusi
9
Ilmiy yo‘nalishi
Talabnomani rasmiylashtirgach birinchi muallifning imzosi
bilan alohida fayl qilib
yuborilishini suraymiz, masalan:
Familiya_zayavka.rtf
,
cgbconference22@gmail.com
manziliga.
Tezisni rasmiylashtirish namunasi
G‘O‘ZANING FUZARIOZ VILTGA CHIDAMLI LINIYALARINI OLISHDA
BIOTEXNOLOGIYA USULLARINING ROLI
Familiya I.O., Familiya I.O., ...
Tashkilot nomi
111111, Toshkent, ……ko’chasi, ….uy.
e-mail:
Matn Matn Matn Matn Matn Matn Matn Matn Matn Matn Matn Matn Matn Matn Matn
Matn Matn Matn Matn Matn Matn Matn Matn Matn Matn
Matn Matn Matn Matn Matn
Matn Matn Matn Matn Matn
Matnni orfografik va sintaktik xatolarga tekshirishingizni qat’iyan iltimos qilamiz.
Materiallar muallif tahriri ostida chop etiladi.
Xurmat bilan
Konferentsiya tashkiliy qo‘mitasi.