1.16. - rasm. Juda kichik va kichik (a), o’rtacha (b) va katta (v) qalinlikdagi qiya va tik
qiya konlarni qazib olish sxemasi:
г
т
- qazilmaning gorizontal qalinligi
Tuzilishi bo’yicha
konlar
izometrik, plitasimon va quvursimon
(ustunsimon)
bo’ladi.
Konlarning tuzilishi karyer maydonining tuzilishiga katta ta’sir ko’rsatadi.
Tuzilishi va o’lchamlari bo’yicha karyer maydonlari
keng, cho’zilgan va
aylanasimon
bo’ladi.
Keng karyer maydonlari rejada katta o’lchamda (karyer maydoni rejada 40
2
км
gacha bo’ladi) uncha katta bo’lmagan chuqurlikka egaligi bilan xarakterlanadi.
(100m gacha). Karyer uzunligi uning kengligiga nisbati 2:1 ko’rinishda bo’ladi.
Cho’zilgan karyer maydonlari yotishi bo’yicha katta o’lchamlarga ega bo’ladi
(
к
L
3-5km gacha) va yotishi bo’yicha qirqimi kichik bo’ladi. Bunday karyerlar qiya
va tik qiya qatlamsimon konlar uchun xos. Karyerlar chuqurligi 300m
va undan
yuqorigacha.
Aylanasimon karyer maydonlari tubi bo’yicha uncha katta bo’lmagan
o’lchamlari va katta chuqurlikka ega bo’ladi (800m gacha).
Tuzilishiga ko’ra qazilmalar
oddiy, murakkab va tarqoqlashgan
bo’ladi.
Oddiy konlar bir turli tuzilishga ega (katta miqyosda qoplovchi tog’ jinsi
qatlamlariga va konditsion bo’lmagan aralashmalarga ega bo’lmaydi), bu esa konni
butun qalinligi bo’yicha oddiyroq bo’lgan yoppasiga qazib olish imkonini beradi.
Murakkab konlar qoplovchi tog’ jinsi qatlamlariga va konditsion bo’lmagan
aralashmalarga ega bo’ladi. Bunday konlarni selektiv (alohida) usulda qazib olish
mumkin.
Tarqoqlashgan konlarda foydali qazilma tanalari qoplovchi tog’ jinsi bilan
muayyan ajralishlar bilan joylashmaydi. Bu konlarni
qazib olish uchun maxsus
usullardan foydalaniladi va ekspluatatsion kuzatishlar amalga oshiriladi.
Ochiq kon ishlarini olib borishda iqlimiy omillar katta ta’sir qiladi
(yomg’irlar, shamol). Katta miqdorda qor yog’ishi karyer transportining ishini
qiyinlashtiradi (shimoliy tumanlar uchun yilda 230-250 kun qor yog’ishi
davom
etishi mumkin). Past haroratlarda kon mashinalarining metall tuzilmalari nimjon
bo’lib qoladi. Bu kon uskunalarining avariyalariga va turib qolishiga olib keladi.
Ob-havoning qattiqligi qattiqlik ko’rsatkichi (ball) bilan aniqlanadi,
va quyidagi
formula bilan aniqlanadi:
2
ж
а
в
k
t
v
Bunda,
а
t
- havo haroratining absolyut ko’rsatkichi,
⁰
S;
в
v
- shamol tezligi, m/s.
Havoning qattiqligi karyer ishining rejimini aniqlab beradi. Havoning
qattiqligi 10 dan 30 ballgacha bo’lganda har soatda 10 daqiqalik isinib olish uchun
to’xtashlarni amalga oshirish ma’qul. Havoning qattiqligi 30 dan 40 ballgacha
bo’lganda davriy ishchilarning isinishidan tashqari ish kunining davomiyligi 1
soatga qisqaradi. Havoning qattiqligi >40 ball bo’lganda,
odamlarning ochiq
havoda ishlashi minimal ko’rsatkichga olib kelinadi.
Yyer osti suv tashuvchi gorizontlarning mavjudligi ochiq kon ishlari
texnologiyasi va mexanizatsiyalashni tanlashga katta ta’sir qiladi. Nisbatan kam
suvli konlarda ochiq kon ishlarini olib borish maqsadga muvofiq.
Konning
suvlanganligi suvlilik koeffitsiyenti (
3
/
м т
) bilan xarakterlanadi va quyidagi
formula bilan aniqlanadi:
/
вод
вод
и
k
V
Q
Bunda,
вод
V
- muayyan davr ichida karyerdan chiqarilgan suv hajmi,
3
м
;
и
Q
- shu davr ichida qazib olingan foydali qazilma hajmi, t.
Suvlilik koeffitsiyenti qazib olinadigan foydali qazilmagan qancha miqdorda
suv to’g’ri kelishini ko’rsatadi. Kuchli suvlangan konlar
uchun nisbatan nimjon
tog’ jinslari bilan, yuqori filtratsiya koeffitsiyentiga ega holda bu ko’rsatkich 10
3
/
м т
ga etadi. Bunday hollarda karyer bortlarining turg’unligini ta’minlash uchun
maxsus operatsiyalar amalga oshiriladi.