Ma’vzu 5. OCHIQ KON ISHLARINING TABIIY OMILLARGA
BOG’LIQLIGI
Ochiq kon ishlarini tashkil etish va mexanizatsiyalash vositalari,
texnologiyasining zamonaviy rivojlanish darjasida ularni qo’llash imkoniyati
qoplovchi tog’ jinslari va foydali qazilmalarning fizik-texnik xususiyatlari bilan
ham, kon hududining iqlimiy holatlari bilan ham chegaralanmaydi. Biroq, ochiq
usulda qazib olishning iqtisodiy jihatdan muvofiqligini asoslash, kon ishlarini
tashkil etish va texnologiya, mexanizatsiyasini tanlash konning joylashish yuzasi
relyefi, kon uyumining yyer yuzasiga nisbatan joylashishi, konning tushish
burchagi, quvvati, shakli va tuzilishi, kon hududining iqlimiy va gidrogeologik
sharoitlari bilan aniqlanadi. Yyer yuzasining relyefi tekis, qiyalikka ega, yuqoriga
ko’tarilgan yoki suvliklarga ega bo’lishi mumkin (1.14-rasm.). Bu kon ishlarining
yo’nalishini belgilashga, qazish va yuklash uskunasini tanlashga, ochish ishlariga,
qoplovchi tog’ jinslarining to’plash joylariga va boshqalarga ta’sir qiladi.
1.14. - rasm. Konlar yuzasining relyef turlari:
a–tekis; b–qiyalik; g–balandlikka ega maydon; d–suvli yuza (qazilma suv ostida joylashgan)
Konning yyer yuzasiga nisbatan joylashuviga ko’ra ular
ustki
(qoplovchi tog’
jinslarining qalinligi 20-30m gacha),
chuqur
(qoplovchi tog’ jinslarining qalinligi
40m dan yuqori),
baland
(joyning eng yuqori nuqtasidan baland) va
chuqur-baland
bo’ladi. Ustki turdagi konlar har doim ochiq usulda qazib olinadi. Chuqur va
baland joylashgan konlarni qazib olish texnik-iqtisodiy asoslarni talab qiladi.
Konlarning nisbatan qalinligida va katta zaxiralarida ularni ochiq usulda qazib
olish yyer osti usuliga nisbatan samarali hisoblanadi. Chuqur-baland konlarni bir
vaqtda yoki navbatma-navbat ochiq va yer osti usulda qazib olish mumkin.
Yotish burchagiga ko’ra konlar
nishab, qiya va tik qiya
bo’ladi.
Nishab konlar
deb, yotish burchagi 0-10
⁰
bo’lgan konlarga aytiladi. Bunday konlarni qazib
olishda qoplovchi tog’ jinsini joylashtirish uchun qazib olingan maydonlardan
foydalanish imkonini beradi (1.15 - rasm.).
Dostları ilə paylaş: |