Ma’vzu ochiq kon ishlarining tabiiy omillarga bog’liqligi


 - rasm. Juda kichik va kichik (a), o’rtacha (b) va katta (v) qalinlikdagi qiya va tik



Yüklə 34,58 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/3
tarix24.12.2023
ölçüsü34,58 Kb.
#193197
1   2   3
Ma\'ruza 6-1

1.16. - rasm. Juda kichik va kichik (a), o’rtacha (b) va katta (v) qalinlikdagi qiya va tik 
qiya konlarni qazib olish sxemasi: 
г
т
- qazilmaning gorizontal qalinligi 
Tuzilishi bo’yicha konlar 
izometrik, plitasimon va quvursimon 
(ustunsimon) 
bo’ladi.
Konlarning tuzilishi karyer maydonining tuzilishiga katta ta’sir ko’rsatadi. 
Tuzilishi va o’lchamlari bo’yicha karyer maydonlari 
keng, cho’zilgan va 
aylanasimon 
bo’ladi.
Keng karyer maydonlari rejada katta o’lchamda (karyer maydoni rejada 40 
2
км
gacha bo’ladi) uncha katta bo’lmagan chuqurlikka egaligi bilan xarakterlanadi. 
(100m gacha). Karyer uzunligi uning kengligiga nisbati 2:1 ko’rinishda bo’ladi. 
Cho’zilgan karyer maydonlari yotishi bo’yicha katta o’lchamlarga ega bo’ladi 
(
к
L
3-5km gacha) va yotishi bo’yicha qirqimi kichik bo’ladi. Bunday karyerlar qiya 
va tik qiya qatlamsimon konlar uchun xos. Karyerlar chuqurligi 300m va undan 
yuqorigacha. 
Aylanasimon karyer maydonlari tubi bo’yicha uncha katta bo’lmagan 
o’lchamlari va katta chuqurlikka ega bo’ladi (800m gacha). 
Tuzilishiga ko’ra qazilmalar 
oddiy, murakkab va tarqoqlashgan 
bo’ladi.
Oddiy konlar bir turli tuzilishga ega (katta miqyosda qoplovchi tog’ jinsi 
qatlamlariga va konditsion bo’lmagan aralashmalarga ega bo’lmaydi), bu esa konni 
butun qalinligi bo’yicha oddiyroq bo’lgan yoppasiga qazib olish imkonini beradi. 


Murakkab konlar qoplovchi tog’ jinsi qatlamlariga va konditsion bo’lmagan 
aralashmalarga ega bo’ladi. Bunday konlarni selektiv (alohida) usulda qazib olish 
mumkin. 
Tarqoqlashgan konlarda foydali qazilma tanalari qoplovchi tog’ jinsi bilan 
muayyan ajralishlar bilan joylashmaydi. Bu konlarni qazib olish uchun maxsus 
usullardan foydalaniladi va ekspluatatsion kuzatishlar amalga oshiriladi. 
Ochiq kon ishlarini olib borishda iqlimiy omillar katta ta’sir qiladi 
(yomg’irlar, shamol). Katta miqdorda qor yog’ishi karyer transportining ishini 
qiyinlashtiradi (shimoliy tumanlar uchun yilda 230-250 kun qor yog’ishi davom 
etishi mumkin). Past haroratlarda kon mashinalarining metall tuzilmalari nimjon 
bo’lib qoladi. Bu kon uskunalarining avariyalariga va turib qolishiga olib keladi. 
Ob-havoning qattiqligi qattiqlik ko’rsatkichi (ball) bilan aniqlanadi, va quyidagi 
formula bilan aniqlanadi: 
2
ж
а
в
k
t
v
 
Bunda, 
а
t
- havo haroratining absolyut ko’rsatkichi, 

S; 
в
v
- shamol tezligi, m/s. 
Havoning qattiqligi karyer ishining rejimini aniqlab beradi. Havoning 
qattiqligi 10 dan 30 ballgacha bo’lganda har soatda 10 daqiqalik isinib olish uchun 
to’xtashlarni amalga oshirish ma’qul. Havoning qattiqligi 30 dan 40 ballgacha 
bo’lganda davriy ishchilarning isinishidan tashqari ish kunining davomiyligi 1 
soatga qisqaradi. Havoning qattiqligi >40 ball bo’lganda, odamlarning ochiq 
havoda ishlashi minimal ko’rsatkichga olib kelinadi.
Yyer osti suv tashuvchi gorizontlarning mavjudligi ochiq kon ishlari 
texnologiyasi va mexanizatsiyalashni tanlashga katta ta’sir qiladi. Nisbatan kam 
suvli konlarda ochiq kon ishlarini olib borish maqsadga muvofiq. Konning 
suvlanganligi suvlilik koeffitsiyenti (
3
/
м т
) bilan xarakterlanadi va quyidagi 
formula bilan aniqlanadi: 
/
вод
вод
и
k
V
Q

Bunda, 
вод
V
- muayyan davr ichida karyerdan chiqarilgan suv hajmi, 
3
м



и
Q
- shu davr ichida qazib olingan foydali qazilma hajmi, t. 
Suvlilik koeffitsiyenti qazib olinadigan foydali qazilmagan qancha miqdorda 
suv to’g’ri kelishini ko’rsatadi. Kuchli suvlangan konlar uchun nisbatan nimjon 
tog’ jinslari bilan, yuqori filtratsiya koeffitsiyentiga ega holda bu ko’rsatkich 10 
3
/
м т
ga etadi. Bunday hollarda karyer bortlarining turg’unligini ta’minlash uchun 
maxsus operatsiyalar amalga oshiriladi. 

Yüklə 34,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin